4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy
valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul
mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin.
Xojalik
subyektlari
O`zbekiston
Respublikasi
Markaziy
Banki
boshqaruvining qarori
3
bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida
ochiladigan bank schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada
talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib
olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy
valutadagi turlarini ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit
schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va
depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun
bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003., 207- b.
2
Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 66-67 b.
3
2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori.
322
2) tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan
budjet tashkilotlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami
berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq
organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi
to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha;
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar)
taqdim qilinadi.
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat
schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar
qabul qilinishi mumkin:
- AQSh dollari;
- Ingliz funt sterlingi;
- YEVRO;
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi.
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar.
Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta
schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks
etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va
Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil
16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi
operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish
tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi
(AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib
boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta
schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks
ettiriladi»
1
.
1
Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004. 68 b.
323
Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida
auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval).
9.2-jadval
Valuta schyoti bo`yicha muomalalarni tekshirishdagi auditorlik muolajalari
№
Auditorlik muolajalari
1. Joriy valuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog`liq valuta muomalalari huquqiy
rejimiga rioya qilinishini tekshirish
2. Valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining litsenziyasiga ega bo`lgan, vakolatli banklar orqali valuta muomalalarini amalga
oshirishni tekshirish
3. Vakolatli banklarda ayrim valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning
mavjudligini tekshirish.
4. Yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo`lgan, legal kelib chiqishga
ega valuta mablag`lari chegarasida chet el valutasidagi hisob-kitoblarni amalga
oshirilganligini tekshirish
Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha
amalga oshiriladi.
Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan
schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la
olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi
lozim.
Audit jarayonida, rezident bo`lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar
valuta tushumi qabul qilinishining to`liqligi va to`g`piligini tekshirishda, auditor
vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo`yicha quyidagilarni aniqlashi
kerak:
- tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini
qoniqtirish hisobiga jarima to`lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o`zaro talablarni
hisobga olish to`g`risidagi talablarni;
- eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham
o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi;
- O`zbekiston Respublikasiga o`tkazilishi lozim bo`lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o`tgan tushumdan to`lovlar amalga
oshirilmaganligini.
Do'stlaringiz bilan baham: |