14.5-rasm. Polistirolda parmalangan teshik kirish qismi shaklining buzilishi. (v=37,7m /daqiqa;s=50,6 mm /daqiqa;)
14.5-rasm. Polistirolda parmalangan teshik kirish qismi shaklining buzilishi. (v=37,7m /daqiqa;s=50,6 mm /daqiqa;)
Ba’zan termoplastlarni sovitishshsiz parmalashda teshik sirti yopishqoq bo’lib qoladi va erib ketadi. Biroq sovituvchi suyuqlikni ehtiyotkorlik bilan tanlash zarur, negaki parmalashdan keyin ishlov berilgan materialning kuchlanishi oqibatida teshik sirtiko’p joydan yorilib ketishi mumkin. Masalan, kerosinni sovituvchi suyuqlik sifatida qo’llagan holda polistirolni parmalashda ulkan radiusli yoriqlar paydo bo’lishi mumkin.
14.6-rasm. Polistirolda parmalangan teshik qirralari bo’lib, radiusli yoriqlarning qoldiq kuchlanishlar bilan o’sishi.
a) parmalashdan so’ng;b) parmalashdan 30 daqiqa so’ng;
v) 1 soatdan so’ng; g) 4 soatdan so’ng.
Parmalash jarayonida aylanish davri va o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlarning o’zgarishini aks ettiruvchi ostsillogramma ko’rsatilgan.
Parmaning kesuvchi qirralari chetki qismlarini kesishni boshlamaguncha moment tez o’sib boradi, keyinroq teshik devori va tasmachalar orasidagi ishqalanishning o’sishi oqibatida moment o’sishi davom etadi. Parmaning ko’ndalang qirrasi ishlov berilayotgan material bilan birga bog’lanishdan chiqqanligi sababli, ishlov berilayotgan materialning termik kengayishi va shart etilgan egiluvchan tiklanishi bilan teshik devori va parma o’rtasidagi ishqalanish tufayli hattoki kesish jarayoni tugaganda ham, o’zining boshlang’ich qiymatiga erishmay turib moment qisqaradi. Bu qoldiqli moment teshik sirti haroratining o’sishiga ta’sir etadi, hali parmaning ko’ndalang qirrasi ishlov berilayotgan materialning sirtiga yetib bormay turib o’q bo’ylab yo’nalgan kuch tezlik bilan kattalashadi. SHu ondan boshlab, o’q bo’ylab yo’nalgan kuch doimiy bo’lib qoladi yoki teshikning chuqurlashishi hisobiga oz-moz kichrayadi. Ancha chuqurroq teshiklarni parmalashda aylanish davri tezroq o’sadi.
3. Parmalash jarayonidagi asosiy ko’rinishlar
2. Ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarning rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Parmalashning optimal usullari
Plastmassani parmalash jarayonida qirralarni oson yo’qotishni ta’minlash va ishlov berilayotgan material va parma sirti hamda qirindi orasidagi ishqalanish natijasida sodir bo’ladigan issiqlikni bartaraf etish ko’pincha muhim omillar bo’lib hisoblanadi. Bu omillarni parma va parmalash usulini tanlashda hisobga olish zarur. Bitta kesuvchi qirraga uzatishning (Sz) uzatish va parmaning aylanma tezligi (kesish tezligi)ning maqbul qiymatlarini tanlab olish zarur. Agar bitta kesuvchi qirraga uzatish katta bo’lsa, u holda teshik qirrasi atrofida yoriqlar paydo bo’ladi, agar uzatish kichik bo’lsa, kuyib yoki erib ketish hodisalari ro’y berishi mumkin.
Poliamid (neylon)- uning issilik tavsifi, yuqori qayishqoqligi va suv yutuvchanligi diqqati orqali qabul qilingan sharoitlarda oddid spiral parma bilan qoniqarli ishlov berish mumkin. Parma konstuktsiyasi va parmalash me’yorlarini tanlashda boshqa plastmassalarni parmalashdagi tamoyillarga asoslanish kerak bo’ladi.Teshik sirtida erish holati, teshik qirralarida yoriqlar, materialning bo’rtishlari naylonnining 6, 66 va 610 markalarida kam kuzatiladi.
Naylonning parmalashdagi yagona noodatiy holat – bu o’q bo’ylab osil bo’ladigan katta kuchdir.
Maqbul me’yorlar diapazoni nisbatan keng, demak odatdagi parmalash me’yorlari bilan oddi y parmalar yordamida ishlab, har doim yuqori sifati teshik olish mumkin.
14.7-rasm. Poliamidning maqbul kesish me’yorlari.
(ω=27°, 2φ=120°)
a – parma kirgan tomondagi teshigi;
b – teshik sirti;
v – parma chiqqan tomondagi teshigi;
Maxsus konstruktsiyali parmadan foydalanilganda teshik sirtining g’adir-budirligi kamayadi. Masalan, kesish tezligi 14,4 m/daq va o’tish 0,015 mm bo’lganda oddiy parma bilan neylonni parmalashda yuza g’adir-budirligi 3 mkmni tashkil qiladi, agar maxsus konstruktsiyali parmani ishlatilganda g’adir-budirlik 1 mkmdan tushib ketadi. Parmaning ustki burchagini 70 dan 90°, orqa burchagini (keskich qirralari bo’ylab) 9 dan 15° oraliqda tanlash lozim. Parmaning vintli ariqchalari sayqallangan bo’lishi shart, ariqchalarning og’ishi - 17° atrofida, lentaning eni ko’ndalang qirraning enini V4ni tashkil etishi lozim. Parmani o’rnatishda parmaning o’qini dastgoh shpindeli o’qiga aniq moslash zarur, shpindeldan chiqib turuvchi parmaning qismi imkon qadar kaltaroq bo’lishi kerak.
Demak, kichkina qiymatdagi o’tishlar qig’ishga olib keladi, sirt tozaligi talablarini hisobga olib, o’tishlarni katta qiymatlarda belgilash kerak. Qachonki yuqori aniqlikda teshiklar olishtalab qilinsa, neylonning namlik tarkibini bilish zarur, shunday qilib bu holda pardozlovicha jarayonlar bo’lishi mumkin.
CHuqur teshiklarni parmalashda teshikdan parmani tez-tez chiqarib turish lozim, chunki bu bilan parmani qirindilardan xalos kiladi va ortiqcha issiqlik ta’sirida vujudga keladigan qasmoqlardan parmani himoya qiladi.
Polikaarbonat spiral parma bilan oson parmalashga moyil bo’ladi. Teshik sifati yaxshi. Ammo ushbu plastmassaning yuqori eruvchanlik nuqtaga ega bo’lganligiga qaramasdan teshikning sirtida erish kuzatiladi. Issiqlik natijasida hosil bo’lgan teshikdagi erish ichki kuchlanish harakati natijasida parmalashdan keyin yorilib ketishi mumkin. Natijada parmalashda teshik devorlarining erishidan qochishga intilish kerak.
Teshik sifati parmalash me’yorlariga bog’liq. Detalni tetraxlormetan (SSl4) ga yuklab aniqlash mumkin. Teshik devorlarining erigan sirtlarida yuklangan 15 sekunddan so’ng teshik ko’ndalang o’qi bo’ylab joylashgan ingichka darzlar hosil bo’ladi, yaxshi sifatli teshik devorlarida darzlar paydo bo’lmaydi.
Polikorbonatni parmalash jarayonida olingan qirindi har doim uzluksiz va tekis yuzali bo’ladi, bundan tashqari u katta qayishqoqligi bilan ajralib turadi. Parmalangan teshik sifatiga parma ustki burchagi, parmaning aylanish tezligi va o’tishi ta’sir ko’rsatadi. Ustki burchak kamayganda erishga moyillik namoyon bo’ladi. Bu ustki burchak kamayishi bilan o’tish bir kesuvchi qirraga ozayishi orqali tushuntiriladi. Teshik sirtlari tetraxlormetanda parmalangan materialni yuklanishdan so’ng tavsirlangan. Parmalangan teshik sifati parmaning aylanish tezligi ortishi,parmaning ustki burchagi va o’tishning kamayishi bilan yomonlashadi.
Polikarbonatni parmalash chog’ida teshik sirtlarida erishdan qochishga imkon beruvchi bir nechta usullar mavjud.
14.8-rasm. Polikarbonatda parmalangan teshik sirtlari sifatini parmaning aylanish tezligiga (a) o’tish 0,1mm/ayl (ω=27°, 2φ=120°) bo’lganda va o’tishga (b) bog’liqligi
14.8-rasm. Polikarbonatda parmalangan teshik sirtlari sifatini parmaning aylanish tezligiga (a) o’tish 0,1mm/ayl (ω=27°, 2φ=120°) bo’lganda va o’tishga (b) bog’liqligi
Ulardan biri – kesuvchi qirralari balandligi turli bo’lgan parmalarni qo’llashdir. Lekin bunday parma bilan olingan teshikning diametri odatda parma diametridan katta bo’ladi. SHu sababli, kerakli o’lchamlagi teshikni olish uchun parma diametri va ikkala kesuvchi qirralar balandligi farqini tanlashda alohid e’tibor bilan qarash lozim. Agar mos sovutish suyuqligini to’g’ri qo’llanilsa, erish paydo bo’lishidan qochish mumkin. Teshik sirti o’rishi uning barcha uzunligida sovutmasdan parmalash jarayonida yuzaga keldi. Siqilgan havo va kerosin bilan sovutilganda erish kamaydi, surepitsa moyi ishlatilganda esa deyarli yo’qoldi. Teshik yuza g’adir-budirligi sovutish suyuqligi turiga qarab o’zgaradi.
14.9-rasm. Parmaning ikki kesuvchi qirralari balandligi farqini parmaning aylanish tezligi 2000 ayl/daq va o’tish 0,1 mm/ayl (ω=27°, 2φ=120°) bo’lganda polikarbonatda ochilgan teshiklarning tashqi ko’rinishiga ta’siri
14.9-rasm. Parmaning ikki kesuvchi qirralari balandligi farqini parmaning aylanish tezligi 2000 ayl/daq va o’tish 0,1 mm/ayl (ω=27°, 2φ=120°) bo’lganda polikarbonatda ochilgan teshiklarning tashqi ko’rinishiga ta’siri
14.10-rasm. ω=27°, 2φ=120° parma uchun polikarbonatni mavbul parmalash me’yorlari
A (∙) – o’tish izli teshik; (o) – maqbul parmalash sohasi; V () –engil erigan yuzali; G (x) – erigan yuzalari.
Polikarbonatni parmalashning maqbul me’yorlari 14.10-rasmda berilgan. Garchi polikarbonatni parmalash chog’ida teshik qirralari atrofida yoriqlar paydo bo’lmasada, parmaning kichik aylanish tezliklarida va maksimal katta o’tishlar bilan ishlash mumkin.
Atsetalni parmalashda oddiy parmani sovutmasdan qo’llash orqali yaxshi sifatli teshik olish mumkin. Atsetalь va poliamidning parmalash jarayoni o’xshash.
Qirindi doimo uzluksiz va uzun, parmaning yuqori aylanish tezliklari va kichik o’tishlari holatida ham erishlarsiz. Teshik chetlari atrofidagi parmaning ham kirish, ham chiqish tomonidagi yoriqlar, va teshik ichki sirtida erish doimiy o’tishlarda parmalanganda kuzatilmaydi. Lekin doimiy o’tish kuchlanishli parmalash tizimi qabul qilingan bo’lsa, u holda uning katta qiymatlarida yoki kichik parma aylanish tezligida parmaning chiqish tomonida teshik cheti atrofida, garchi ularningsoni juda oz bo’lsa-da, yoriqlar paydo bo’ladi.
Parmaning aylanish tezligi yoki o’tishga kesish kuchining bog’liqligi polikarbonatni parmalashda kuzatilmaydi. Parmaning aylanish tezligi va o’tish kuchlanishi vaqtining ortishi bilan boshqa plastmassalarni parmalashdagi dagi kabi kamayadi, lekin samaradorlik uncha yuqori bo’lmaydi. Parmalangan teshiklar o’lchamlari aniqligi 14.11-rasmda ko’rsatilgan. Nisbatan katta o’tishda teshikning ko’pgina qismlardagi diametri parmaning diametridan kichikbo’lib qoladi.
Yuqori burchakni 60 dan 90° gacha, orqa burchakni 10 dan 15°gacha qabul qilish tavsiya etiladi. Vintli qirindi qaytarish ariqchalari keng, katta qadamli va yuzalari yaxshi sayqallangan bo’lishi shart.
Polipropilen Ushbu plastik oddiy spiral parmalar bilan oson parmalashga moyil bo’ladi. Qurilma boshqa termoplastlar, ayniqsa polietilen yoki poliamidni parmalashda ko’llanilgan singari bo’ladi
14.12-rasm.O’tishning ikki qiymatida va 2000 ayl/daq aylanish tezligida polipropilenda ochilgan teshiklarning parmaning kirish (a) va chiqish (b) tomonidagi tashqi ko’rinishi.
14.12-rasm.O’tishning ikki qiymatida va 2000 ayl/daq aylanish tezligida polipropilenda ochilgan teshiklarning parmaning kirish (a) va chiqish (b) tomonidagi tashqi ko’rinishi.
14.11-rasm. Polipropilenni sovutmasdan parmaning 2000 ayl/daq aylanish tezligida turli o’tishlarda (ω=27°, 2φ=120°) parmalanganda olingan qirindi
Katta taranglik deformatsiya natijasida parmaning kirish va chiqish tomonlarida teshik cheti atrofida materialda bo’rtiqlar hosil bo’lib qoladi. Polipropilenni parmalashda taranglik deformatsiyalardan qochish uchun qisqich moslamalarini qo’llash tavsiya etiladi, parmalangan teshiklar aniqligi qisqich bosimiga bog’liq bo’ladi.
Katta taranglik deformatsiya natijasida parmaning kirish va chiqish tomonlarida teshik cheti atrofida materialda bo’rtiqlar hosil bo’lib qoladi. Polipropilenni parmalashda taranglik deformatsiyalardan qochish uchun qisqich moslamalarini qo’llash tavsiya etiladi, parmalangan teshiklar aniqligi qisqich bosimiga bog’liq bo’ladi.
O’tish qiymatini 0,1 mm/ayl gacha pasaytirilganda qirindi yopishqoq bo’lib qoladi. Parmaning kirish va chiqish tomonlarida teshik cheti atrofida materialda ayrim bo’rtiqlar hosil bo’lishi doimiy o’tishlarda parmalanganda ham kuzatiladi 14.12-rasm). O’tishlar oshirilganda bo’rtiqlar hosil bo’lishi kamayadi, parmaning aylanish tezligi o’zgarganda esa o’zgarmaydi. Materialda bo’rtiqlar hosil bo’lishini o’tishning doimiy kuslanish orqali parmalash bilan minimal qiymatga keltirish mumkin.
Boshqa plastmassalargi ishlov berishda kuzatilgandagiga qaraganda kesish kuchi kam. 10 mm chuqurlikdagi teshikni parmalash vaqti parmaning kichik aylanish tezliklarida va kichik o’tish kuchlanishlarida polietilenni parmalangandagi singari o’sadi.