Amaliy audit


-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

8-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH 

BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI 

 

1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki 

nazorat tizimi holatini tekshirish 

Tashkiliy-huquqiy  shakllaridan  qat'iy  nazar  korxonalardagi  mehnat  jarayoni 

ishtirokchilari  (xodimlar  va  ish  beruvchilar)  o`rtasidagi  munosabatlarni  tartibga 

soluvchi  respublika  mehnat  qonunchiligining  asosiy  hujjati  O`zbekiston 

Respublikasining  Mehnat  kodeksi

1

  (O`zR  MK)  hisoblanadi.  Unda  xodimlarning 



asosiy mehnat huquqlari belgilangan. 

«Har bir xodim: 

o`z  mehnati  uchun  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  oylik  ish 



haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish; 

muddatlari  chegarasi  belgilangan  ish  vaqtini  o`rnatish,  bir  qator 



kasblar  va  ishlar  uchun  ish  kunini  qisqartirish,  har  haftalik  dam  olish  kunlari, 

bayram  kunlari,  shuningdek  haq  to`lanadigan  yillik  ta'tillar  berish  orqali 

ta'minlanadigan dam olish; 

xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat 



qilish; 

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 



ish  bilan  boqliq  holda  sog`ligiga  yoki  mol-mulkiga  yetkazilgan 

zararning o`rnini qoplash; 

kasaba  uyushmalariga  hamda  xodimlar  va  mehnat  jamoalarining 



manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 

qariganda,  mehnat  qobiliyatini  yo`qotganda,  boquvchisidan  mahrum 



bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish; 

o`zining  mehnat  huquqlarini  himoya  qilish,  shu  jumladan  sud  orqali 



himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 

jamoalarga  doir  mehnat  nizolarida  o`z  manfaatlarini  quvvatlash 



huquqiga egadir»

2

.  



Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish 

beruvchi  bilan  xodim  o`rtasidagi  ijtimoiy-mehnat  munosabatlarini  tartibga  solish 

unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga 

oshirilganligi,  ular  korxona  rahbariyati  tomonidan  mehnat  jamoasi  vakillari 

ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim. 

Mehnat shartnomalari

3





ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa 

shartnomasi); 

ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq 



moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin. 

quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin: 



                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O’zR. 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan va 1996-



yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 

2

 Shu erda , 16-modda. 



3

 Xasanov N., Xaydarov Ch. va boshq. Korxonalarda ish haqi.  - T.: 2004, 4-b. 




275 

 



korxonalar,  shu  jumladan,  ularning  alohida  tarkibiy  bo`linmalari  o`z 

rahbarlari timsolida; 

mulkdorlarning  o`zi  ayni  bir  vaqtda  rahbar  bo`lgan  xususiy 



korxonalar; 

o`n  sakkiz  yoshga  to`lgan  ayrim  shaxslar  qonun  hujjatlarida  nazarda 



tutilgan hollarda. 

Ish beruvchi: 



korxonani  boshqarish  va  o`z  vakolatlari  doirasida  mustaqil  qarorlar 

qabul qilish; 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  yakka  tartibdagi  mehnat  tuzish  va  bekor 



qilish;  

mehnat  shartnomasida  shart  qilib  ko`rsatilgan  ishni  lozim  darajada 



bajarishni xodimdan talab qilish; 

o`z  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  boshqa  ish  beruvchilar  bilan 



jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.  

«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat 

to`g`risidagi  qonunlar  va  boshqa  me'yoriy  hujjatlarda  nazarda  tutilganiga 

qaraganda  yomonlashtiradigan  shartlari  haqiqiy  emasligi  kafolatlangan»

1

.  Ularni 



qo`llash  mehnat  qonunchiligini  buzish  hisoblanadi.  Masalan,  «agar  ish  beruvchi 

xodimga  ish  vaqtidan  tashqari  ishlagani  uchun  qonunchilikda  belgilangan  ustama 

haqni»

2

  to`lamagan  taqdirda  xodim  o`z  qilgan  mehnati  uchun  ish  beruvchidan 



O`zR  MK  da  belgilab  qo`ygan  tartibda  va  hajmda  hisoblashishni  talab  qilishga 

haqli.  Ish  beruvchi  haq  to`lashdan  bosh  tortsa  xodim  kasaba  uyushmasi  vakillik 

organi  (yoki  korxona  xodimlar  tomonidan  saylanadigan  boshqa  biror  organ)  yoki 

sudga murojaat qilish huquqiga ega. 

Jamoa  shartnomasi  -  korxonada  ish  beruvchi  bilan  xodimlar  o`rtasidagi 

mehnatga  oid,  ijtimoiy-iqtisodiy  kasbga  oid  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 

asosiy  me'yoriy  hujjatdir.  Uning  shartlari  mehnat  jamoasi  a'zolari  uchun  ham, 

xodimlar  uchun  ham  majburiy  hisoblanadi.  Jamoa  shartnomasining  predmeti 

mehnat  va  unga  haq  to`lash  shartlari,  mehnat  jamoasi  a'zolariga  ijtimoiy  uy-joy-

maishiy  va  tibbiy  xizmat  ko`rsatish,  ish  beruvchi  tomonidan  beriluvchi  kafolatlar 

va imtiyozlar hisoblanadi. 

Jamoa  shartnomasi  xodimlar  tomonidan  kasaba  uyushmalari  yoki  o`zlari 

vakolat  bergan  boshqa  vakillik  organ  -  orqali,  ikkinchi  tarafdan  -  bevosita  ish 

beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.  

Tekshiruv  o`tkazishni  boshlashdan  avval  auditor  korxonada  mehnatga  haq 

to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga 

haq  to`lash  va  mukofotlash  to`g`risida  ichki  nizomlar,  jamoa  shartnomasi 

mavjudligi,  mehnatga  haq  to`lash  hisobi  qanday  tashkil  etilganligi,  ushbu  hisob 

bo`limi  komputerlashganligi  va  boshqalarni  aniqlashi  lozim.  Test  savolnomasini 

o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan. 

 

                                                 



1

  O’zR Mehnat kodeksi. 5-modda. 

2

  Shu erda, 157-modda. 




276 

 

8.1-jadval 




Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish