15.1-rasm. Yerlarni ishlab chiqarish vositasi sifatida baholash bosqichlari
78
yonida yerlarning sifati (boniteti), joylashgan joyi, texnologik xususiyat-lari
birlamchi omillar sifatida baholansa, ikkinchi bosqichda esa
ishlab chiqarish
natijalari va mehnat xarajatlari baholanadi va nihoyat oxirgi bosqichda dastlabki
ikki bosqichning yakuni, ya’ni samaradorlik ko‘rsatkich-lari baholanadi. Shunday
ketma-ketlikdagi uzviylikning qonuniyatlari yaxlit tarzda yerni ishlab chiqarish
vositasi sifatida baholash imkoniyatini beradi, bu esa, pirovard natijada baholangan
yerda qanday ekinlarni etishtirish mumkin hamda undan qanday, qancha mahsulot
olish, shuningdek shunga mos ravishda sarf-xarajatlar qilish mumkinligi aniqlab
olinadi.
Biroq, amalda miqdor jihatidan hisob-kitob qilish murakkab bo‘lgan ushbu
omil va sharoitlar yerning o‘zini alohida baholash va yerdan foyda-lanish
natijalarini alohida baholash imkoniyatini bermaydi. Chunki, bunda yer bilan uzviy
78
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган.
Yerlarni ishlkab chiqarish vositasi
sifatida baholash
Yerlarning sarflangan xarajatlarning
samaradorligi bo'yicha baholash (3 bosqich)
Yerlarni ekinlarning (yerlarning) hosildorligi
bo’yicha baholash
(2 bosqich)
Yerlarni jonli mehnat sarf-xarajatlari
bo’yicha baholash
(2 bosqich)
Tuproq bonitirovkasi
(1 bosqich)
Yerlarning joylashgan
o’rnini baholash
(1 bosqich)
Yerlarning texnologik
holatini baholash
(1 bosqich)
280
va chambarchas bog‘langan boshqa iqtisodiy resurs va omillar birgalikda
baholanadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida yerlarni baholashning ob’ekti
bo‘lib, yerning o‘zi emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligi, ob’ektiv iqtisodiy
holati, yerdan foydalanish darajasi, mehnat sig‘imi va vositasini o‘zida
mujassamlashtirgan jami tabiiy-iqtisodiy sharoitlar majmui hisoblanadi
79
.
Ayni shunday yondashuvni differensial renta talab va qoidalarini tatbiq
qilish orqali amalga oshirish mumkin. Lekin bunda albatta, differensial renta va
differensial daromad tushunchalarini bir-biridan farq-lay bilish lozim. Ma’lumki,
differensial renta o‘rtacha sharoitlarda yer resursi hisobidan shakllanadigan jami
daromadning bir qismi bo‘lsa, differensial daromad esa, yuqori unumdorlik va
(yoki) yerning qulay joyla-shishi evaziga olinadigan jami mahsulotning bir
qismidir. Amaliyotda differensial daromadni korxonani oqilona boshqarishdan
olinadigan daromad bilan bir xil deb tushunish natijasida differensial daromad-ning
o‘ziga xosligiga e’tibor berilmayapti. Bunday holatga yerning “me’yoriy
qiymati”ni baholashda ahamiyat berilmayotganligi differensial renta xususiyatlari
to‘liq hisobga olinmasligiga sabab bo‘lmoqda va bu, ayniqsa qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini rag‘batlantirish va moliya resurs-larini tashkil qilish va
rejalashtirish masalalariga to‘g‘ri yondashish imko-nini bermaydi. Masalan,
bugungi kunda fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan
tabaqalashishini ilmiy va uslubiy tomon-dan asoslash zarurati oshib bormoqda. Bu
esa, ushbu xo‘jaliklarni ko‘p tarmoqli korxonalarga aylantirishga xizmat qiladigan
adolatli soliq solish, investitsiya, ishlab chiqarish samaradorligini rag‘batlantirish,
yerdan foydalanuvchining manfaatdorligi kuchayishi, shuningdek innovatsion
rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir qiladi, albatta.
Ayni shuning uchun ham, bizningcha, yerning “me’yoriy qiymati”ni baho-
lashda avvalo undan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining qanday muammo-larini
echishda foydalanish mumkinligiga e’tibor berish lozim. Masalan, bugungi kunda
qishloq xo‘jaligi yerlarining “me’yoriy qiymati”ni baholash natijalaridan faqat
79
Сагайдак А. Земельная собственность и рента (Рыночная экономика для всех). -М.: «Агропромиздат»,
1991. – 80 с.
281
yagona yer solig‘i tizimini shakllantirishda foydala-nilmoqda. 15.1–sxemada
yerlarning “me’yoriy qiymati”ning ko‘pfunksiya-liligini ta’minlash uslublari
yuzasidan takliflar berilgan.
Mustaqillik yillarida yer solig‘iga tortish tartib-taomillari yerdan, ayniqsa
qimmatli sug‘oriladigan yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni to‘g‘ri
tashkil qilish va boshqarish nuqtai nazardan amalga oshirila boshlandi. 1990 yilda
qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi, 1993 yilda qabul qilingan “Yer solig‘i
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari o‘sha davrning eng murakkab va
ziddiyatli muammolaridan hisoblangan yer va u bilan bog‘liq bo‘lgan soliq
munosabatlarini o‘zgartirishning dastlabki huquqiy me’yorlarini aks etgan bo‘lsa,
1997 yilda O‘zbekiston Respublika-sining Soliq kodeksi, 1998 yilda esa Yer
kodeksi qabul qilinishi mam-lakatimizda yer-soliq munosabatlari tizimining
ta’sirchan va samarali tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari shakllanishi
uchun
mustahkam
282
Do'stlaringiz bilan baham: |