15-MAVZU. EKOLOGIK AUDITNI TASHKIL QILISH 1. Ekologik auditning obyekti –bu:
a) korxona aktivlari
b) korxonalarning atrof muhitga va tabiat obyektlariga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq
xo’jalik hamda boshqa faoliyati;
v) korxona majburiyati;
g) korxona aktivlari va majburiyatlari;
2. Audit haqida tushuncha qanday lug’aviy ma’noni anglatadi?
a) audit - bu iqtisodiy tahlil yakunidir
b) audit - bu moliyaviy tahlil yakunidir;
v) audit bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning barqarorligini bildiradigan foyda;
g) «eshitaman» degan ma’noni bildiradi;
3. «Audit» fanining xususiy metodlariga qaysi metod kiradi?
a) modellashtirish;
b) ideallashtirish;
v) skanerlash;
g) deduktsiya;
4. Qaysi javobda auditorlik tashkilotiga to’g’ri ta’rif berilgan?
a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir;
b) auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir;
v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish malaka sertifikatiga ega bo’lgan yuridik
shaxsdir;
g) auditorlik faoliyatini amalga oshirish patentiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir;
775
5. 3-son AFMSga binoan auditor qaysi hujjatda audit o’tkazish muddatlari va audit
o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda
tutishi lozim?
a) auditning umumiy dasturida;
b) audit dasturida;
v) umumiy rejada;
g) shartnomada;
6. Auditorlik tashkiloti tekshiruv chog’ida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishi
haqida soliq organlariga bildirishi majburiymi?
a) majburiy emas;
b) tekshiruv natijalari bo’yicha majburiy;
v) auditorlik hisobotining bir nusxasini taqdim etishi shart;
g) soliq organlarining talabiga ko’ra majburiy;
7. Quyidagilardan qaysi biri auditorlik dalillar olinish usuliga ko’ra turkumlaridan
emas?
a) uchinchi shaxs bilan olingan dalillar;
b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar;
v) maxsus o’tkazilgan taxlil natijasida aniqlangan dalillar;
g) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar;
8. Quyidagi auditorlik dalillaridan qaysi auditorlik dalili ishonchliroq?
a) hujjatli dalillar;
b) og’zaki dalillar;
v) yozma dalillar;
g) rasmiy dalillar;
9. Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish qaysi jarayonida vujudga keladi?
a) audit rejasining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi
natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida;
b) audit dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi
natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida;
v) audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik
tekshiruvi natijalarini umumlashtirish jarayonida;
g) audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik
tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida;
10. Quyidagilardan qaysi biri har yili majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishi shart
emas?
a) ma’suliyati cheklangan jamiyatlar;
b) aksionerlik jamiyatlari;
v) banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
g) sug’urta tashkilotlari;