Amaliy audit


Parallel modellashtirish usuli



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

 

Parallel modellashtirish usuli 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

4.1.14-chizma. Parallel modellashtirish usuli 



Auditorlarning  dasturlashtirish  sohasida  chuqur  bilimga  ega  bo’lishi  yoki 

xolis  dasturchilarni  ishga  taklif  qilish  uchinchi  stsenariyni  amalga  oshirishning 

zarur sharti hisoblanadi. 

Asosiy fayl 

Muomalalar 

Hаqиqий тизим 

Tizim modeli 

Haqqoniy 

ma’lumotlar 

Modellashtirilgan 

ma’lumotlar 

Taqqoslash 

Farqi 



651 

 

Umumiy  auditning  auditorlik  dasturiy  vositalari  paydo  bo’lishi  uchinchi 



stsenariyning  o’ziga  xosligini  yanada  oshirdi.  Bu  vositalar  tarkibiga  audit 

vazifalarining  ko’pgina  qismini  bajarishini  ta’minlaydigan,  paketlarda 

birlashtirilgan standart dasturlar kiradi. 

Umumiy  tayinlangan  dasturiy  vositalar  auditorlarga  ma’lumotlarni  qayta 

ishlashning  real  dasturiy  tizimiga  o’xshash tizimni  yaratish,  ayni  bir  ma’lumotlar 

faylidan  foydalangan  holda  qayta  ishlashni  o’tkazish  imkonini  beradi.  Bunday 

o’xshash  tizimga  auditor  barcha  zarur  nazorat  muolajalarini  kiritishi  mumkin. 

So’ngra  o’xshash  tizimdan  olingan  chiqish  ma’lumotlari  real  tizimdagi  chiqish 

ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 

Parallel  modellashtirish  usulini  qo’llash  avvaliga  etarli  darajada  katta 

xarajatlarni  talab  qilishi  mumkin,  lekin  bu  usulning  samaradorligi  kompyuter 

texnikasi  qo’llanilmay  o’tkazilgan  auditorlik  tekshirishi  samaradorligidan, 

shuningdek  nazorat  ma’lumotlari  usulining  samaradorligidan  ma’lum  darajada 

yuqoridir. 

Murakkab  kompyuter  tizimida  nazorat  muolajalarini  auditorlik  testdan 

o’tkazish. 

Ko’pgina  ishlab  chiqilgan  buxgalterlik  dasturlari  o’z  ichida  nazorat 

vositalariga  ega.  Auditorlik  tekshirishda  qo’llaniladigan  vosita  va  usullari  to’rtta 

guruhga bo’lish mumkin. Bular: 

1. Haqiqiy vaqt birligida va haqiqiy ma’lumotlar bilan «on-layn» tartibida; 

2. Uzluksiz ma’lumotlar bilan; 

3. O’xshash ma’lumotlar bilan; 

4. Dasturlarni tahlil qilish asosida ishlaydi. 

Haqiqiy ma’lumotlardan foydalanilgan nazorat usullari. 

Ko’p hollarda bu usullar dasturlarni ishlab chiqish bosqichlarida quriladigan 

maxsus  auditorlik  modullarini  yaratishni  talab  qiladi.  Bunday  dasturlarning 

qo’shimcha  auditorlik bloklari  tekshirish nuqtai  nazaridan  qiziqishga  ega bo’lgan 

muomalalar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni qayta  ishlashdan  avval  yoki  undan  so’ng 

ajratib olish va ularni o’rganish uchun saqlash imkonini beradi. 

Muomalalarni belgilash. 

Auditor  tomonidan  muomalalar  bo’yicha  ajratib  olingan  fayllar  kiritish 

paytida  maxsus  indikatorlar  yordamida  belgilanadi.  Bu  ma’lumotlarning  ustama 

dasturlarda  qayta  ishlash  barcha  bosqichlarining  nazorat  yozuvlarini  baholash 

uchun bosib chiqarib yoki fayllar ko’rinishida saqlash mumkin. 

Auditorlik fayllari. 

Belgilangan  ma’lumotlar  keyingi  nazorat  uchun  maxsus  fayllarga 

guruhlashadi. Auditorlik fayllarini tashkil qilishda ikki usul qo’llanilib, ulardan biri 

«doimiy  nazorat  auditorlik  fayli»  (DNAF)  sifatida  yaxshi  tanish.  Belgilangan 

mezonlar  bo’yicha  ajratib  olingan  ma’lumotlarni  testdan  o’tkazish  asosida 

yig’iluvchi hisobotlar hisob va tahlil uchun bevosita auditorga kelib tushadi. Ichki 

audit nuqtai nazaridan DNAF usuli alohida e’tiborga ega. Ikkinchi usul  - «tanlab 

olish  nazorati  auditorlik  fayli»  (TONAF)  avvalgi  usul  bilan  o’xshash  bo’lib, 

ularning  farqi  shundaki,  muomalalar  bo’yicha  ma’lumotlarni  belgilash  uchun 



652 

 

dasturga  doimiy  tanlab  olish  mezoni  emas,  balki  tasodifiy  ajratib  olish  moduli 



kiritiladi.  Ma’lumotlarning  qayta  ishlanganligi  to’g’risidagi  hisobotlar  auditorlik 

tahlil uchun dasturning har bir ish yuritganidan so’ng olinishi mumkin. 

Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat. 

Bu  usulning  qo’llanilishi  muomalalarning  boshlanishi  va  ularning  bajarib 

bo’linganidan  so’ng  kompyuterda  saqlangan  ma’lumotlar  bazasidagi  muomalalar 

va  elementlarning  holatini  ko’rish  imkonini  beradi.  Bosib  chiqarilgan  surat  tahlil 

uchun  auditorlarga  taqdim  qilinadi.  Masalan,  debitorlar  hisobi bo’yicha  qoldiqlar 

faylga  kiritishdan  oldin  ham  va  kiritilgandan  so’ng  ham  saqlanadi.  Auditorlar 

uning  natijalariga  asoslanib,  qayta  ishlash  jarayonini  kuzatish  va  tekshirishlari 

mumkin. 


Tizim ish yuritishining doimiy nazorati. 

Apparat  va  dasturiy  vositalarning  ish  faoliyatining  tahlil  qilish  maqsadida, 

odatda, kompyuterga maxsus elementlar quriladi, ularning vazifasi esa - kompyuter 

ishining samaradorligini aniqlashdir. Bu elementlar tizim modulini kim va qanday 

muomalalar  uchun  egallaganligini  aniqlash  imkonini  bergani  tufayli  audit  uchun 

ham qo’llaniladi. 

Kengaytirilgan yozuvlar. 

Maxsus  dasturlar  muomalalarni  qayta  ishlash  uchun  qo’llanilgan  barcha 

ustama  dasturlarning  natijalarini  birlashtirib,  belgilangan  muomalalar  bo’yicha 

nazorat  yozuvlarini  tashkil qiladi.  Olingan  yilga  ma’lumotlar alohida  faylda  yoki 

qo’shimcha yozuv qatorlarida saqlanadi. 

Uzluksiz ma’lumotlardan foydalangan nazorat usullari. 

Bu  usullar,  keng  ma’noda,  auditorlar  mashina  o’qiydigan  fayllardan 

foydalanish  imkonini  beradi.  Ularga,  xususan,  avval  izohlab  o’tilgan,  parallel 

modellashtirish usuli hamda umumiy bo’lgan auditorlik dasturlari kiradi. 

O’xshash  ma’lumotlar  qo’llanilgan  nazorat  usullari.  Bu  usullar  guruhiga, 

xususan,  avval  ko’rib  o’tilgan  nazorat  ma’lumotlari  usuli  kiradi.  Bu  usulning 

murakkab  kompyuter  tizimlari  uchun  soddalashtirilgan  ko’rinishi  -  «testdan 

o’tkazishning integrallashgan usullari» (TO’NU) deb nom olgan. 

Odatda,  dasturlar  hamkorligida  qo’llaniladigan  bunday  vositalardan 

auditorlar  o’z  maqsadlari  uchun  foydalanishlari  mumkin.  TO’NUdan  foydalanish 

xodimlar,  mijozlar,  mol  etkazib  beruvchilar,  debitorlar,  kreditorlarning  to’liq 

ro’yxati  bo’lgan  bo’lim  maketini  yaratishni  talab  qildi.  Asosiy  faylning  haqiqiy 

yozuviga  yoki  ma’lumotlar  bazasiga  maxsus  kod  bilan  belgilangan  yozuvlar 

kiritiladi,  haqiqiy  muomalalarga  esa  o’xshash  (ya’ni,  nazorat)  ma’lumotlar 

kiritiladi.  TO’NU  uchun  oldindan  aniq  bo’lgan  natijalar  haqiqiy  qayta  ishlash 

natijalarini  nazorat  qilish  va  ustama  dasturlar  nazorat  elementlarining  ishga 

layoqatligini aniqlash imkonini beradi. 

TO’NUni qo’llash alohida e’tiborni talab qiladi, chunki bu usul buxgalteriya 

hisobining  haqiqiy  tizimiga  qalbaki  yozuvlar,  muomalalar  va  hisobotlarni  kiritish 

bilan  bog’liq.  Qalbaki  chiqish  ma’lumotlarini  moliyaviy  hisobotdan  chiqarib 

tashlashni  kafolatlash  zarurdir.  Asosiy  fayllardagi  haqiqiy  yozuvlar  va  hisob 




653 

 

raqamlaridagi  qoldiqlarning  buzilishi  yoki  xato  ko’rsatilishining  oldini  oluvchi 



chora-tadbirlar qabul qilish lozim. 

Bu paragrafda biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorat usullarining 

avtomatlashtirilmagan  buxgalteriyani  oddiy  auditorlik  tekshirish  usulidan  asosiy 

farqini  ko’rib  chiqdik.  Kompyuter  qamrab  olgan  tizimni  audit  o’tkazish  rejasini 

tuzdik va nazorat usullari hamda bevosita kompyuter tizimini testdan o’tkazishning 

usullarini ko’rsatib o’tdik. 

 

 



654 

 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish