Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni
ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga
bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali
beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish
unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga
oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O’zR. 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan va 1996-
275
-
korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z
rahbarlari timsolida;
-
mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy
korxonalar;
-
o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda.
-
Ish beruvchi:
-
korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar
qabul qilish;
-
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor
qilish;
-
mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada
bajarishni xodimdan talab qilish;
-
o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan
jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.
«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat
to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga
qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»
1
. Ularni
qo`llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi
xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama
haqni»
2
to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan
O`zR MK da belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga
haqli. Ish beruvchi haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik
organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki
sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi
asosiy me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham,
xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti
mehnat va unga haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-
maishiy va tibbiy xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar
va imtiyozlar hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari
vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish
beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq
to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga
haq to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi
mavjudligi, mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob
bo`limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini
o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan.
1
O’zR Mehnat kodeksi. 5-modda.
2
Shu erda, 157-modda.