Amaliy audit


 Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
7.5. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi 
Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o`zaro hisob-kitob munosabatlarida 
korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari 
yuzaga keladi. 
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo 
debitor va kreditor qarzlarning paydo bo`lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-
kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta 
miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi. 
«Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo`natilgan, ishlar bajarilgan, 
xizmatlar ko`rsatilgan kundan boshlab 90 kun o`tgach muddati o`tgan hisoblanadi»
1

Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha muomalalarni tekshirishga 
kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri aks 
ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-
kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma'lumotlari 
bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo`ljallangan schyotlar bo`yicha 
qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So`ngra hisob-
kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo 
bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni undirib 
olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya'ni debitorlar o`z qarzlarini tan olgan xatlar 
yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da'vo qilish 
muddatlari o`tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday 
choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim. 
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni 
aniqlash lozim:
- kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi; 
- shartnomalar mavjudligi; 
1
O’zR Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi PF-2340 son Farmoni. 


353 
- xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari; 
- kreditni qoplash tartibi va boshqalar. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning 
boshqa operatsiyalar bo`yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo`yicha, 
shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimning qarzi” schyot 
ko`rsatkichlari asosida o`rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o`tgan 
qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo 
bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
- kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik; 
- ijro varaqalari bo`yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar foydasiga 
summalar to`g`ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab qolingan 
summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi; 
- korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va yotoqxonalarda, 
mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi xonadonlardan 
foydalanganligi va maishiy xizmat ko`rsatilganligi uchun hisob-kitoblar to`g`ri 
hisoblanmaganligi. 
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo`yicha 4800 - «Turli 
debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga bo`lgan 
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi 
buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli 
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi 
boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma-
xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida 
ushbu schyotlar qo`llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Ya'ni, 4800, 6900 
schyotlarida 
aks 
ettiriladigan 
muomalalar 
boshqa 
schyotlarda 
aks 
ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha). 
Auditor yil oxirida to`lanmagan, deponentlanmagan summalar bo`yicha 
haqiqatda to`langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo`lgan daromad 
solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur. 
Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar 
(alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi 


354 
hisob yozuvlarini hisoblashuv-to`lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo`lgan 
boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni 
o`tkazishning o`z vaqtidaligi va to`liqligi shaxslar bo`yicha qarzlarning ahvoli va 
harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o`tkazilgan 
sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. 
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar 
mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning 
xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. 
Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to`g`riligini tasdiqlash 
uchun zarur. Chunonchi, o`qitish, malaka oshirish bilan bog`liq va ishlab chiqarish 
maqsadlari uchun zarur bo`lsa, O`quv uchun to`lovlar xarajatlar tarkibi to`g`risidagi 
nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin. 
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo`lgan 
tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko`rish tavsiya qilinadi. Bunday 
qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida 
o`tkaziladi. 
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni 
undirish bo`yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek, debitor 
va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning 
uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik 
tekshiruvidan 
o`tkazishni 
yakunlashda 
ishchi 
hujjatlardagi 
malumotlarni 
umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo`yicha hisob hamda hisobot 
ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish