Amaliy audit


Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

2.6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi 

O`zbekistonda  lizing  munosabatlari  6-son  «Ijara  hisobi»  nomli  BHMS  bilan  tartibga 

solinadi. Unga ko`ra, «Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi bo`lib, unda 

bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirig`iga binoan uchinchi 

tarafdan  (sotuvchidan)  lizing  shartnomasida  shartlashilgan  mol-mulkni  (lizing  obyektini)  mulk 

qilib  sotib  oladi  va  uni  shu  shartnomada  belgilangan  shartlarda  haq  evaziga  egalik  qilish  va 

foydalanish  uchun  lizingga  oluvchiga  o`n  ikki  oydan  ortiq  muddatga  beradi.  Bunga  lizing 

shartnomasi quyidagi shartlarning biriga javob berishi kerak: 

a)  lizing  shartnomasining  muddati  tugagach,  lizing  obyekti  lizingga  oluvchining  mulki 

bo`lib o`tsa; 

b)  lizing  shartnomasining  muddati  lizing  obyekti  xizmat  muddatining  80  %  dan  ortiq 

bo`lsa  yoki  lizing  obyektining  lizing  shartnomasi  tugaganidan  keyin  qoldiq  qiymati  uning 

boshlang`ich qiymatining 20 % dan kam bo`lsa; 

v)  lizing  shartnomasining  muddati  tugagach,  lizingga  oluvchi  lizing  obyektini  uning 

bozor  qiymatidan  past  narxda  evazini  to`lab  sotib  olish  huquqiga  ega  bo`lsa,  bunda  ana  shu 

huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo`ladi; 

g)  lizing  shartnomasi  amal  qiladigan  davr  uchun  lizing  to`lovlarining  umumiy  summasi 

lizing obyekti qiymatining 90 % dan ortiq bo`lsa»

1



Asosiy  vositani  lizinga  qabul  qilish  ham  AB-I  shakldagi  dalolatnoma  bilan 



rasmiylashtirilgan bo`lishi lozim. 

Lizing  beruvchi  subyektlar  lizing  berishdan  asosiy  vositalar  uchun  lizing  oluvchi 

subyektdan  olinishi  lozim  bo`lgan  to`lovni  (qo`shilgan  qiymat  solig`i    bilan  birga)  operatsion 

daromadlar  tarkibiga  (Debet  4810  -  «Uzoq  muddatli  ijara  bo`yicha  olinadigan  joriy  to`lovlar», 

4820  -  «qisqa  muddatli  ijara  bo`yicha  olinadigan  to`lovlar»,  Kredit  9550  -  «Uzoq  muddatli 

ijaradan daromadlar», 9350 - «Qisqa muddatli ijaradan daromadlar») kiritadi.  

Ijaraga  olingan  asosiy  vositalarni  joriy  ta'mirlash  xarajatlari  lizing  oluvchi  tomonidan 

qilinadi,  kapital  ta'mirlash  esa  shartnomadagi  kelishuvga  muvofiq  lizing  oluvchi  yoki  lizing 

beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. 

Audit  jarayonida auditor lizing subyektlarini aniqlashi  lozim.  6-son  BHMS ga muvofiq, 

lizing subyekti bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 

a) lizingga beruvchi lizing shartnomasi bo`yicha lizingga oluvchiga kelgusida topshirish 

maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs; 

b) lizingga oluvchi egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo`yicha lizing 

obyektini olayotgan shaxs; 

v) sotuvchi lizingga beruvchiga lizing obyektini sotayotgan shaxs. 

Lizing  obyekti  lizingga  oluvchining  krediti  (qarzi)  hisobidan  olinayotgan  taqdirda,  aniq 

bir  lizing  obyektiga  nisbatan  lizingga  beruvchining  kreditori  va  lizingga  oluvchi  bir  shaxs 

timsolida ish ko`rishga yo`l qo`yilmaydi. 

Lizingga beruvchi lizing obyektini bo`lgusi foydalanuvchidan keyinchalik uni xuddi shu 

shaxsga  ijaraga  berish  uchun  sotib  olgan  hollarda,  lizingga  oluvchi  va  sotuvchi  bir  shaxs 

bo`lishga  yo`l qo`yiladi.Auditor yuqorida ko`rsatilgan masalalarni tekshirib, o`rnatilgan talablar 

va qoidalarning buzilish hollarini o`zining ish hujjatlarida aks ettirishi lozim. 

Ko`pchilik  xojalik  subyektlari  avtomobillarni  sotib  olganidan  ko`ra  foydaliroq  bo`lgani 

uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor avtomashinani ishlatish va ta'mirlash xarajatlarini qoplash, 

hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi lozim. 

Jismoniy  shaxslar  bilan  tuzilgan  shartnomaga  ko`ra  ijara  to`lovlari  ijarachi  tomonidan 

uning  xarajatlariga  qo`shilsa  (2010,  2310,  2510,  2710  schyotlar  debet  va  6910  schyot  kredit) 

hisoblangan  ijara  to`lovi  summasidan  daromad  solig`i    undiriladi  (Debet  6910,  Kredit  6410). 

                                                 

1

  6-son    «Ijara  hisobi»  nomli  BHMS.  O’z.R.  Adliya  vazirligida  2004-yil  22-iyunda  1374-son  bilan  ro’yhatga 



olingan. 


72 

 

Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan 



ijara to`lovi summasidan  budjetdan tashqari fondlarga to`lovlar hisoblanmaydi. 

Agar  asosiy  vosita  obyektlari  tadbirkor  bo`lgan  jismoniy  shaxslardan  ijaraga  olinsa, 

hisoblangan  ijara  to`lovi  summasidan  daromad  solig`i    ushlanmaydi.  Subyekt  bunday 

to`lovlarning  barcha  turlari  bo`yicha  soliq  inspeksiyasiga  har  chorakda  bildirib  turishi  lozim. 

Auditor  subyektning  ijaraga  beruvchi  jismoniy  shaxslar  bilan  hisob-kitoblarni  hisobga  olish 

qoidalari va soliq qonunchiligiga rioya qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. 

Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini hisobga olgan 

holda amalga oshiriladi. Shuning uchun lizing shartnomalarini tuzish, muomalalarni buxgalteriya 

hisobida  aks  ettirish  va  soliqqa  tortishda  yo`l  qo`yiladigan  xatolarning  aksariyati  me'yoriy 

hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo`llanmalar yetishmasligi bilan bog`liq. 

Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari: rejalashtirish, auditorlar 

guruhini  tuzish,  tekshiruv  o`tkazish,  auditorlik  hisoboti  va  xulosalarini  tuzishda  maxsus 

yondoshuv talab qilinadi. 

Lizingda  lizing  obyektiga  egalik  qilish  va  foydalanish  huquqi  bilan  bog`liq  barcha 

tavakkalchiliklar lizinga oluvchiga o`tkaziladi. Lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida lizing 

aktiv va majburiyat sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki 

minimal  lizing  to`lovlarining  diskontlangan  qiymati  bo`yicha,  agar  u  past  bo`lsa,  tan  olinishi 

kerak. 


Audit  jarayonida  auditor  lizing  to`lovlarining  diskontlangan  qiymat  to`g`ri  hisobga 

olinishini  ham  tekshirishi  lozim.  Minimal  lizing  to`lovlarining  diskontlangan  qiymatini 

hisoblashda  diskontlaydigan  omil  bo`lib,  lizing  shartnomasida  ko`zda  tutilgan  foiz  stavkasi 

hisoblanadi,  agarda  uni  aniqlash  imkoniyati  bo`lsa,  aks  hollarda  lizingga  oluvchining  qarz 

sarmoyasi  bo`yicha  o`sib  boruvchi  foiz  stavkasidan  foydalaniladi.  Lizing  muddatining 

boshlanish  vaqtida  lizingga  oluvchi  va  lizingga  beruvchi  lizing  to`lovlari  jadvali  (tartibi)  ni 

kelishib  oladi,  unda  lizingga  beruvchining  daromadi,  lizing  obyektining  qiymatini  qoplash 

bo`yicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko`rsatiladi. 

Auditor  lizing  bo`yicha  foizlar  lizing  shartnomasi  davomida  davrlar  bo`yicha 

taqsimlanganligini  va  har  bir  davrda  qoplanmagan  majburiyatlar  qoldig`iga  doimiy  foiz 

stavkasini  o`rnatish  maqsadida  lizing  to`lovlari  jadvalida  aks  ettirilganligiga  ahamiyat  berishi 

kerak.  Shuningdek,  lizingga  oluvchi  tomonidan  amalga  oshirilgan  lizing  obyektini  sotib  olish, 

yetkazib  berish  yoki  belgilangan  maqsadda  foydalanish  uchun  yaroqli  holga  keltirish  bilan 

bog`liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo`shilganligini ham aniqlash lozim. 

Lizingga  oluvchining  lizing  obyektini  yaxshilash  (obodonlashtirish,  qo`shimcha  qurish, 

qo`shimcha  asbob-uskunalar  bilan  ta'minlash,  rekonstruktsiya,  modernizatsiya  qilish,  texnik 

qayta  qurollantirish  va  h.k.)  xarajatlari  lizing  obyekti  qiymatini  ko`paytiruvchi  kapital 

qo`yilmalar  sifatida  aks  ettiriladi.  Agar  lizing  obyekti,  lizingga  beruvchining  ruxsati  bilan 

yaxshilangan bo`lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so`ng yoki shartnoma bekor 

qilingach, lizingga oluvchi ana shu maqsad yo`lida sarflangan barcha xarajatlarning qoplanishini 

talab  qilish  huquqiga  ega,  agarda  lizing  shartnomasida  o`zgacha  shartlar  ko`zda  tutilmagan 

bo`lsa.  

Auditor  lizingda  har  bir  hisobot  davri  uchun  lizing  obyekti  bo`yicha  amortizatsiya 

ajratmasi  to`g`ri  hisoblanganligini  ham  tekshirishi  lozim.  Lizing  obyektlari  bo`yicha 

amortizatsiyani hisoblash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktyabrdagi 

114-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 5-son «Asosiy vositalar» nomli BHMS ga muvofiq amalga 

oshiriladi. 

Lizingga oluvchi lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyektiga mulkiy 

egalik  qilish  huquqini  olishga  ishonchi  bo`lmasa,  u  holda  u  quyidagilardan  qaysi  biri 

qisqaligidan kelib chiqib:  lizing shartnomasi  muddati davomida  yoki  lizing obyektining xizmat 

qilish  muddatida  to`liq  amortizatsiya  qilishi  mumkin.  Audit  jarayonida  lizing  obyektini  yillik 

qayta  baholash  lizingga  oluvchi  tomonidan  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  amalga 

oshirilganligiga ishonch hosil qilish lozim. 



73 

 

Lizing  shartnomasi  to`xtatilganda  lizing  obyektini  qaytarish,  lizing  shartnomasiga 



muvofiq  uning  to`xtatilgan  sanadagi  obyektining  qoplanmagan  qiymati  summasi  bo`yicha 

amalga  oshirilaganligi  tekshiriladi.  Lizing  obyektining  chiqib  ketishidan  moliyaviy  natijani 

aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining ko`paygan summasi, ya'ni 

oldingi  baholashlardagi  qiymat  pasayishi  summasiga  nisbatan  ortgan  qismi  lizing  obyektining 

chiqib ketishidan ko`rilgan daromad tarkibiga qo`shiladi va bir vaqtning o`zida 8510  -  «Mulkni 

qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» schyoti bo`yicha rezerv kapitalini kamaytiradi. 

Lizingga  beruvchining  buxgalteriya  hisobida  lizing  aktiv  sifatida  lizing  muddati 

boshlanishidagi  lizing  obyektining  joriy  qiymati  yoki  minimal  lizing  to`lovlarining 

diskontlangan qiymati bo`yicha, agar u past bo`lsa, tan olinishi kerak. 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish