Zaxira kapitali, agar Nizomda ko`zda tutilgan bo`lsa, sof foydani zaxira
qilish yo`li bilan xususiy kapitalni to`ldirib borish uchun tashkil etiladi.
jamiyatlari jamiyat Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom kapitalidan 15% kam
410
21-son BHMS ga ko`ra, «Korxona ta'sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan
shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan
inflyatsiya rezervlari, pul mablag`laridan tashqari tekinga olingan mulklar
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - «Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar»;
8520 - «Rezerv kapitali»;
8530 - «Tekinga olingan mulk».
Auditor zaxira kapitali hisobi bo`yicha buxgalteriya o`tkazmalari to`g`ri
ekanligini tekshirishi lozim.
Korxona Nizom kapitalini xorijiy kapital ishtirokida shakllantirishda
qo`shilgan kapital deb ko`rsatiladigan kurs farqi hosil bo`lishi mumkin.
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy qiymatliklar,
nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta'sis hujjatlarida va dastlabki
kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin.
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to`g`ri tashkil etilganligi va
to`ldirilganligi, ya'ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira kapitali
Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy vositalarni) qayta
baholashdan hosil bo`lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko`payishiga
o`tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-mulkning barchasi zaxira kapitalning
ko`payishiga o`tkazilganligini tekshiradi. Tekshirish manbasi bo`lib korxona
Nizomi, O`zbekiston Respublikasi hukumatining qayta baholash to`g`risidagi
qarori, qayta baholash bo`yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to`g`risida
shartnomalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar (avizo) va
boshqalar hisoblanadi.
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati
tugatilganda ish haqi va soliqlarni budjetga to`lash, inflyatsiya bo`yicha zararlarni
qoplash, aksiyadorlik jamiyati hay'ati qaroriga muvofiq Nizom kapitalini
to`ldirish, qayta baholash summalarini qoplash va aksiyadorlik jamiyatining
boshqa yo`nalishlari uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida
foyda yo`qligi yoki u yetarli emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar
bo`yicha dividendlarni to`lash uchun yo`llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag`lari korxona xodimlariga moddiy yordam
ko`rsatishga, mehnatga haq to`lashga yoki mukofotlar to`lashga ishlatilganligi
holatlari bilan to`qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor zaxira kapitali
ishlatilishini zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil qilish yo`li orqali
ta'sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va taqsimlanmagan foyda schyotlari bilan
korrespondentlanishini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: