Amaliy 7-Mavzu: Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy va dasturiy ta’minoti Reja



Download 36,31 Kb.
bet1/10
Sana05.04.2023
Hajmi36,31 Kb.
#925297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy 7-Mavzu Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy v


Amaliy 7-Mavzu: Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining
uskunaviy va dasturiy ta’minoti
Reja:
1. Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalari
2. Foydalanishni boshqarish orqali xavfsizlik
3. Tarmoqni himoyalash va brandmauerlar
4. Kriptografiya orqali xavfsizlik
5. Ochiq kalitli shifrlash
Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalari
Xozirgi kunda axborot-kommunikatsiya tizimlariga bo‘ladigan taxdidlar,
ruxsatsiz tizimga kirish holatlari turli xil yo‘llar bilan amalga oshirilishiga javoban
xavfsizlikni ta’minlash turli xil usullar va vositalar yordamida amalga
oshirilmoqda.
Axborot xavfsizligi ta’minlashning birinchi va eng asosiy vositasi bu –
foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyadan o‘tkazishdir.
Identifikatsiya – foydalanuvchining ro‘yxat yozuvi (login) ni kiritishi.
Foydalanuvchining tizimdagi logini orqali u haqidagi barcha kerakli axborotlarga:
uning shaxsi; tizimdagi ruxsat darajasi; tizimdagi faoliyati tarixi va boshqalar ega
bo‘lish mumkin.
Autentifikatsiya – bu foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashi. Odatda bu
jarayon maxfiy so‘z (parol) orqali amalga oshiriladi. YA’ni foydalanuvchi dastlab
tizimga o‘zining kalit so‘zini kiritadi va so‘ng shu kalit so‘z rostdan ham unga
tegishli ekanligini maxfiy so‘z orqali tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentitifikatsiya vositalari birlashishi ham mumkin. Bu
erda barchamiz uchun ma’lum bo‘lgan xizmat guvohnomasini keltirish mumkin.
Unda shaxsning identifikatsiyasi uchun ismi, familiyasi, mansabi (va boshqa
ma’lumotlar), autentifikatsiya uchun esa uning surati keltirilganligini aytishimiz
mumkin. SHuni alohida ta’kidlash kerakki autentifikatsiya va identifikatsiya
vositalarining o‘zi haqiqiylikni tasdiqlovchi belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Misol
uchun guvohnomadagi muhr, imzo yoki uning himoyasini saqlovchi boshqa
qalbakilashtirishdan himoyalovchi vositalar.
Agar foydalanuvchi bu jarayonlardan muvafaqqiyatli o‘tsa, u axborot
tizimiga kirishiga va unga berilgan vakolat darajasida istalgancha foydalanish
huquqiga ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda axborot–hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni
autentifikatsiya va identifikatsiyalashning usullarini quyidagi asosiy guruhlarga
bo‘lish mumkin:
− foydalanuvchidan qandaydir maxsus axborotni so‘rash (masalan, login
yoki parol);
− foydalanuvchidan qandaydir maxsus tavsiyaga yoki xususiyatga ega
bo‘lgan ashyoni so‘rash (masalan, smart-karta, USB-token va boshqalar);
− autentifikatsiya qilinayotgan axborot foydalanuvchi tanasining muhim
qismi (masalan, barmoq izlari yoki boshqa biometrik ma’lumotlar) [73].
Demak, identifikatsiya va autentifikatsiya yordamida tizimga kirish huquqini
olish mumkin. Endi foydalanish chegarasini belgilovchi mantiqiy boshqaruv
vositasi ishga tushadi. Ularning vazifasi ham foydalanishga ruxsat beruvchi fizik
vositalar kabidir. Foydalanishga ruxsat berishning mantiqiy boshqaruv vositalari
ham foydalanuvchilarni tizimda saqlanayotgan u yoki bu axborot bo‘limiga
murojaatini nazorat qiladi. Foydalanishga ruxsat berishni mantiqiy boshqaruvi – bu
axborotni butunligi va mahfiyligini ta’minlab beradigan ko‘p foydalanuvchili
tizimning asosiy mexanizmidir.

Download 36,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish