Qimmatli qog`ozlar emissiyasi - qimmatli qog`ozlarni birinchi egalari
(investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga chiqarish.
Emissiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: aksionerlik jamiyati ta'sis etilib
uning aksiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar
chiqarish yo`li bilan boshlang`ich nizom kapitali (jamg`armasi) miqdori
oshirilganda; obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik
shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan qarz kapitali
jalb qilinganida; o`zaro respublika miqyosida subyektlarning qarz majburiyatlarini
to`lash (so`ndirish) jarayoni amalga oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o`tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning
minimal va maksimal o`lchamini belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi,
muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va
buxgalteriya hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi
navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot
ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish
usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
1. Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi
to`g`riligini tekshirish.
2. Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha ularni
turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish.
3. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri
shakllanganligini tekshirish.
4. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar hisobini to`g`riligini
tekshirish.
5. Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
6. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi va ularni
natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish.
7. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq
qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, auditning
obyektlarini belgilab olamiz, 4.2-jadval»
1
:
1
Ilxamov Sh.I. Investitsiya faoliyatida buxgalteriya hisobi va audit // Diss.-T.: 2005.
127
4.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |