4.3.Masala. 1
. “Ramz” MChJ da 2014 yilning 8 oyi uchun mahsulot sotishdan tushum hajmi 1 980
000 000 so’mni tashkil etgan (QQS ham qo’shilgan holda). Ushbu davr davomida “Ramz” MChJ da
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar reklamasiga qilingan xarajatlar quyidagi hujjatlar bilan
tasdiqlangan:
a) 2014 yil 15 avgustdagi 115-sonli schyot-faktura; reklama katalogini chiqarilganligiga to’lov-14
400 000 so’m, QQS siz summa-12 000 000 so’m, QQS- 2 400 000 so’m.
b) 2014 yil 5 avgustdagi 200-sonli schyot-faktura bilan; reklama to’lovi-180 000 000 so’mga, QQS
siz-150 000 000 so’m, QQS-30 000 000 so’m.
Yuqorida ko’rsatilgan ishlar bo’yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasi olingan. Ishlab chiqarish
xarajatlari hisobi qaydnomasiga muvofiq mos davr uchun buxgalter tomonidan xarajatlar tarkibiga
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha reklama xizmatlari uchun 162 000 000 so’m qo’shib qo’yildi.
Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilindi:
№
Muomalalar mazmuni
Debet
Kredit
Summa
1.
Mahsulotlar qabul qilindi
9410
6010
162000000
2.
Mahsulot sotilishi bo’yicha QQS aks
ettirilgan.
4410
6010
32400000
3.
Hisoblashga QQS taqdim etildi
6410
4410
32400000
2. “Ramz” MChJ tijorat bankidan 250 000 000 so’m miqdorda ssuda olgan bo’lib, uning yillik foizi
13,5% ni tashkil etadi. Ssuda yarim yilga- 1 yanvardan 30 iyun 2014 yilgacha muddatga olingan.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining 15-sonli qaydnomasi bo’yicha kredit uchun foiz
summalariga, ya’ni 1 687 500 so’mga D-t 2610-“Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlik” schyoti K-t
5110-“Hisob-kitob” schyoti yozuvi aks ettirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining qayta moliyalashtirishdagi foiz stavkasi 6,0% ni
tashkil etgan.
Ushbu davr davomida korxona tomonidan quyidagi xarajatlar qilingan:
a) korxona bo’yicha 2014 yilda qilingan vakillik xarajatlar quyidagilar bilan tasdiqlangan: 2014
yilga vakillik xarajatlari smetasi; ish yuzasidan o’tkazilgan uchrashuv dasturi taqdim etilgan va
tadbir ishtirokchilari ko’rsatilgan, qilingan xarajatlar bo’yicha cheklar va schyotlar ilova qilingan.
Xarajatlarning umumiy summasi 21 500 ming so’mni tashkil etgan;
b) xorijiy delegatsiyalar bilan yetkachi investorlarning tadbirlariga tashrif buyurganlik bilan bog’liq
xarajatlari smeta bilan tasdiqlangan, ishtirokchilar ko’rsatilgan, chiptalar va xarajatlarni
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan. Xarajatlarning umumiy summasi 89 000 ming so’mni
tashkil etgan.
Ushbu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi qaydnomasiga muvofiq, bosh buxgalter
tomonidan 30 400 ming summadagi vakillik xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
xarajatlar tarkibiga qo’shib yuborgan.