Amaliy audit


 Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi 

Kassa muomalalari odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs 

ishtirokida  kassadagi  pul  mablag`larini  inventarizatsiya  qilishdan  boshlanadi. 

Korxonada  bir  nechta  kassa  mavjud  bo`lgan  hollarda  pul  qoldig`ining  kamomadi 

bo`lgan taqdirda, uni boshqa kassa hisobidan qoplanishi, kassa daftaridagi qoldiqni 

o`zgartirish  mumkinligini oldini  olish  maqsadida  auditor  boshqa  kassa  eshiklarini 

muhrlab qo`yadi. 

Auditor  kassirdan  inventarizatsiya  o`tkazish  vaqtigacha  bo`lgan  kassa 

muomalalari  bo`yicha  kassa  hisobotini  talab  qiladi.  Shuningdek,  barcha  kirim  va 

chiqim  hujjatlari  uning  tomonidan  hisobotga  kiritilganligi  va  inventarizatsiya 




317 

 

vaqtiga kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan pul mablag`lari 



yo`qligi to`g`risida tilxat berishi lozim. 

Shundan  keyin  kassir,  pul  kupuralarini  guruhlashtirishni  boshlaydi  hamda 

auditor  va  bosh  buxgalter  ishtirokida  ularni  to`la  hisob-kitobini  o`tkazadi,  bank 

muassasasidan  olingan  muhrlangan  pul  mablag`lari  ham  sanovdan  o`tkazilishi 

kerak. 

Auditor shunga ahamiyat berishi kerakki, kassa chiqim orderida yoki uning 

o`rnini  bosadigan  boshqa  hujjatda  pul  oluvchining  tilxati  bilan  tasdiqlanmagan 

kassa  pullarini  berish,  kassadagi  naqd  pul  qoldig`ini  qoplashga  qabul  qilinmaydi. 

Kassa kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar ortiqcha pul sifatida  kirim 

qilinadi.  Xojalik  yurituvchi  subyekt  rahbari  va  bosh  buxgalteri  imzosi  bilan 

tasdiqlanmagan  kassa  chiqim  hujjatlari,  kassadan  vaqtinchalik  pul  olinganligini 

bildiruvchi  tilxat  va  shunga  o`xshash  boshqa  hujjatlar  inobatga  olinmaydi  va 

kamomad deb hisoblanadi. 

Auditor  to`g`ri  rasmiylashtirilgan  kassa  hujjatlarini  kassirga  hisobot  tuzish 

va  unda  tekshiruv  paytida  bo`lgan  qoldiqni  ko`rsatish  uchun  beradi.  Tekshiruv 

paytida  kassada  ish  haqi  to`liq  tarqatilib  ulgurmagan  vedomostlar  bor  bo`lsa, 

auditor  bosh  buxgalter  va  kassirga  vedomostlarni  belgilangan  tartibda  hisobotga 

qo`shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to`g`ri 

kelib,  ko`p  xodimlarga  ish  haqi  tarqatilmagan  vedomostlar  bo`lsa,  bunday 

vedomostlar  kassir  hisobotiga  qo`shilmasdan,  dalolatnomada  kassa  hisobotiga 

kiritilmagan,  qisman  to`langan  chiqim  hujjatlari  (to`lov  vedomostlari)  sifatida 

yozib qo`yilishi mumkin. Bu holda har bir to`lov vedomostida qaysi tartib raqami 

bo`yicha  ish  haqi  berilganligi  va  uning  jami  summasi  ko`rsatiladi.  Ushbu  yozuv 

kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi. 

Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog`ozlar 

(aksiyalar,  obligatsiyalar,  sertifikatlar  va  boshqalar),  qatiy  hisobot  blankalari, 

sanatoriya  va  dam  olish  uylari  yo`llanmalari,  aviachiptalar  va  boshqa  qimmatli 

qog`ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko`rsatiladi. 

Auditor  kassadagi  pul    mablag`larini  tekshirish  bilan  birga  ayni  paytda 

seyflar (yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa 

eshiklariga  seyflar  (shkaflar)  muhrlanishi,  signalizatsiya  o`rnatilganligi  va  uning 

ishlashi,  kassani  qo`riqlishning  tashkil  etilishi,  kassir  «olindi»,  «to`landi»  degan 

shtamplar bilan ta'minlanganligi ham tekshiriladi. 

Auditor  bankdagi  hisob-kitob  schyotidan  olingan  pullarni  to`liq  va  o`z 

vaqtida  kirim  qilinganligini  tekshirishda  muomalalarni  o`zaro  taqqoslash  usulini 

qo`llaydi.  Bunda,  I-sonli  jurnal  orderining  vedomost  tomonida  5010  -  «Milliy 

valutadagi pul  mablag`lari» schyotining debeti bo`yicha aks ettirilgan summalarni 

22-sonli  jurnal  orderda  aks  ettirilgan  5110 

«Hisob-kitob  schyoti»  ning  kredit 



oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to`g`ri kelishi shart. To`g`ri kelmaslik 

hollari  uchraganda  summalar  kassa  kirim  orderlari,  bank  ko`chirmalari,  kassir 

hisobotlari,  cheklar  koreshoklari  bilan  solishtiriladi,  zarur  hollarda  esa  bevosita 

bank muassasasida tekshiriladi. 




318 

 

Agar  bank  ko`chirmalarida  o`chirilgan,  to`g`rilangan,  shuningdek  qoldiqlar 



to`g`ri  kelmasa,  bankdagi  hisob-kitob  schyotidan  ishonchli  ko`chirmani  olish 

zarur. 


Kassa  muomalalarini  tekshirishda  kassa  hisobotiga  ilova  qilingan 

hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim 

va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan 

pul  kirimi  hujjatlari,  KO-4  shakl  «Kassa  daftari»,  KO-5  shakl  «Kassir  tomonidan 

qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 

«Milliy valutadagi 



pul    mablag`lari»,  5020  -  «Xorijiy  valutadagi  pul  mablag`lari»,  5520  -  «Chek 

daftarchalari»,  5610-«Pul  ekvivalentlari»,  5710-«Yo`ldagi  pul    mablag`lari»  va 

58I0-«qimmatli  qog`ozlar»  schyotlari  yuritiladigan  hisob  registrlari  (Jurnal-

orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, tegishli  sanaga tuzilgan  balanslar  va 

boshqalar). 

Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e'tibor berish zarur, xususan 

har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim 

hujjatlariga  esa  «to`landi»  degan  shtamplar  bosilganligi  hamda  ularning  sanasi 

ko`rsatilganligi,  shuningdek  ularda  o`chirilgan  va  tuzatilgan  izlar  yo`qligi 

aniqlanishi lozim. 

«Kassa  operatsiyalarini  tekshirayotganda  auditor  kassa  operatsiyalari 

tartibiga  qanday  rioya  qilinayotganini,  kassa  intizomini,  naqd  pul  bilan  amalga 

oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. 

Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan operatsiyalar bilan bog`liq 

bo`lgan hujjatlar to`g`ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim 

kassa  orderlari,  to`lov  qaydnomalari  va  boshqa  hujjatlar  aniq,  o`chirilmasdan  va 

to`g`rilanmasdan  to`ldirilganligi,  barcha  orderlar  va  ularning  ilovalari  operatsiya 

sodir  etilgan  sana  va  kassirning  imzosi  qayd  etilgan  holda,  «olingan»  yoki 

«to`langan»  degan  tamg`alar  bilan  tasdiqlanganligiga  ishonch  hosil  qilish  lozim. 

Chiqim  orderlarida  (qaydnomalarida)  «to`langan»  degan  tamg`a  bosilmaganligi 

ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi»

1



Amaliyotda kassa muomalalariga doir suiste'mol qilishlar asosan ish haqi va 

hisobdor summalar bo`yicha ko`p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o`lik jonlar» ni 

kiritish, berilishi lozim bo`lgan jami summani oshirib ko`rsatish, kassa hisobotiga 

qayta qo`shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib 

olib, sanasini o`zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani 

ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi.  

Auditor  bulardan  tashqari  kassa  muomalalarini  tekshirish  jarayonida 

quyidagilarga ham alohida e'tibor berishi lozim: 

kassani har oyda to`satdan tekshirilishi; 



kassirning kassa hisobotlarini o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi;  

kassa  hisobotlarida  va  kassa  daftarida  hisobotlarni  hamda  unga  ilova 



qilingan  hujjatlarni  tekshirishga  qabul qilinganligi to`g`risida bosh  buxgalter  yoki 

bosh buxgalter o`rinbosarining imzosi borligi; 

                                                 

1

 Audit. O’quv qo’llanma. 1,2-tom. M.M. Tulaxodjaeva va F.G. G’ulomovalarning tahriri ostida.-T.: 2004., 53 b. 



 


319 

 



mehnatga  haq  to`lash,  xizmat  safari,  xojalik  sarflari  va  boshqa  maqsadlar 

uchun bankdan olingan naqd pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; 

kassadagi  naqd  pul  qoldiqlarining  korxona  uchun  bank  tomonidan 



belgilangan limitga to`g`ri kelishi; 

deponent qilingan mehnat haqi summalari va realizatsiyadan tushgan naqd 



pul mablag`larining bankka o`z vaqtida topshirilishi;  

kassadan  naqd  pullarni  begona  shaxslarga  berish  hollari  va  shunga 



o`xshashlar; 

naqd  pul  olish  uchun  to`ldirilmagan  cheklarga  rahbar  va  bosh  buxgalter 



tomonidan  imzo  qo`yilishi  va  cheklarni  kassirga  bankdan  pul  olish  mobaynida 

mustaqil to`ldirish uchun berish hollari; 

naqd  pul  olish  uchun  chek  daftarchasi  bosh  buxgalter  seyfida  saqlanishi 



holati; 

korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-Z 



shakl)  va  «Kassa  daftari»  (KO-4  shakl)  ning  mavjudligi,  daftarlarning  barcha 

varaqlari  raqamlanib,  oxirgi  betida  varaqlar  soni  ko`rsatilganligi,  ip  o`tkazib 

bog`langanligi  hamda  rahbar  va  bosh  buxgalter  imzosi  bilan  tasdiqlanib, 

muhrlanganligi; 

kassa  chiqim  orderlari,  to`lov  vedomostlari  va  boshqa  chiqim  pul 



hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi 

va ularning haqiqiyligi; 

kassa hujjatlariga maxsus «so`ndirilgan» (pogasheno) shtamp bosilishi; 



pul    mablag`lari,  xarajatlar  va  boshqa  balans  schyotlariga  olib  borilib 

hisobot takdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi; 

kassa  muomalalariga  oid  schyotlar  bog`lanishlari  (korrespondentsiyalari) 



ning to`g`riligi; 

to`lanmagan summalarning o`z vaqtida deponentga o`tkazilishi va h.k. 



Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari 

mavjud  bo`lganda  bu  muomalalarning  sababini,  ular  kimnning  farmoyishi  bilan 

amalga  oshirilganligi  va  buning  orqasida  suiiste'mol,  tovlamachilik  holatlari 

berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim. 




Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish