Yozuvlarni va xujjatlarni o’rganish auditor dalillarini olishga imkon beradi. Bu
dalillar tusiga, olingan manbaiga, ichki ekologik nazoratning samaradorligiga
jarayonlarni ko’zdan kechirish, jumladan mijozning turli ekologik aktivlarni
ro’yxatga olishda ishtirok etishdan iborat. Bu o’rinda atrof muhitni himoya qilish
vositalari, ya’ni qurilmalarni ro’yxatga olish jarayonini kuzatishga balansdagi
aktivlar moddalari va xo’jalik muomalalarini o’tkazish hollarining haqiqiyligi va
aniqligi to’g’risida qimmatli va ishonchli dallilarini olish usuli deb qaramoq lozim.
Ro’yxatga olishda ishtirok etish yoki bu ishni amalga oshirishni kuzatib turish
mijozning ekologik nazorat tizimi tashkil etilishini to’g’ri baholashga yordam
601
Ekologik audit tekshiruvi jarayoniga ekspert sifatida jalb qilingan kimyogar va fiziklar
havoga, erga va suvga tekshiruv ob’ekti tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning
kimyoviy va fizik xususiyatlarini taxlil qilishsa, tibbiyot xodimlari va mikrobiologlar
ularni inson salomatligi va xududning flora va faunasiga ta’sirini o’rganishadi. Ekspert
sifatida xuquqshunoslar xizmati tekshiruv ob’ekti tomonidan er osti qazilmalari yoki
o’rmon boyliklaridan foydalagnish xuquqini beruvchi shartnoma yoki ruhsatnomaning
qanchalik tarzda xarakatdagi qonunchilikka mos kelishligini baholashda qo’l keladi.
Menejment sohasida etuk mutaxassislar ko’magi korxonaning ekologik menejment
tizimidagi zaif bo’g’inlarini aniqlash hamdauni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab
chiqish jarayoniga katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda er yuzining turli qit’alarida
er qimirlashi, suv toshishi, o’t ketishi, qurg’oqchilik kabitabiiy ofatlarning, ishlab
chiqarish ob’ektlarida portlashlarning yuzaga kelishi, daryo va dengizlarda atrof muhit
uchun xavfli bo’lgan yuklarni tashayotgan kemalarning xalokatga uchrashi kabi texnogen
holatlarning vujudga kelishi ekologik audit sohasiga sug’urta xodimlarini jalb qilish
jarayonini tezlatdi. Bu mutaxassislar yordamida ekologik audit tekshiruvini olib
borayotgan auditorlik tashkiloti korxonalarga bo’lajak tabiiy ofatlar va texnogen
holatlardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararni hisoblashda yordam berib, xo’jalik
yurituvchi sub’ekt uchun manfaatli bo’lgan sug’urta takliflarini ishlab chiqadi.
Auditorlik tashkiloti ekologik auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan
foydalanishi rejalashtirayotgan bo’lsa, bajarilishi ko’zda tutilayotgan ishning sifatini
ta’minlash va auditorlik xatarini pasaytirish uchun ekspert sifatida jalb qilinayotgan
mutaxassisning malaka darajasini baholashi lozim. Mutaxassisning malaka darajasini
quyidagi holatlar bo’yicha baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-mutaxassisligi bo’yicha diplomning mavjudligi;
-amaliy ish tajribasi;
-ekspert sifatida faoliyat ko’rsatishiga ruxsat beruvchi guvohnoma yoki
litsenziyaning mavjudligi;
-shu soha xodimlari orasidagi tutgan o’rni va obro’si;
-biror – bir kasb tashkilotiga a’zoligini tasdiqlovchi xujjatning mavjudligi.
Ko’pchilik holatlarda auditorlik firmalari ekologik auditorlik tekshiruvini
o’tkazish uchun ekspert sifatida iqtisoslashgan korxona va tashkilotlar xizmatidan
foydalanishlari mumkin. Bu holatda ularni shu sohada etarli tajribaga egalik hamda
texnik jixatdan yaxshi ta’minlanganligi uchun auditorlik tekshiruvlarining sifati sezilarli
tarzida yaxshilanadi. Biroq, bu holat tekshiruv o’tkazish qiymatini keskin o’sishiga olib
kelishi mumkin.
Xo’jalik sub’ektiga va uning xatti xarakatlariga baho berishga nisbatan
ekspertning xolis bo’lishi talabi ekspertning mustaqilligi bilan chambarchas bog’langan.
Ekspert baholashini o’tkazish jarayoniga mutaxassis:
-agar u mijozning mutaxassislaridan biri bo’lsa, yoxud mijozda rahbarlik
vazifalarini bajarayotgan bo’lsa;
-agar u mijozning xodimlari bilan qarindosh yoki kuda – anda bo’lsa;
-agar ekspert ishlayotgan yuridik shaxs mijozning qatnashchisi, kreditori,
sug’urtachisi bo’lsa;
-agar mijoz ekspert bilan moddiy jahatdan yoki boshqaruv tarzda unga bog’liq
bo’lsa jalb etilmaydi.