Qishloq xo’jaligida ta’mirlash sohasini rivojlanish bosqichlari.
Mamlakatimizda qishloq xo’jalik texnikalarini remont qilish sanoati, asosan, o’tgan asrning birinchi choragidan boshlab shakllangan va u bevosita sobiq Ittifoq remont sanoati bilan bog’lik ravishda rivojlanib keldi. Qishloq xo’jaligidagi eng birinchi remont ustaxonalari oddiy tokarlik stanoklari yoki xorijdan olib kelingan «Krauze» rusumli kombinatsiyalangan stanoklar, shuningdek, oddiy temirchilik asbob-uskunalari bilan jihozlangan edi. Ixtisoslashgan remont korxonalaridagi maxsus ta‘mirlash-xizmat ko’rsatish uskunalari ham turli chet el firmalari tomonidan yetkazib berilgan. Faqatgina gayka kalitlari va otvyortkalarni ustaxonalarda ishchilarning o’zlari tayyorlaganlar.
Ikkinchi jahon urushi oldidan (1939-40 yillar) qishloq xo’jaligida mashinalardan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish va remont qilish usullari va texnologiyasi bir oz takomillashdi, ishlatiladigan uskunalar va apparatlar murakkablashib, jamoa va davlat xo’jaliklari, MTS lar, ta‘mirlash korxonalarida mexanizator va remontchi ishchilar ta‘mirlash soxasidagi ishlarida juda katta tajriba ortira boshladilar. Ushbu tajribalarni umumlashtirish va boshqalarga o’rgatish zarurati kelib chiqqan edi. Bu muammolarni hal etish uchun ilmiy tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirish, uni o’tkazish usullarini takomillashtirish talab etilardi. Ana shu maqsadlar uchun mamlakatning texnika jami o’quv yurtlarida bir necha yangi kafedralar (mashinalar remonti, mashina-traktor parkidan foydalanish) tashkil qilindi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda mamlakat qishloq xo’jaligini tez suratlarda mexanizatsiyalashuvi, ishlab chiqarishning barcha tabaqalarida texnikani keng joriy yetilishi, remont-xizmat ko’rsatish ishlarining ham takomillashtirishni va bu ishlarning hajmini ortishini, mashinalarni remont qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishini qat‘iy talab etadi.
1947 yildan e‘tiboran qishloq xo’jaligida kuchli moddiy-texnika bazasi (mashinalarga texnik xizmat ko’rsatuvchi va ularni remont qilish ustaxonalar, zavodlar va boshqa vositalar) yaratilishga kirishildi. Ta‘kidlash lozimki, shu vaqtlarda qishloq xo’jaligi texnikalariga oid remont-xizmat ko’rsatish ishlari texnik xujjatlarsiz bajarilar edi. Shu sababli, bu ishlarni samarali bo’lishi mumkin emas edi, chunki muayyan (bir) ta‘mirlash-texnologik jarayonning o’zi turli ustaxonalarda, turlicha va ko’pincha noto’g’ri bajarilgan, remont sifati nisbatan past bo’lgan.
Remont qilishning o’sha vaqtda yagona, eng ilg’or texnologiyasiga o’tishini ta‘minlash uchun texnik xujjatlar zarur bo’lib qoldi. Ana shunday xujjatlar RosNITI (sobiq GOSNITI) tomonidan ishlab chiqildi. 1949-1953 yillarda katta nusxada nashr etgan qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilishning namunali texnologiyasining umumiy 2200 bosma varaqdan iborat 35 ta albom va kitoblarni o’z ichiga olgan. Bu texnologiya bir-birini to’ldiruvchi materiallarning nashr etgan g’oyat katta to’plamidan iborat bo’lgan.
Ushbu texnologiyaga asosan, o’sha vaqtning o’zida mashinalarni remonti uchun mehnat sarfi, ta‘mirlashda talab etiladigan materiallarni sarflash normativlari, shuningdek, mashinalarni qishloq xo’jaligida foydalanishda sarflanadigan ehtiyot qismlar normativlari ham ishlab chiqilgan edi. Shunday tartibda ishlab chiqilgan texnik xujjatlar va ko’rsatilgan normativlarning afzalligi, mashinalarni u yoki bu ustaxonalarda umumiy texnologiya hamda normativlarga muvofiq ta‘mirlash samarali bo’lishini ta‘minlangan.
Odatda, yagona (umumiy) texnologiya va belgilangan noromativlar shaklidagi texnik xujjatlarga amal qilib ish yuritgan ustaxonalarda remont ishlari bilan band ishchilar soni va mashinalarni remont qilish vaqti qisqargan, mehnat unumdorligi oshgan, ishchining ish xaqi barqarorlashgan, remont sifati yaxshilangan va uning harajatlari kamaygan, ishlab chiqarish madaniyati ortgan.
Umumiy texnologiya samaradorligining eng asosiy afzalligi shundaki, yuzlab-minglab ishchilarni kasb mahoratini oshirish imkonini bergan, ta‘mirlash ishlarini to’g’ri usullar bilan bajarishga tez o’rgatib borilgan. Ammo, bu davrga kelib, jamoa va davlat xo’jaliklarining moliyaviy ahvoli yaxshilanib, o’zlari ko’plab texnikalar sotib ola boshladilar, natijada MTS (Mashina-traktor stantsiyalari) lar tugatila boshlandi.
1958 yilda MTS lar tugatilgandan so’ng qishloq xo’jalik texnikasi remontiga oid va ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini tashkil etishda va raxbarlik qilishda ayrim noaniqliklar paydo bo’ldi. Ushbu noaniqliklarga barham berish maqsadida, 1961 yilda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Butunittifoq «Soyuzselxoztexnika» birlashmasi tashkil etildi.
Адабиётлар:
1. Yo’ldоshеv Sh.U. Mashinalar resursidan foydalanish asoslari va muammolari (muammoli ma’ruzalar to’plami). - Tоshkеnt, 2009 y. - 34 b.
2. В.М.Саньков. Эксплуатация и ремонт мелиоративных и строительных машин. М.: Агропромиздат, 1986.-399 б.
3. В.М.Саньков ва бошқалар. Практикум по эксплуатации и ремонту мелиоративных и строительных машин. М.:Колос, 1981 – 208 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |