Amaliy audit


Nomoddiy aktivlar harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

2. Nomoddiy aktivlar harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi 

 

Tekshiruv  jarayonida  nomoddiy  aktivlarni  sotib  olish  bilan  bog`liq  muomalalar 



buxgalteriya  hisobiga  doir  me'yoriy  hujjatlar  va  soliqqa  tortishga  doir  qonunchilik  talablariga 

muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. 

Nomoddiy  aktivlar  kirimiga  doir  muomalalarni  hisobda  aks  ettirish  uslubi  ularning 

olinish manbalariga bog`liq. 

Agar  nomoddiy  aktivlar  pul  o`tkazish  yo`li  bilan  sotib  olinsa  yoki  subyektning  o`zida 

yaratilsa,  21-son  BHMS

1

  ga  muvofiq,  0830  -  «Nomoddiy  aktivlarni  sotib  olish»  schyoti 



qo`llaniladi.  Nomoddiy  aktivlar  inventar  qiymatiga  qo`shiladigan  xarajatlar  tarkibi,  ularning 

mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. 

Nomoddiy  aktivlarning  hisobdan  chiqarilishi  bilan  bog`liq  muomalalarni  hisobda  aks 

ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 

21-sonli  BHMS  talablariga  muvofiq  nomoddiy  aktivlarni  hisobdan  chiqarish  bilan 

bog`liq  barcha  muomalalar  hisobdan  chiqarilish  sabablaridan  qatiy  nazar  (sotilishi,  tekinga 

berilishi,  yaroqsizligi  va  h.k)  9220  -  «Boshqa  aktivlarning  chiqimi»  schyotida  aks  ettiriladi. 

Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko`rilsa: 

- Debet 9430 -  «Boshqa operatsion xarajatlar», 

- Kredit 9220 -  «Boshqa aktivlarning chiqimi». 

Agar foyda olinsa: 

- Debet 9220 -  «Boshqa aktivlarning chiqimi», 

-  Kredit  9320  -    «Boshqa  aktivlarning  chiqimidan  olingan  foyda»  buxgalteriya 

o`tkazmalari bilan aks ettiriladi. 

Nomoddiy  aktivlar  kirimi  va  chiqimini  soliqqa  tortishning  to`g`riligini  tekshirish. 

O`zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  va  boshqa  tegishli  me'yoriy  hujjatlarga  muvofiq 

nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo`shimcha qiymat solig`i (QQS) dan ozod etilgan. Auditor 

bunga alohida e'tibor berishi zarur. 

Sotib  olingan  nomoddiy  aktivlar  bo`yicha  QQS  summasi  quyidagi  hollarda  budjetga 

o`tkaziladi. 

- sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga to`langanida; 

- nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida

- nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. 

Agar  dastlabki  hujjatlarda  QQS  summasi  ajratib  ko`rsatilgan  bo`lmasa,  u  holda  hisob-

kitob hujjatlarida QQS ajratib ko`rsatilmaydi. 

Nomoddiy  aktivlar  hisobdan  chiqarilganda  dastlabki  qiymatiga  0410-0490  schyotlar 

kredit  va  9220  -  «Boshqa  aktivlarning  chiqimi»  schyoti  debetlanadi.  Hisoblangan  eskirish 

summasiga  esa  0510-0590  schyotlar  debet  va  9220  schyot  kreditlanadi.  Hisobdan  chiqarish 

natijasi  (foyda  yoki  zarar  9220  schyotdan  9900  -  «Yakuniy  moliyaviy  natija  (daromadlar  va 

xarajatlarni  jamlash)»  schyotiga  o`tkaziladi.  Mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxi,  foyda,  budjet 

bilan  hisob-kitob  ko`rsatkichlari,  shuningdek  xususiylashtirilayotgan  davlat  subyektlari 

mulklarini  baholashning  asoslanganligi  ko`p  jihatdan  nomoddiy  aktivlarning  mavjudligi  va 

baholanishi, ular eskirishlari to`g`risidagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga bog`liq. 

Shunga  ko`ra,  nomoddiy  aktivlarni  hisobda  ro`yxatga  olishning  texnik  jihatlarini 

tekshirish  juda  muhim  hisoblanadi.  Nomoddiy  aktivlar  o`z  nomiga  ko`ra  moddiy  negizga  ega 

bo`lmaganligi  uchun  subyektda  u  yoki  bu  obyektning  haqiqiy  kirimi  va  ishlatilishi  ustidan 

buxgalteriya nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi. 

                                                 

1

 21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya  hisobi schyotlar rejasi va uni 



qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). 


103 

 

Buxgalteriya  hisobining  umumiy  prinsiplariga  ko`ra  har  qanday  nomoddiy  aktiv  kirimi 



tegishli  dastlabki  hujjatlar  asosida  rasmiylashtiriladi.  Bunday  dastlabki  hujjatlashtirish  o`zining 

mazmuni va tavsifiga ko`ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi 

hujjatlarga  o`xshash  bo`lishi  lozim.  Hujjatlarda  obyektlarning  batafsil  xususiyatlari,  dastlabki 

qiymati,  foydalanishga  topshirilgan  vaqti,  eskirish  normasi  va  xarajatga  olib  borish  kodi, 

nomoddiy aktiv foydalanadigan bo`linma va boshqa ma'lumotlar ko`rsatilishi lozim. 

Nomoddiy  aktivlarni  kirim  qilishda  dastlabki 

hujjatlar  bilan  birga  ularni 

identifikatsiyalovchi  (aynan  o`xshatuvchi)  hujjatlar  ham  bo`lishi  zarur.  Bunday  hujjatlarga 

nomoddiy  aktivlarning  o`zlarini  yoki  ulardan  foydalanishni  tavsiflovchi  hujjatlar,  shuningdek, 

subyektning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, 

buxgalteriya  hisobda  aks  ettiriladigan  nomoddiy  aktivlarning  istalgan  obyekti  obyektiv  shaklda 

mavjud bo`lishi lozim. 

Sanoat  namunalari  va  kashfiyot  huquqlarini  sotib  olish  patentlar,  guvohnomalar  bilan 

tasdiqlanadi.  Subyekt  tomonidan  har  qanday  mualliflik  huquqlarini  sotib  olish  faqat  ushbu 

mualliflik  huquqlarini  sotuvchilar  jismoniy  yoki  yuridik  shaxslar  bilan  tuzilib,  yuridik  jihatdan 

kuchga kirgan to`laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin. 

Subyekt  «nou-xau»  sotib  olishni  rasmiylashtirishi  uchun  uning  og`zaki  (matnli)  yoki 

tasviriy tavsifiga ega bo`lishi lozim. Subyekt raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni 

muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko`rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar obyektlarning har 

biri  uchun  konkret  xodimlarni  javobgarlikka  tortish  va  ko`rilgan  zararni  to`liq  qoplash  uchun 

imkon  yaratadi.  Subyektlar  nomoddiy  aktivlarni  har  xil  yo`llar  bilan  sotib  oladilar  va  shunga 

ko`ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi. 

Nomoddiy aktivlar subyekt ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo`shilishi 

mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va subyekt aksiyadorlar 

kengashi  (boshqaruvi)  va  aksiyadorlar  tomonidan  belgilangan  shartnoma  bahosida  kirimga 

olinadi. 

«Mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxiga  kiritiladigan  mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish, 

xizmat)  va  realizatsiya  xarajatlarining  tarkibi  va  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi 

haqida  Nizom»ga  muvofiq  texnologiyalarni  takomillashtirish  va  yangilarini  yaratish, 

shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini o`tkazish bilan bog`liq mahsulotlar 

sifatini  yaxshilash,  xomashyo  va  materialllarning  yangi  turlarini  yaratish,  ishlab  chiqarishni 

qayta  jihozlash  xarajatlari  9420-«Ma'muriy  xarajatlar»  schyotida  aks  ettiriladi.  Agar  subyekt 

qandaydir  ishlab  chiqarish  va  intellektual  mulk  (patentlar,  guvohnomalar)  yaratsa,  ushbu 

«Nizom»  dan  kelib  chiqqan  holda,  ularni  mulk  sifatida  hisobga  olib  bo`lmaydi,  chunki  ularni 

yaratish bilan bog`liq xarajatlar kapitallashmaydi. 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish