2 masala. Quyidagi bo’nak hisobotlari yaxlit tartibda tekshirildi.
1.
2012 yil 25 sentyabrda buxgalter A. Olimov tomonidan taqdim etilgan
84- sonli bo’nak hisoboti. Hisobotni tuzish uchun 2012 yil 10 sentyabrda 27 –sonli
buyruq bo’yicha Qarshi shaxrida malaka oshirish kurslariga xizmat safari
yuborilgan. Bo’nak hisoboti 1286700 so’m miqdorda tasdiqlangan. Bo’nak
hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
2012 yil 12 va 20 sentyabrda belgi qo’yilgan qiymati 303200 (shu
jumladan, QQS) so’m bo’lgan ikkita temir yo’l bileti;
“Toshkentdan 12 sentyabr 2012 yilda chiqib ketdi, Toshkentga 22
sentyabr 2012 yilda keldi” belgilari bo’lgan hizmat safari guvohnomasi;
“Auditreyting” MChJ STRA dasturiga 2012 yil 14 sentyabrdan 601 –
sonli kvitantsiya, 380000 so’m (shu jumladan QQS) miqdorda o’qigani uchun;
“MUM” do’konining16000 so’mlik maxsus adabiyotlar sotib olingani
uchun cheki nusxasi;
“Sayohat” mehmonxonasining 7 sutka uchun 65000 so’mga (shu
jumladan QQS) 210 224 –son raqami scheti;
Telefonda so’zlashuv uchun 11500 so’mga kvitantsiya (qoplash uchun
rahbarning buyrug’i yo’q);
Kassadan A. Olimov tomonidan 12 sentyabrda 910000 so’m olingan.
Hamma xarajatlar buxgalter tomonidan davr xarajatlariga kiritilgan. (schet 9430).
27 sentyabr 2012 yilda “Ramz” MChJda pudrat shartnomasi bilan
ishlaydigan Qo’shmatov A.S. 79 – sonli bo’nak hisoboti bergan. Bo’nak hisoboti
824500 so’m miqdorida tasdiqlangan. Bo’nak hisobotini tuzishga asos 5 dan 9
sentyabr 2012 yilgacha Qarshi shahriga xizmat safari bo’lganligi to’g’risida
guvohnoma.
Bo’nak hisobotiga quyidagilar ilova qilingan:
5 va 9 sentyabr 2012 yil belgisi qo’yilgan, 269500 so’m miqdordagi (shu
jumladan, QQS) ikkita aviabilet;
Quyidagi belgilar bilan xizmat safari guvohnomasi:
Toshkentdan chiqib ketdi – 5 sentyabr 2012 yil.
Qarshiga keldi - 5 sentyabr 2012 yil.
Qarshidan chiqib ketdi – 9 sentyabr 2012 yil.
Toshkentga etib keldi – 9 sentyabr 2012 yil.
“Qarshi” mehmonxonasining 5dan 9 sentyabr 2012 yilgacha, 5 sutka
uchun 300000 so’mga (shu jumladan QQS) scheti;
“Omad” MChJning 200000 so’m miqdordagi (shu jumladan QQS)
reklamasi uchun kassa kirim orderi 11467 –son raqamli kvitantsiyasi;
5 sutka uchun, sutkasiga 11000 so’m hisobida, pul.
Aylanma qaydnomaga muvofiq, Qo’shmatov A.S.da avvalgi bo’nakdan
qoldiq 30000 so’mni tashkil etdi. 4 sentyabr 2012 yilda xarajatlar kassa orderi
bo’yicha hisobot ostida 580000 so’m olingan. Xizmat safari harajatlari summasi
xarajatlar schetida hisobdan chiqarilgan.
255
30 sentyabr 2012 yilda menejer A.Avazov tomonidan bo’nak hisoboti
berilgan. Hisobot tuzish uchun asos 22dan 26 sentyabr 2012 yilgacha mehnat
bitimlari tuzish uchun Navoiy shahriga xizmat safarida bo’lgan (xizmat safariga
yuborish haqida rahbarining buyrug’i yo’q)
Bo’nak hisoboti 430200 summasiga tasdiqlangan. Bo’nak hisobotiga
quyidagilar ilova qilingan:
22 va 26 sentyabr 2012 yil belgilari qo’yilgan, 148000 so’mlik ikkita
temir yo’l chiptasi;
1200 so’mlik miqdorda telefonda gaplashganlik uchun kvitantsiya
(qoplash haqida rahbar buyrug’i yo’q);
“Siyov” mehmonxonasining 4 sutkaga har sutka uchun 56000 so’mdan
224000 so’mga (shu jumladan QQS) 115 – sonli kvitantsiyasi;
Sutkasiga 11000 so’mdan 5 sutka uchun to’lovnoma (me’yoridan ortiq
sutkalik haqni to’lash haqida buyruq yo’q);
2 dona o’rin – ko’rpa buyumlaridan foydalanganlik uchun 2 x 1000 so’m
= 2000 so’mga kvitantsiya.
8 sentyabr 2012 yilda Avazov A.I. kassadan kassa chiqim orderi bo’yicha
1050000 so’m olgan. Hamma harajatlar “Davr xarajatlari” schetiga kiritilgan.
4.
7 sentyabr 2012 yilda direktor T.V. Meliev 81 – sonli bo’nak hisoboti
taqdim etdi. Hisobot tuzish uchun asos Nukus shahriga dam olish uchun borilgani
bo’lgan. Hisobot 840000 so’m miqdorda tasdiqlangan. Bo’nak hisobotiga
quyidagilar ilova qilingan:
15 avgust 2012 yil va 30 avgust 2012 yil sanasi belgisi qo’yilgan,
300000 so’m miqdordagi Toshket – Nukus, Nukus – Toshket yo’nalishi bo’yicha
ikkita temir yo’l chiptasi;
Mehmonxonaning 540000 so’mga (shu jumladan QQS) scheti. 7
sentyabr 2012 yilda I. Melievga 101 – sonli kassa chiqim orderi bo’yicha 840000
so’m berilgan.
Sayoxat bo’yicha hamma xarajatlar “Davr harajatlari” schetiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |