367
9 Oziq-ovqat mahsulotlari
3,0
5,7
10 Elektr-energiya manbalari
7,6
9,7
11 Xizmatlar
6 m
10,0
12 Import tarkibi
100
100
13 Oziq-ovqat mahsulotlari
17,4
13,7
14 Kimyo mahsulotlari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar
12,1
12,4
15 Qora va rangli metallar
9,2
8,7
16 Mashina va asbob-uskunalar
46,9
44,6
17 Elektr energiya manbalari
0,5
0,6
18 Xizmatlar
5,1
8,8
*O’zbekiston
Respublikasining
1999
yil
yanvar-iyundagi
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari. Qisqa statistik to’plam. Toshkent-1999 yil.
MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar tashqi savdodagi salmog’iga nazar
tashlansa, 1999 yilda MDH mamlakatlari bo’yicha import 26,1% ni va boshqa xorijiy
mamlakatlarda 73,9% ni tashkil qildi.
Import tarkibida mashina va asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab
chiqarish uchun xom ashyoning hissasi yuqoridir.
Import hajmida mashina va asbob-uskunalarning yuqori hissasi iqtisodiy qayta qurish va
yalpi korxonalarni barpo qilish davrida bu mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojning keskin o’sishi bilan
izohlanadi. Kelajakda importga oziq-ovqat hissasini kamaytirish ko’zda tutilmoqda. Bu
respublikada amalga oshirilayotgan oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash siyosati bilan
bog’liqdir.
Import muomalalari samaradorligini oshirish ko’p jihatdan hisob, hisobot va audit
tamoyillarini qo’llash bilan bog’liq bo’lib, bularning metodologik asoslari bir qator
o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi, chunki mustaqil O’zbekiston iqtisodining negizi
tubdan o’zgartirildi va bozor iqtisodi infratuzilmasi barpo qilina boshlandi.
Har qanday jarayon, shu jumladan audit metodologik asoslari maqsadini belgilab olishni
o’z ichiga oladi va import muomalalari auditining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
- yo’ldagi import tovarlari yo’nalishi ustidan ichki nazorat samaradorligini tekshirish;
- import tovarlari bo’yicha ustama xarajatlar miqdori va asoslanganligini tekshirish;
- import muomalalari bo’yicha moliyaviy natijaning realligi;
- «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga rioya
qilinishi.
Auditorlik tekshirishning asosiy bosqichlaridan biri - bu import tovarlari bo’yicha
nazoratning zaif va kuchli tomonlarini aniqlashdir. Import muomalalari bo’yicha nazoratning
zaif tomonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- yo’ldagi import tovarlari yo’nalishi bo’yicha hisob va nazoratning yo’qligi;
- saqlash va tashish joylarida hisob va nazoratning yo’qligi;
- tovarlarni kirim qilish qoidalarining buzilishi va boshqalar;
Agarda import muomalalari bo’yicha nazorat tizimi kuchli bo’lsa, auditorning vazifasi
uni baholashdan iborat bo’lib, zaif nazorat tizimida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni topishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: