1-masala
Malumki, sho‘rolar hukumati davrida hukmron tuzum o‘zining jahonda eng
insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan
maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara
shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular,
son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi.
Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan,
ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o‘sha yolg‘on g‘oyalarga qurbon
qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham
shunda ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat o‘zgardi, xalq
ta’limi tizimini isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O‘zbekistonda maorif va
madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida
e'tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda 1991–1996-yillarda elon qilingan 30 dan
ziyod Prezident farmon-lari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim
sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi:
• Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari
hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet
el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanati, kompyuter savodxonligi
asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi;
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi.
1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi;
• “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda
nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi
hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi;
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish-
ning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta
tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan
qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta
litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent
ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996–1997-o‘quv yilida 258 ta o‘rta
kasb-hunar ta’lim o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va
muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan
shug‘ullandi;
• Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-
fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi
oliy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki jshlar vazirligi
akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy
konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-
iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika
instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik
universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy
ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta
institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-
o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi;
• Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi;
• Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning
oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi;
• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati
va istedodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli Yoshlarni
chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirov-
kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi;
• Istedodli Yoshlarni moddiy va manaviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog‘lom
avlod uchun”, “Istedod”, “Ulug‘bek” va “Umid” jamg‘armalari tashkil etildi;
• O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari
Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi
(Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyoq Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va
boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2006-yil yozida
Toshkentda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining filiali tashkil
etildi.
Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy
kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan
demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv
jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim
muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi.
Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-o‘qituvchilar
kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab
o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab
chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX-sessiyasida
“Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida maruza
qildi. Maruzada oldimizga qo‘ygan buyoq maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish
taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi
asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
– eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan,
sarqitlardan qutulish;
– milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini
mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish;
– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish;
– bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
– bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash;
– o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
– respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan
aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash; Yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni
taraq-qiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini
oshirishini tashkil etish.
2-masala
1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy ” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;
• bilimli bo‘lishni va istedodni rag‘batlantirish;
• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi:
• maktabgacha ta’lim;
• umumiy o‘rta ta’lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan davlatlar darajasida, yoqsak manaviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturni yaratishda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch
bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan:
Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar
yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi;
Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda
unga aniqliklar kiritiladi;
Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish
va
umumlashtirish
asosida,
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
istiqbollariga
muvofiq
kadrlar
tayyorlash
tizimi
takomillashtiriladi
va
rivojlanliriladi.
O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda.
Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini
tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi
sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-
laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi
yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab
binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat
ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim
jarayoniga joriy etildi. 2002/2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan
taminlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan
yangilandi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul taminlanadi.
2004-yil 19-fevraldagi Prezident farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy
ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004–2009-yillarda buziladigan umumta’lim
maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya
qilish, kapital va joriy tamirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda
umumta’lim
maktablarining
moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash
va
rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter
texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar
bilan taminlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish,
ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001 o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 45
mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-
tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar tayyorlash milliy ning eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi
turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa
sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik
litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd.
so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar
bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va
ta’lim jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000/2001 o‘quv yilida
kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan litsey va kollejlarning 700 o‘qituvchisi chet ellardagi nufuzli
universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta
tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001/2002
o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5
mingdan ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-
o‘qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan
nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni
o‘zida mujassamlashtirgan davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari,
o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002-yilda 35620
talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan
biridir. 1997-yilda tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997–
2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga
o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident
farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar,
idoralar, tashkilotlar va korxonalarda ishlamoqdalar. 2002-yil iyulda Toshkentda
Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul
qilindi.
O‘zbekiston
ta’lim
muassasalarining
Yevropadagi
ta’lim
jamg‘armasi,
Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro
tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS-
TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya,
Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda.
Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb
etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Moskvadagi
Oliy
ta’lim
Xalqaro
Fanlar
akademiyasi
Prezidenti
V.ShukshinovPrezidentimiz Islom Karimovga “KadrIar tayyorlash milliy ”ning
tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy azosi
diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni
mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb tarifladi. Ko‘pgina mamlakatlar
tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek
modeli” deb etirof etildi.
Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta etibor berilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda
Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini taminlashga yo‘naltirilgan
qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar
akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi
va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident
farmoni bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi.
O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib
kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix,
falsafa,
tilshunoslik,
adabiyotshunoslik
kabi
fanlar
va
haykaltaroshlik,
to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir
O‘zbekiston olimlari uzoq o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol
o‘rganib, o‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani
rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
IX-X asrlarda O‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga
o‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik
ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yoqsak madaniyatga ega shahar bo‘lgan.
Xorazmshoh Abul Abbos ibn Mamun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor
bo‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot
xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy,
tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy,
tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat
qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer
meridiani uzunligi darajasini o‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al-
Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar,
“Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda
qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “QuYosh soatlari haqida
risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-
Xorazmiy birinchi bo‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bo‘lib
sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va
manfiy
sonlarga
o‘tish
imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun
matematikaning yangi bo‘limi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-
Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi
qo‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida
qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan
biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda
o‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya,
falsafa, matematika, tibbiyot bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin bu holat
Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib
qoldi.
Shunday qilib Sharqda, xususan, O‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya
shaklida tashkil qilish ananaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga o‘xshash
muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya
Mirzo Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan.
Akademiya qoshida observatoriya, o‘sha davrning boy kutubxonasi va oliy o‘quv
yurti – madrasa bo‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika,
geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar
o‘qitilgan.
Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda
Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, o‘tkaziladigan
tadqiqot sohalari ham ularning yo‘nalishlariga mos bo‘lgan. Samarqanddagi
Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining
yoqsalishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya,
mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez suratlarda rivojlana boshladi.
Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyoq
mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy,
Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud
Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy,
Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari
darajasi bazi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin
o‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix,
xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bo‘yicha
asarlar yozdi, Yerda yangi qita borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi
va jahon tan olgan ko‘plab masalalarni yechdi. Ko‘plab tadqiqotchilar
Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning
tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi shu paytda bu yerda O‘rta Osiyoning buyoq olimi – Abu Ali ibn Sino
ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi,
astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi
bilan mashhur bo‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” -
Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yo‘nalishni bildiruvchi “Meditsina”
sifatida o‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn
Sinoning botanikadagi xizmatlarini yoqsak baholab doim yashil nodir
o‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan,
shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator
ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji
hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu
asar o‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori ko‘tardi, ibn Sino vafotidan
yuz yil o‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib
ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qo‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu
asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida
16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur o‘quv yurtlarida 500
yil tibbiyot mana shu asar asosida o‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi
kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn
Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi
shakllanishiga uning qo‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas.
Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (o‘z davrining Platoni) deb
atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid
Koshiy) birinchi bo‘lib matematikaga pozitsion asosda o‘nli kasrlarni kiritdi va
buni nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha
hisoblab chiqdi. U o‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan.
Al-Koshiy Qozizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini
boshqargan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) o‘zidan ulkan ilmiy va madaniy
meros qoldirdi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Yangi Ko‘ragon astronomik jadvallari”)
– “Ulug‘bek ziji” buyoq olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda
observatoriya va madrasa qurdi, o‘z akademiyasini tashkil qildi. O‘z shogirdlari
bilan mingdan ortiq yulduzni o‘rganib, ro‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni
tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bo‘yicha emas, balki
matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan.
Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono
Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) o‘zidan matematika va
astronomiyaga bag‘ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil
fasllarining o‘zgarishini Yerning QuYoshga yaqinlashishi natijasida QuYosh
nurlarining Yer sathiga tasiri bilan bog‘liq deb hisoblagan, QuYoshning tutilishi
jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII
O‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli tasir qilgan.
Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa
qo‘shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada ko‘tarishdi.
1428-1429-yillarda Ulug‘bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bo‘lgan,
o‘lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30 yillik
kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz
bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani
yoqsalishiga katta tasir ko‘rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning ko‘p tillariga
tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug‘bek jahon fani
tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir
qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar
olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida o‘rta asrlarning mashhur olimi
Mirzo Ulug‘bekning portreti haqli ravishda o‘ziga mos joyni egallagan.
O‘zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug‘bekka haykal
o‘rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga,
jumladan O‘zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli
tumanlarga va O‘zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qo‘rg‘oniga uning nomi
berilgan.
XIX asrda O‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik
observatoriyasi (O‘zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan.
Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada
mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30-
yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila
boshladi.
1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi
maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston
xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax
va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya
ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida
qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti
(1923-yildan O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat
universiteti, hozir- O‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik
mintaqadagi tabiiy boyliklarni o‘rganish maqsadida universitet negizida mustaqil
oliy o‘quv yurtlari va fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qator ilmiy muassasalar
ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida
O‘zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial
O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha paytda uning
tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo‘jaligi muammolari (1941-yildan
energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya,
fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bo‘limlari; Toshkent
astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va
iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda O‘zbekistonning ilmiy-tekshirish
institutlarida va oliy o‘quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik
xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq
ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda O‘zbekistondagi SSSR FA filiali O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi
sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish
institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik,
iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-tasischi, 18 ta muxbir azo, 3 ta
faxriy azo akademiya azolari bo‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy
xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40-
yillarning ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan
keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yoqsaltirishga
yo‘naltirilgandi.
1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi
taraqqiyotiga asos bo‘ldi. 60-70-yillarda O‘zbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar
sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika
oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yo‘naltirilgandi.
Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar
yoqsalishining kompleks tadqiqiga alohida etibor qaratildi. 1987-yili Toshkent
viloyatining Parkent tumanida nodir “Katta quYosh pegi” bizerkal optik-gelio-
energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining
“Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan
chiqargan Qarori ancha tasir qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli
“Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” va 2005-
yil
1-noyabrdagi
240-sonli
“Xorazm Mamun Akademiyasi faoliyatini
takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Mamun
Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy
bo‘limi sifatida tiklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan
hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-
kvartirasida (Parij sh.) ko‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Mamun
Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazishdi.
O‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Mamun Akademiyasi faoliyatiga
bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya
Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan
birgalikda o‘tkazishdi.
Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini
boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini
muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga o‘tish davrida
ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion
tadqiqotlarga katta etibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi
mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish,
muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga
tatbiq qilinmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bo‘limlari
faoliyati takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, oqitish
sifati va mazmunini yangi bosqichga kotarish, malakali kadrlar tayyorlashning
zamonaviy mexanizmini yaratish, oquv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga
qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirildi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etdi. Bu YUNESKOning
mamlakatni barqaror rivojlantirishni taminlash uchun ta’limga yonaltirilishi zarur
bolgan investisiyalar miqdori boyicha tegishli tavsiyalaridan, yani 6-7 foizdan
qariyb 2 barobar kop boldi.
Oliy oquv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning yashash
sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy oquv yurtlari
hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar
shaharchasida joylashgan talabalar turar-joylarini tubdan tamirlash boyicha ham
keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20
mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash
va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to’g’risida”gi qarori qabul
qilindi. Mazkur Qaror oliy ta’lim muassasalari faoliyatini jahon andozalari
darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, oquv-uslubiy qollanmalar, ilmiy
laboratoriyalar bilan taminlashda muhim ahamiyatga ega boldi.
Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi boyicha
ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni organish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining muhim
ahamiyatga ega boldi.
2015 yildagi malumotlarga qaraganda O’zbekistonda quyidagi yonalishlardagi
ta’lim turlari mavjud edi:
- maxsus maktabgacha ta’lim;
- uyda yakka tartibdagi ta’lim;
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari;
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda kozi ojiz, zaif koruvchi, kar va zaif koruvchi, aqli zaif,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati azolari harakati buzilgan, nutqida
murakkab nuqsoni bolgan bolalar ta’lim-tarbiya oldi. Mamlakatimizda alohida
yordamga muhtoj bolalar va osmirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va uning
darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yonalishi (aqli zaif, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan, nutqida, korishida va eshitishida nuqsoni bolgan bolalar)
boyicha korreksion ta’lim tashkil etildi.
3-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish boyicha ham bir qancha ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, 2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon yurtimizdagi oliy
oquv yurtlari professor-oqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil
oshirib borish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq muntazam qayta
tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi.
Farmonda, xususan, oliy oquv yurtlari professor-oqituvchilarining pedagogik va
kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari,
nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oqitilayotgan fanlar
boyicha innovasiyalar, shuningdek, oquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy
uslublari sohasidagi songgi yutuqlarni chuqur organishi alohida qayd etildi. Oliy
ta’lim sohasida oliy oquv yurtlarining professoroqituvchilarini muntazam qayta
tayyorlash boyicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta
tayanch oliy oquv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur
kurslarda oliy oquv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin oqituvchisi malaka oshirdi.
Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam
foydalandi. Ularning asosiy qismi oquvchi-Yoshlar edi. 2015 yilgi malumotlarga
qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil oldi. Barcha
maktablar yagona ZiyoNET tarmogiga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng
yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda Yoshlar uchun foydali va ahamiyatli
axborot manbalari, darslik va oquv qollanmalar, turli sohalarga doir adabiyotlar,
media mahsulotlar, multimedia vositalari, ta’limmaqsadida foydalaniladigan bir
qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu sababli Hukumat tomonidan, oqituvchilarning global internet tarmogi,
multimedia tizimlari va masofadan oqitish usullaridan foydalangan holda,
zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
egallashi va ularni oquv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy oquv yurtlari pedagog
kadrlarining chet tilini amaliy ozlashtirish darajasini oshirishi kabi zamonaviy
talablar qoyildi.
Bu paytga kelib Oliy ta’lim yonalishida ham xalqaro hamkorlik aloqalari olib
borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy
oquv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti,
Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat,
G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz
universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari
orasida birinchi bolib oliy ta’limning zamonaviy ikki bosqichli - bakalavriat va
magistratura yonalishiga otildi.Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga
yetkazishda sportning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Otgan davr mobaynida
O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1500
dan ortiq zamonaviy sport inshootlari qurildi. Har yili bolib otadigan, uch
bosqichdan iborat (maktab oquvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey va kollej
oquvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy oquv yurti talabalari uchun
“Universiada”) sport musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab
bolalar, osmirlar, yigit va qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini
berdi. Mazkur tadbirlar oz samarasini berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming
668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada
ishtirok etib, 983 ta medalni qolga kiritdi, Yosh iqtidorli musiqachi va
ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli oringa sazovor boldi va
ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi orinni tashkil qildi.Bu boradagi ishlar keying
yillarda ham dvom ettirildi. Jumladan, 2017-yil 7-fevralda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni elon qilindi. Mazkur
Farmonda ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish
borasida qator vazifalar belgilandi.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini
rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va
laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan
taminlash nazarda tutildi.Shuningdek, 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini
tubdan
takomillashtirish
ni
ishlab
chiqish,
o‘quv
dasturlarini yanada
zamonaviylashtirish,
pullik
xizmatlar
ko‘rsatish
va moliyalashtirishning
qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish
yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi
belgilandi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom manoda ta’lim
tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Umumta’lim
maktablariga mazkur yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga
qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan
barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga
olindi.Bundan tashqari, Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash
boyicha ham tizimli ishlar olib borildi. Bunda Yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz
merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim
ahamiyatga ega ekanligi kozda tutildi. Xususan, ulug‘ ajdodimiz Muhammad
Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etildi. Mazkur
maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni Yoshligidanoq
tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan
mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.Shu bilan birga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika
va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek
nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi
belgilandi.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish
jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini
rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi soha
faoliyati shaffofligini oshirish, aniq malumotlarni to‘plash, aholi bilan muloqot
qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli
joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi
resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag‘larini jalb etish
maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi malumotlar ochiq-
oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Ustoz
ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami
803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti
namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirildi. www.kitob.uz saytiga
badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilishi yolga
qoyildi.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning shani va qadr-
qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat
organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz
aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi
vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni
ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi
tashkil etildi. Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi
tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish
jamg‘armasi tashkil etildi.
Nazorat savollari
1.
Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi?
2.
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?
3.
Kadrlar tayyorlash milliy ning oziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi?
4.
Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |