TARQATMA MATERIALLAR
5-MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI
HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
181
Tovar-moddiy zaxiralari audit obyektlari
Ko`rsatkichlar nomi
Schyotlar
raqami
Moliyaviy hisobot
shakllaridagi
ko`rsatkichlar
1- shakl
4- shakl
Satr
raqami
Satr
raqami
1
2
3
4
Tovar-moddiy
zaxiralari
(satr.
150+160+170+180), jumladan:
140
Ishlab chiqarish zaxiralari
1000, 1100,
1500, 1600
150
Tugallanmagan ishlab chiqarish
2000, 2100,
2300, 2700
160
Tayyor mahsulot
2800
170
Tovarlar
(2900
dan
2980
ning
ayirmasi)
180
Material, ish, xizmatlar uchun mol
yetkazib beruvchilarga to`lanadigan
pul mablag`lari
020
Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik
tekshiruvdan o‘tkazish jarayonini .
Inventarizatsiya
o‘tkazish orqali ularning
haqiqatda mavjudligini
aniqlash.
Moddiy qiymatliklarni
hisob va hisobotda to‘g‘ri
baholashni hamda aks
ettirishni tekshirish.
182
“TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI
BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING
USLUBIY MUAMMOLARI”
MAVZUSI BO’YICHA
TAQDIMOT
183
REJA
1.
Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish
maqsadi, vazifalari.
2.
Tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va saqlanishini
nazorat qilishni tekshirish uslubiyati.
3.
Tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga
sarflash vaqtida baholashning to‘g‘riligini tekshirish.
4.
Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan
chiqarishga doir muomalalarni tekshirish.
Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi
ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri
tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko‘rsatkichlarining
ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va
soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan
qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu
maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya
hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi.
Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan korxonalarda auditning asosiy
qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini
tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab
chiqarish zaxiralari»(120-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)»,
«Tayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish uchun olingan tovarlar»(150-satr) degan
moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi
tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob
ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy
boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini
tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo‘zg‘atishning o‘z vaqtidaligi
va to‘g‘riligi hamda yo‘ldagi (korxonaga yetib kelmagan) materiallar
qoldig‘ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.
184
Yo‘ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo‘ldagi moddiy
boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo‘natishning asosliligini
aniqlash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o‘tib ketmaganligini
aniqlash, xo‘jalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko‘rilishini
aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan yo‘ldagi
moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan nazorat o‘rnatilishi kabilarini
aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma’lumotlarining haqiqatda
ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar mahsulotlar ishlab
chiqarish to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘shib yozish faktlari aniqlanadi.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
1.
zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;
2.
zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi
schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
3.
barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq
mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat
ekanligi;
4.
zaxiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning
to‘g‘riligi;
5.
tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi
va qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot
manbalaridan foydalaniladi:
1.
Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga
aloqador me’yoriy hujjatlar.
2.
Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq.
3.
Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni
rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar.
4.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.
5.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi
registrlari va buxgalteriya hisobotlari.
185
Auditor tekshiruvga kirishish chog‘ida tekshiruvning ushbu
sohasi bo‘yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari
to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. №4-«Tovar-moddiy
zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga
muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi
buyrug‘ida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy
jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi
lozim:
•
asosiy vositalar bilan inventar va xo‘jalik ashyolari o‘rtasidagi
chegaralar;
•
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga
olish;
•
tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo‘yicha hisobdan
o‘chirish chog‘ida baholash usullari.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishda qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlar
shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga
bog‘liq. Qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar
bo‘lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy
qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar,
inventar va xo‘jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o‘chirish
dalolatnomalari, limit-zabor kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar-
transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar
kiradi:
•
korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi
majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish
qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki
o‘zgartirish chog‘ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik
ashyolari, tovarlar qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek, agar dividendlar yoki
daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish
auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi;
186
•
korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari
•
tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolarni yetkazib berish
shartnomalari;
•
moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-
xil bo‘lishi mumkin. Ular korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi
shakli va usullariga hamda mavjud tovar-moddiy zaxiralarning turlari va
guruhlariga bog‘liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090,
1080, 1510 va 1610 schyotlar bo‘yicha analitik va sintetik hisob
registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar,
inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar
(2010, 2110, 2310-schyotlar) bo‘yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi
lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini auditorlik
tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq:
•
mazkur tekshiruv uchastkasining yo‘nalishlari bo‘yicha hisob siyosatining
qoidalarini o‘rganish;
•
tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik
darajasini baholash. Buning uchun ombor xo‘jaligi va omborxonalarning
holatini tekshirib chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar
hisobotlarining tashkil etilishini o‘rganish;
•
tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;
•
tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni va inventarizatsiya o‘tkazish
pozitsiyalarini aniqlash;
•
tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;
•
tovar-moddiy zaxiralarni baholashning to‘g‘riligi;
•
tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda
holatini tekshirish.
187
Inventarizatsiyada aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) kamomadi
buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Kam chiqqan TMZ larning haqiqiy qiymati (balans qiymati) bo‘yicha hisobdan
o‘chirilishi.
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090)
Agar baholash natijasida TMZ larning bozor qiymati (undiriladigan summa)
kam chiqqan TMZ lar haqiqiy qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad
summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
b) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olinishi
lozim bo‘lgan bozor qiymatida
Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning
qarzlari» schyoti
Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
v) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim
bo‘lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq
summaga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda»
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa
tortiladi.
188
“ TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI
Do'stlaringiz bilan baham: |