Amaliy audit



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

 

 

 

 


242 

 

5. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi 

Xojalik  yurituvchi  subyektlar  bilan  o`zaro  hisob-kitob  munosabatlarida 

korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari 

yuzaga keladi. 

Debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblarni  tekshirishda,  auditor  avvalo 

debitor  va  kreditor  qarzlarning  paydo  bo`lishi  sabablarini  aniqlashi  zarur.  Hisob-

kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta 

miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi. 

«Debitorlik  qarzi  tovarlar  haqiqatda  yuklab  jo`natilgan,  ishlar  bajarilgan, 

xizmatlar  ko`rsatilgan  kundan  boshlab  90  kun  o`tgach  muddati  o`tgan 

hisoblanadi»

1



Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  bo`yicha  muomalalarni  tekshirishga 



kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri 

aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-

kitoblarning  har  qaysi  turi  yuzasidan  analitik  hisob  registrlarining  ma'lumotlari 

bo`yicha  hisob-kitoblarni  hisobga  olish  uchun  mo`ljallangan  schyotlar  bo`yicha 

qoldiqlari  balansning  tegishli  moddalari  qoldiqlari  bilan  taqqoslanadi.  So`ngra 

hisob-kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning 

paydo bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni 

undirib  olish  mumkin  yoki  mumkin  emasligini,  ya'ni  debitorlar  o`z  qarzlarini  tan 

olgan  xatlar  yoki  hisob-kitoblarni  taqqoslash  dalolatnomalari  mavjudligini,  da'vo 

qilish  muddatlari  o`tkazib  yuborilmaganligini,  qarzlarni  yopish  yoki  undirish 

uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim. 

Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni 

aniqlash lozim:  

- kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi; 

- shartnomalar mavjudligi; 

- xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari; 

- kreditni qoplash tartibi va boshqalar. 

Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning 

boshqa  operatsiyalar  bo`yicha  qarzi  hisobi  schyoti”  schyotlar  guruhi  bo`yicha, 

shuningdek, 4710  -  “Kreditga  sotilgan  tovarlar bo`yicha  xodimning  qarzi”  schyot 

ko`rsatkichlari  asosida  o`rganiladi.  Eng  muhimi,  Xaridorlarning  muddati  o`tgan 

qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo 

bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

- kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik; 

-  ijro  varaqalari  bo`yicha  boshqa  korxonalar  yoki  jismoniy  shaxslar 

foydasiga  summalar  to`g`ri  va  asosli  ushlab  qolinganligi,  shuningdek,  ushlab 

qolingan summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi; 

korxona 



ixtiyoridagi 

xonadonlarda 

istiqomat 

qiluvchilar 

va 

yotoqxonalarda,  mehmonxonalarda  yashovchi  shaxslar  bilan  korxona  hisobidagi 



xonadonlardan  foydalanganligi  va  maishiy  xizmat  ko`rsatilganligi  uchun  hisob-

kitoblar to`g`ri hisoblanmaganligi. 

                                                 

1

 O’zR Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi PF-2340 son Farmoni. 




243 

 

Turli  debitorlar  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblar  auditi  bo`yicha  4800  - 



«Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga 

bo`lgan  qarzlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar»  schyotlarning  hisob  registrlari  va 

hisobotlardagi  buxgalteriya  yozuvlari  hamda  ulardagi  hisobda  turgan  qarzlar 

tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti 

va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash.  

Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma-

xilligini  etiborga  olgan  holda,  auditor  hisob-kitoblar  ahvolini  tahlil  qilish 

mobaynida  ushbu  schyotlar  qo`llanishining  qonuniyligini  aniqlaydi.  (Ya'ni,  4800, 

6900  schyotlarida  aks  ettiriladigan  muomalalar  boshqa  schyotlarda  aks 

ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha). 

Auditor  yil  oxirida  to`lanmagan,  deponentlanmagan  summalar  bo`yicha 

haqiqatda  to`langan  ish  haqi  summalaridan  hisoblanishi  lozim  bo`lgan  daromad 

solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur. 

Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar 

(alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi 

hisob  yozuvlarini  hisoblashuv-to`lov  vedomostlari  va  ushlash  uchun  asos  bo`lgan 

boshqa  hujjatlar  bilan  solishtirish  orqali  tekshiriladi.  Bunday  summalarni 

o`tkazishning  o`z  vaqtidaligi  va  to`liqligi  shaxslar  bo`yicha  qarzlarning  ahvoli  va 

harakatini  tahlil  qilishda  va  summalarning  xodimlardan  ushlangan  hamda 

o`tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. 

Budjet  tashkilotlari  bilan  hisob-kitoblarni  tekshirishda  shartnomalar 

mavjuddigi,  ish  (xizmat)  bajarilishining  hujjat  bilan  tasdiqlanishi,  ularning 

xususiyatlari,  ishlab  chiqarish  yoki  noishlab  chiqarishga  taalluqli  ekanligi 

aniqlanadi.  Bular  sarflarni  moliyalashtirish  manbalarini  aniqlashning  to`g`riligini 

tasdiqlash  uchun  zarur.  Chunonchi,  o`qitish,  malaka  oshirish  bilan  bog`liq  va 

ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun  zarur  bo`lsa,  O`quv  uchun  to`lovlar  xarajatlar 

tarkibi to`g`risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin. 

Ayrim  hollarda  hisob-kitoblarni  debitor  qarz  summasi  katta  bo`lgan 

tashkilotlardagi  tegishli  hujjatlar  bilan  taqqoslab  ko`rish  tavsiya  qilinadi.  Bunday 

qarama-qarshi  tekshiruvlar  birinchi  navbatda,  savdo  va  ta'minot  tashkilotlarida 

o`tkaziladi. 

Debitor  va  kreditor  qarzlarining  da'vo  muddatlari  hamda  debitor  qarzlarni 

undirish  bo`yicha  xojalik  sudiga  murojat  qilish  tartibi  tekshiriladi.  Shunindek, 

debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. 

Buning  uchun  auditor  turli  debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitob  muomalalarini 

auditorlik tekshiruvidan o`tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni 

umumlashtiradi  va  4800,  6900  –  schyotlar  bo`yicha  hisob  hamda  hisobot 

ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi. 




Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish