Amaliy audit


Asosiy vositalar auditining dasturi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

Asosiy vositalar auditining dasturi 



Auditorlik tadbirlari 

(amallari)ning ro’yxati

O’tk

azish davri

Ijrochila

r

Auditorning ishchi hujjatlari

1





1

Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi

Yil 

davomida 



Ahmedov Z.D. 

Kim A.A. 

1.1

Asosiy vositalarni qabul qilish bo’yicha komissiyalar



tuzilganligini tekshirish

Har 


chorakda 

Ahmedov Z.D. 

Buyruqlar, farmoyishlar

1.2


Asosiy vositalarni sotib olish-sotish shartnomalari

rasmiylashtirilganligini tekshirish

Har 

chorakda 



Kim A.A. 

Shartnomalar, kelishuvlar

1.3

Kelishuv


narxlari

bo’yicha


bayonnomalar

rasmiylashtirilganligini tekshirish

Har 

chorakda 



Ahmedov Z.D. 

Basnnomalar,

kelishuvlar,

buyruqlar

1.4

Asosiy


vositalarni

qabul


qilish-topshirish

dalolatnomalarida ularning dastlabki qiymati to’g’ri aks

etilganligini tekshirish

Har 


chorakda 

Kim A.A. 

Qabul

qilish-topshirish



dalolatnomalari, inventar varaqalar,

ro’yxatga olish daftarlari

1.5

Ob’ektlar qurib bitkazilgani va jihozlangani yoki tiklash



va qisman tugatilganidan keyin ularning dastlabki

qiymati to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish

Har 

chorakda 



Ahmedov Z.D. 

Loyiha-smeta hujjatlari, buyruqlar,

inventarizatsiya dalolatnomalari

1.6


Korxona buxgalteriyasida asosiy vositalarning sintetik

va tahliliy hisobi va ulardan foydalaniladigan joylarda

moddiy javobgar shaxslarning ishlari qanday tashkil

etilganligini baholash

Har 

chorakda 



Kim A.A. 

Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari,

hisob siyosati

 

 




89 

 

1



2

3

4



5

1.7


Korxonada

asosiy


vositalarni

ta’mirlash

xarajatlari hisobi bo’yicha amal qilinayotgan

tartibni tekshirish va baholash

Har 

chorakda


Ahmedov Z.D. 

Hisob


siyosati,

buyrukdar,

smetalar, hisobotlar

1.8


Asosiy vositalarni qayta baxolash natijalarini

gekshirish

Operatsiya

lar sodir 

etilgan 

sari


Kim A.A.

Buyruqlar,

dalolatnomalar,

inventarizatsiya

hujjatlari,

hisob registrlari

1.9

Asosiy vositalarning oxirgi invsntarizatsiya



natijalarini tekshirish

Yil 


davomida

Ahmedov Z.D. 

Inventarizatsiya

hujjatlari,

dastlabki

hujjatlar,

hisob

registrlari



1.10

Korxona


buxgalteriyasi

tomonidan

asosiy

vositalar



bo’yicha

hisob


varaqalari

va

belgilangan



moddiy

javobgar


shaxslar

bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari yuritilishi

tartibi bilan tanishish

Har 


chorakda

Kim A.A.


Hisob

varaqalari,

inventarizatsiya

hujjatlari.

buyruqlar, moddiy javobgarlik

bo’yicha shartnomalar

1.11

Korxona buxgalteriyasi amaldagi me’yoriy



hujjatlar bilan ta’minlanganligini tekshirish

Har 


chorakda

Ahmedov Z.D. 

Buyruqlar, farmoyishlar

1.12


Mavjud

asosiy


vositalar

hisobotda

aks

ettirilganligini tskshirish



Har 

chorakda


Kim A.A.

Hisobot shakllari

 

 

 



 

Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida auditor tomonidan quyidagilar tekshiriladi: 

korxonada asosiy vositalarni qabul qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha komissiya tuzilganligi; 

asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ularning dastlabki qiymati to’g’ri 

ko’rsatilganligi;

ob’ektlar qurib bitkazilgani va jihozlanganidan keyin yoki tiklash va qisman tugatilganidan keyin ularning 

dastlabki qiymati to’g’ri aks ettirilganligi. 

asosiy vositalarni sotib olish-sotish shartnomalari rasmiylashtirilganligi

;

 

 




90 

 

 



Inventarizatsiyadan oldin xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalar bo’yicha inventar daftarlari va ro’yxatlardagi 

hamda texnik pasportlari va boshqa texnik hujjatlaridagi yozuvlar to’liqligi tekshiriladi. Agar texyaik hujjatlar va 

buxgalteriya hisobi registrlaridagi matlumotlar orasida farqlar aniqlansa, ularga tegishli ra-vishda aniqliklar va 

tuzatishlar kiritiladi. Asosiy vositalarni inventarizatsiya jarayonida ob’ektlar komissiya tomonidan bevosita tabiiy 

holatida ko’rib chiqiladi va inventar ro’yxatida ularning to’liq nomlari, ishlatilishi, inventar raqamlari, asosiy texnikaviy

va foydalanish tavsiflari qayd etiladi. 

Hisobda qayd etilmagan ob’ektlar yoki hisob registrlarida ularga mansub bo’lmagan tavsiflar keltirilgan hollarda, 

ko’rsatilmagan ma’lumotlar va texnikaviy ko’rsatkichlar komissiya tomonidan to’ldiriladi. Shu vaqtning o’zida bunday 

ob’ektlarning bunyod etish yoki sotib olish vaqti, xarajatlarni moliyalashtirish manbalari, ularni qurish zaruriyati, 

moliyaviy intizomga rioya qilinishi uchun mas’ul shaxslar doirasi aniqlanadi. 

Auditor tomonidan qonunchilikka xilof ravishda bunyod etilgan yoki sotib olingan asosiy vositalarni tasdiqlovchi 

hujjatlar aniqlansa, auditorlik tekshiruvi asosiy vositalar qonunga xilof ravishda sotilganligi yoki talon-toroj qilinganligi 

to’g’risidagi xabarga muvofiq o’tkazilayotgan bo’lsa, unda u to’satdan taftish o’tkazish bilan boshlanadi. Bunda auditor 

inventar varaqalari yoki inventar daftari mavjudligi va holati, sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlari bir biriga 

muvofiqligini tekshiradi. Inventar varaqalarining ma’lumotlari inventar ro’yxati ma’lumotlari bilan, inventar 

ro’yxatining umumiy summasi 0100-sonli schyotlar guruhi ma’lumotlari bilan, ular o’z navbatida - balans ma’lumotlari 

bilan solishtiriladi. 

Solishtirish vaqtida asosiy vositalarning kamomadi yoki ortiqchaligi, uning sabablari va aybdor shaxslar hamda boshqa 

ko’rsatkichlarga ta’siri aniqlanadi (asosiy vositalar bo’yicha eskirish va mol-mulk bo’yicha soliq kam yoki ko’p 

hisoblanishi). Auditor asosiy vositalar joylzrda mavjud ekanligini tanlab olish usuli bilan tekshirib aniqlaydi. 

Kamomad aniqlangan holda, auditor moddiy javobgar shaxslardan tushuntirish xati va kamomadlar qoplanishini talab 

qiladi. Ushbu kamomadlar auditorlik tekshiruvini o’tkazish vaqtida qoplanishi lozim. 

 

 



91 

 

Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi: 



   

Asosiy vositalarning kelib tushishi asosiy vositalarni 

qabul qilish-topshirish (ichki harakati) dalolatnomasi 

(yuk xati) bilan (AV-1-shakli), unga ilova qilingan 

mazkur ob’ektning texnik hujjatlari bilan birgalikda 

rasmiylashtiriladi. 

Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansi hisobidan chiqariladi: 

tugatish;

sotish; 

ayirboshlash; 

tekinga berish; 

ustav sarmoyasiga 

muassis ulushi sifatida 

berish; 


uzoq muddatli ijara 

(lizing) shartnomasi 

bo’yicha berish; 

kamomad yoki 

yo’qotishning 

aniqlanishi; 

ishtirokchilar 

tarkibilan 

ishtirokchining chiqib 

ketishi. 




92 

 

Asosiy vositalar ishga yaroqsizligini aniqlash uchun korxonada maxsus 



komissiya tuziladi. Ob’ektning tugatilishi komissiya tomonidan tuzilgan 

asosiy vositalarni Hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnoma (AV-3-shakli) 

bilan rasmiylashtiradi. Dalolatnoma korxona rahbari tomonidan 

tasdiqlanadi, buxgalter esa varaqaga ob’ekt chiqarilgan sana va dalolatnoma 

raqamini qayd etadi. 

Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (korxona ustaxonalari va bo’limlarida) 

asosiy vositalarning inventar ro’yxatlari (AV-9-shakli) yuritiladi, ularda 

ishlatishda bo’lgan asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha qisqa ma’lumotlar 

keltiriladi. 

Kelib tushgan, hisobdan chiqarilgan va korxona ichida harakatlangan asosiy 

vositalarning inventar varaqalari, tegishli yozuvlardan keyin hisobot oyining 

oxirigacha, taxlab qo’yilmasdan alohida saqlanadi. Bu shuning uchun 

zarurki, mazkur varaqalar asosida asosiy vositalarning xar oylik eskirishi 

hisoblanadi, bundan tashqari, joriy oy yakunlangandan keyin ushbu oydagi 

yozuvlari bo’lgan varaqa asosiy vositalar tabaqalashtirilgan turlari bo’yicha 

guruhlashtiriladi, har bir turi bo’yicha qabul qilinishi va hisobdan chiqarilishi 

aylanmalari  jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish 

varaqalariga yozib qo’yiladi. 

 

Asosiy vositalar to’g’ri baholanganligini tekshirish lozim, zero noto’g’ri baholash nafaqat 



umumiy holatni noto’g’ri aks etishi, balki quyidagilarga olib kelishi mumkin: 

eskirish 

noto’g’ri 

hisoblanishi

ga; 

soliqlar 



summasi 

noto’g’ri 

hisoblanis

higa; 


buxgalteriya (moliyaviy) hisobotda 

asosiy vositalar qiymati noto’g’ri aks 

ettirilishiga. 

Asosiy vositalar harakati bo’yicha operatsiyalarning auditorlik tekshiruvida quyidagilarga alohida 

e’tiborni qaratish lozim: 

asosiy vositalarni Ustav kapitaliga badal sifatida o’tkazishda ularning dastlabki qiymati, eskirishi va 

topshirish vaqtidagi kelishuv narxi ko’rsatilgan ro’yxat mavjudligi. Ro’yxatga topshirayotgan korxona 

muhri bilan tasdiqlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining ikkinchi nusxasi va o’tkazilayotgan 

ob’ektlar bo’yicha texnik hujjatlar ilova qilinganligi;



93 

 

Eskirish - bu asosiy vositalar qiymatini, hisobot davri davomida tizimlashgan uslubda, bosqichma-



bosqich ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymatiga o’tkazishdir. 

Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni audit tekshiruvidan o’tkazayotganda auditorning vazifasi 

asosiy vositalarga nisbatan eskirishni hisoblash usullari to’g’ri qo’llanilganini tekshirish va 

tasdikdangan me’yorlariga rioya qilinayotganini nazorat qilishdan iborat. Asosiy vositalar ob’ektlari 

bo’yicha har oyda eskirish hisoblanishining to’g’ri amalga oshirilganligi katta ahamiyatga ega. 

Chunki eskirish me’yorlarining bilmagan holda yoki atayin belgilangan normadan oshirish yoki 

kamaytirish mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini noto’g’ri aniqlashga, binobarin, olingai foyda va 

byudjetga to’lovlar miqdorlarini noto’g’ri hisoblashga olib keladi. Natijada mijoz moliyaviy 

hisobotning buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotlarida korxona 

moliyaviy holati va moliyaviy natijalarga doir ma’lumotlar BHMS talablariga mos bo’lmagan 

tartibda keltiriladi. 

Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari har bir inventar ob’ektning dastlabki qiymatiga nisbatan 

belgilangan foiz hisobida aniqlanadi. Ularning bir oylik me’yori bir yillik me’yorning 1/12 

miqdorida belgilanadi. 

Asosiy vositalarning yangilanishida korxonalar va tashkilotlarning manfaatlarini oshirish 

maqsadida ularning faol qismi (mashina, uskuna, transport vositalari) bo’yicha tezlashtirilgan 

eskirish me’yorlari qo’llaniladi, ya’ni, ushbu mablag’larning dastlabki qiymati ishlab chiqarish va 

muomala xarajatlariga, eskirish bo’yicha ko’zda tutplgan me’yorlardan tashqari qisqaroq vaqtda 

to’liq o’tkazilishi mumkin. Buning uchun korxonalarga eskirish me’yorlarini ko’pi bilan ikki 

marotaba oshirish ruxsat etilgan. 

 

5-son «Asosiy vositalar» nomli BHMS ga muvofiq asosiy



vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya

qilinadi: 

Bir tekis (to’g’ri

chiziqli) usul; 

Bajarilgan

ishlar hajmiga

mutanosib usul

(ishlab


chiqarish

usuli); 


Asosiy vositalar

foydali xizmat

qilish muddati

yillar sonining

yig’indisi

bo’yicha


hisobdan

chiqarish usuli

(kumulyativ

usul); 


Kamayib

boruvchi qoldiq

usuli. 



94 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish