Xabarlar fazosi RT — barcha mumkin bo‘lgan xabarlarning pt fazosi.
Shuningdek xabarlarni belgilash uchun m (message) dan ham foydalaniladi.
Kalitlar fazosi K. Xar bir kK kalit RT fazodagi biror Ek (encryption) va unga
teskari Dk (decryption) almashtirishni belgilaydi. .Shifrlangan xabarlar fazosi
ST – barcha shifrlangan ct (ciphertext) ct = Ek(pt) matnlarni o‘z ichiga oladi.
Odatda kriptosistemaga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) Ek{pt), Dk{ct) —lar
oson hisoblanadigan bo‘lishi lozim; 2) k ni bilmay turib, ct ma’lum bo‘lgan
taqdirda ham pt ni topishning iloji bo‘lmasin.
Klassik kriptosistemalarda k mahfiy kalit Ek va Dk akslantirishni belgilab
beradi. Bunda quyidagi ayniyatning o‘rinli bo‘lishi talab qitlinadi:
Dk(Ek(pt)) = Dk(ct)=pt. Kriptoanaliz bo‘yicha mutaxassisning asosiy vazifasi ana
shu kalitni qidirishdan iborat. U quyidagi ko‘rinishlarda shifrlangan matnga hujum
qilishi mumkin:
1) faqat shifrlangan matn ma’lum (ciphertext only attack);
2) shifrlangan va shifrlanmagan matnlar ma’lum (known plaintext attack);
3) (pt,Ek(pt)) juftlikni aniqlash imkoniyati mavjud va bu erda pt –
kriptoanalitik tomonidan tanlanadi (chosen plaintext attack).
Axborotlarni kriptografik himoya qilishda, ya’ni axborotlarni ochiq va yop iq
usullarda kriptografik shifrlashning turli algoritmlari mavjud bo‘lib, ularning
asosini matematika fanining turli sohalarida ishlab chiqilgan mexanizmlar tashkil
qiladi.
Quyidagi jadvalda ana shunday algoritmlarning ayrimlarini va ularning
matematik asosi keltirilgan.
Shifrlash
algoritmi
Algoritmning matematik asosi
GOST-28147-89 Sanoq sistemalari, bo‘lish munosabatlari, darajaga
ko‘tarish, ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish,
mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin
almashtirishlar, sonlar nazariyasi
Ryukzak Vektorlar algebrasi, qoldiqli bo’lish amali, gruppa, halqa,
maydon, ikkilik sanoq sistemasi, mulohazalar algebrasi,
munosabatlar, o‘rin almashtirishlar, sonlar nazariyasi
El-Gamal Tub sonlar, logarifm, qoldiqlar nazariyasi, modul
bo‘yicha ko‘paytirish
DES Sanoq sistemalari, akslantirishlar, o‘rin almashtirishlar,
mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin
almashtirishlar, sonlar nazariyasi
RIJNDAEL Sanoq sistemalari, bo‘lish munosabatlari, darajaga
ko‘tarish, ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish,
mulohazalar algebrasi,
RSA Tenglamalar yechimlarining mavjudligi. Bo‘lish
munosabatlari, tub sonlar, tub ko‘paytuvchilarga ajratish,
xalqa, mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin
almashtirishlar, sonlar nazariyasi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, axborotlarni kriptografik usul bilan himoya
qilish uchun algebraning mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin
almashtirishlar, sonlar nazariyasiga oid va boshqa ma’lumotlaridan keng
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |