Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif maxsus
axborot portali tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o‘z
takliflarini berishga haqli.
Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so‘rovida ishtirok etish
to‘g‘risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining
ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi.
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat
buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‘yicha
taklif
kiritishga haqli.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash maxsus
axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan
ijrochi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan davlat buyurtmachisi yoki
ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining
nomi g‘olib aniqlangan paytda maxsus axborot portalida aks ettiriladi.
Maxsus axborot portali shartnomani davlat
buyurtmachisi tomonidan
tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda
ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi.
Agar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishtirokchilarning hech
biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, maxsus axborot portali davlat
buyurtmachisi va ijrochi o‘rtasidagi bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Agar xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra elektron do‘konda tovar (ish,
xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi
mustaqil ravishda tanlangan etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni amalga oshirishga haqli. Bunda Qonunning 43-moddasida
belgilangan davlat xaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan
kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
xarid uchun javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasida bo‘ladi.
100
Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar xaridlarni elektron do‘konda
tartib-taomili orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga
ishtirokchi oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi.
Agar narx so‘rovi mobaynida ishtirokchi tomonidan
taklif qilingan narx
buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo‘lsa,
ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va o‘zi tomonidan
taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining
har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim
tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash portal
tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan buyurtmachi
yoki ishtirokchilar
yakuniy natijalar e’lon qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va
uning taklif qilgan narxi g‘olib aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: