Yerosti suvlarini olish va zilzilalar
3-savol
YEROSTI SUVLARINI OLISH VA ZILZILALAR
2011-yil Lorkadagi zilzila
Ispaniya, Lorka zilzilalar nisbatan tez-tez sodir bo‘lib
turadigan hududda joylashgan. 2011-yil mayida Lorkada
zilzila sodir bo‘ldi. Geologlarning fikricha, ushbu hududdagi
avvalgi zilzilalardan farqli o‘laroq, mazkur zilzilaga inson
faoliyati, xususan, yerosti suvlarining nasos yordamida
tortib olinganligi sabab bo‘lishi mumkin. Geologlarning
faraziga ko‘ra, yer ostidan suvning olinishi yoriq yaqinida
kuchlanishning ortishiga olib kelgan, bunda siljish yuz berib,
oqibatda zilzila sodir bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |