Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


- sxema. Qishloq xo‘jaligi yerlarining “me’yoriy qiymati”ni aniqlash ishlarini bajarish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 
15.2- sxema. Qishloq xo‘jaligi yerlarining “me’yoriy qiymati”ni aniqlash ishlarini bajarish
82
 
82
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган. 
Qishloq xo’jaligi vazirligi
 
Har yili 1-aprelgacha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining
asosiy turlarini yetushtirish natijalari bo;yicha olinadigan 
foyda miqdorlari to’g’risidagi malumotlarni tumanlar 
kesimida 
tuproqning klasslar bo’yicha o;rtacha ball 
bonitetlaridan kelib chiqib taqdim etadi.
Davlat statistika qo’mitasi
Har yili 1-aprelgacha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy 
turlariga o’rtacha yillik narxlar va sotish hajmlari, shuningdek paxta 
xom ashyosi
va boshoqli don ekinlarining o’rtacha xarid 
narxlari to’g’risidagi malumotlarni tumanlar kesimida taqdim 
etadi.
Моliya vazirligi
Davlat 
byudjeti 
parametrlarini 
aniqlashda yagona yer solig'i stavkasini
belgilaydi.
«Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi
 (
«O’zdavyerloyiha»)
1.
Мa’lumotlarni umumlashtiradi.
2. Qishloq xo’jaligi yerlarining “me’yoriy 
qiymati”ni 1-iyunga qadar aniqlaydi.
3.
Manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim 
etadi.
Давлат солиқ қўмитаси
Олинган маълумот асосида ягона ер 
солиғини 
режалаштириш 
ҳамда 
ундирилишини назорат қилади.
Qishloq xo’jalik tovar ishlab 
chiqaruvchilar
Tuman(shahar) soliq idoralari
 Olingan malumotlar asosida yagona 
yer solig’ini hisoblashda hamda 
undirilishida foydalaniladi.


291 
pog‘onaga ko‘tarilishi hamda bu jarayonda uning iqtisodiy, ayniqsa soliq solish 
mexanizmining muhim axborot-tahliliy bazasi bo‘lgan yer resurslari kadastri 
o‘ziga xos spetsifik funksiyalarni bajarishi lozim. Shu nuqtai nazardan, soliq solish 
tamoyillari va qoidalarining to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishida yer kadastri 
ma’lumotlari, ya’ni qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadigan yerning huquqiy, tabiiy, texno-logik, miqdor va sifat holati hamda 
darajasini tavsiflovchi bazaviy ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. 
Aynan shunday ma’lumotlar mamlakatimiz yer resurslaridan foy-dalanish 
tizimini tashkil qilish va boshqarishning ta’sirchan shakl va uslublarini joriy etish, 
bu borada zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy mexa-nizmni ishlab chiqish va har bir 
yerdan foydalanuvchining manfaatlariga mos keladigan mustahkam va ishonchli 
ko‘rsatkichlar tizimini tashkil qilishi lozim. Chunki yer kadastri mamlakat yer 
resurslarini hisoblash hamda baholashning shunday mexanizmiki, u o‘z 
ahamiyatiga ko‘ra iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdagi 
ko‘pgina masala-larni hal qilishda o‘ziga xos ta’sirga ega bo‘lmoqda
83

Shu nuqtai nazardan bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘ja-ligida 
zamonaviy yer kadastrining iqtisodiy mazmuni va vazifalari markazlashgan 
iqtisodiyot davridagiday faqat yer resurslarini hisobga olishdagina tatbiq 
etilmasdan, balki yer kadastrining yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy ahvoli, 
toifalari, yer maydonlarining joylashishi va o‘lchamlari, ularning ijarachilar 
hamda mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har tomonlama 
tahlil qilish natijalarini yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishning 
iqtisodiy mexa-nizmini yanada takomillashtirish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqari-shini rejalashtirish, yer ijarasi haqini belgilash, yer solig‘i solish, xusu-
siylashtirish, yerlarning qiymatini aniqlash kabi boshqa masalalarni ko‘rib chiqish 
amaliyotida qo‘llashga ham xizmat qilishi lozim.
Bulardan tashqari yer resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, 
yerlarning tabiiy-ekologik ahvolining yomonlashib borayotganligi ham yer 
83
Рабинович Б. Экономическая оценка земельных ресурсов и эффективности инвестиций.. – М.: «Филинъ», 
1997. – 224 с. 


292 
kadastridan mazkur jarayonlarni samarali boshqarish qarorlarini qabul qilishda 
muhim dastak sifatida foydalanishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga 
qo‘ymoqda. 
Shunday ekan, mamlakatimizda yer kadastri tizimining ta’sirchanligi va 
barqarorligini oshirmasdan turib har bir yerdan foydalanuvchi – fermer, dehqon 
xo‘jaligi, tadbirkorlik sub’ekti yoki tuman yoxud ayrim tabiiy-iqtisodiy 
hududlarning alohida o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda yer resurslaridan 
foydalanish 
tizimini 
yanada 
erkinlashtirishning 
iqti-sodiy 
mexanizmini 
takomillashtirish masalalarini hal qilish murakkab hisoblanadi. Masalan, qishloq 
xo‘jaligida yerdan foydalanishning to‘lov-lilik mexanizmi barqaror va samarali 
bo‘lishi uchun unga taalluqli hisob-langan yer kadastri ma’lumotlari ishonchli 
bo‘lishi va ob’ektiv iqtisodiy holatni o‘zida aks etishi kerak.
Amaliyotda bunday ishonchlilik va ob’ektivlikka erishish o‘z-o‘zidan 
bo‘lmaydi, albatta. Bu yerda gap yer kadastri ma’lumotlarining yangilik darajasi 
haqida bormoqda, ya’ni yer kadastri ma’lumotlarini qancha vaqtda yangilash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday jarayonni moliyalashtirishning manbalari 
birinchi galda davlat byudjeti hisobidan bo‘lganligi sababli yerlar miqdor 
ko‘rsatkichlarini har yili yangilanishini ta’minlash ama-liyotini davom ettirish, 
boshqa yer kadastri ma’lumotlarini, ya’ni yerlarning sifati, qiymatini esa, kamida 
har besh yilda yangilash lozim. Lekin ko‘pchilik holatlarda bu muddatga rioya 
qilinmayapti. Shuning uchun, biz-ningcha, yer kadastri ishlarini buyurtma asosida 
har xil moliyaviy manbalar hisobidan amalga oshirishni amaliyotga kengroq 
qo‘llash lozim.
Yagona yer kadastri tizimiga doir bu kabi masalalarning o‘z vaqtida va 
to‘g‘ri echilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyotini boshqarish va 
uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati be-qiyosdir. 
Ayniqsa, ishlab chiqarishni rejalashtirish va soliq solish muno-sabatlarining 
samarali mexanizmini yaratishda yer kadastri ma’lumot-lariga tayanish 
mamlakatimizda o‘zini oqladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 


293 
qishloq xo‘jaligi korxonalariga yer solig‘ini solish turli mamlakatlarda har xil 
bo‘lsada, umuman olganda, u yoki bu ko‘rinishda kadastr uslubi qo‘llaniladi. Bu 
uslub yerning unumdorligi va joylashuvi nuqtai nazaridan uning keltiradigan 
foydasini baholashga imkon beradi
84
. Ilmiy va amaliy nuqtai nazardan bunday 
yondashuvning ahamiyati shundaki, yagona yer kadastri har bir elementining yer 
resurslaridan 
foydalanish 
munosabat-larini 
erkinlashtirishning 
iqtisodiy 
mexanizmini yanada takomillash-tirish, xususan soliq solishning rag‘batlantiruvchi 
vazifasini kuchaytirishga ta’siri va bog‘liqligi jihatlarini har tomonlama tadqiq 
etishning dolzarbligini e’tirof qilishdir. 
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda tuproq tabiiy-ekologik holati-ning 
buzilishi, qishloq xo‘jaligi bilan boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi noek-vivalent 
ayirboshlash mavjudligidan kelib chiqadigan yerdan foydalanuvchi-soliq 
to‘lovchining moliyaviy ahvolining og‘irlashishi, yerlarning asossiz ravishda soliq 
solish ob’ektidan, unumdor sug‘oriladigan yerlarning esa qishloq xo‘jaligi 
foydalanishidan chiqarilishi, tuproq unumdorligini saqlash va amalda uni 
oshirishni rag‘batlantiradigan tartib-taomilning yo‘qligi kabi bir qator sabablar 
oqibatida rejalashtirilgan soliq tushum-lari yig‘ilmasdan qolmoqda. 
Masalan, birgina Surxondaryo viloyatida faqat 2005 – 2017 yillarda viloyat 
mahalliy byudjetiga soliq tushumlari o‘rtacha 69,7 foizga bajaril-gan, 
sug‘oriladigan yerlar maydoni 33,8 ming gektarga, ularning o‘rtacha bonitet bali 
esa 5 balga tushib ketishi oqibatida o‘rtacha 3,8 mlrd.so‘m yagona yer solig‘i 
tushumi yo‘qotilgan.
Mazkur holatning muhim sabablaridan yana biri bu – yerning “me’yoriy 
qiymati”ni aniqlashda yer kadastri ma’lumotlarining ob’ektivligi va ishonchliligi, 
ayniqsa ularning muayyan vaqt o‘tishi bilan eskirishi bo‘lsa, qo‘llaniladigan 
oshiruvchi va pasaytiruvchi tuzatish koeffitsientlarining haqiqiy iqtisodiy, texnik 
va boshqa holatlarni to‘g‘ri va to‘liq hisobga olmasligi bo‘lmoqda. Bizningcha, bu 
borada yerlarning tabiiy-texnologik, xo‘jalik va boshqa sifatlarini ob’ektiv 
84
Саидова Г. Ерга рента тўловининг табиати ва роли ҳақида. Ж. Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. Т.: 
2003. №10. 


294 
baholashni har yili tuzatish koeffitsientlari orqali amalga oshirish va yerlarning 
tegishincha “me’yoriy qiymati”ni ham har yili aniqlash imkonini beradigan 
normativ bazani shakllantirish lozim.
Yerlarning bonitet baliga ko‘ra Surxondaryo viloyati Sherobod tuma-nida 
2013 yilda viloyatda so‘ngi marta o‘tkazilgan baholash ishlari nati-jalariga 
qaraganda 71-100 balli sug‘oriladigan yerlar umuman mavjud emas, fermer 
xo‘jaliklari yerlarining asosiy qismi 30 – 50 balga ega. Tuman fermer 
xo‘jaliklarini ularning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘-yicha guruhlash 
natijalari tuproq unumdorligi bilan soliq tushumlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik 
mavjudligini ko‘rsatmoqda. Lekin fermer xo‘ja-liklarining daromadlari har doim 
ham tuproq unumdorligi darajasiga mos holda emas. Masalan, bonitet bali 31 – 60 
oralig‘idagi fermer xo‘jalik-larining yillik daromadlari oshib borib eng yuqorisi 
o‘rtacha 45 mln. so‘mdan oshgan bir paytda 61 – 70 balga ega fermerlarda bu 
ko‘rsatkich atigi o‘rtacha 28 mln. so‘mga yaqin bo‘lgan (15.1-jadval).
Xuddi shunday tahlilni yerlarning “me’yoriy qiymati”ga nisbatan amalga 
oshirganda ham shunga o‘xshagan holat yuz beradi. Chunki yerni tabiiy, iqtisodiy 
resurs sifatida baholash bilan yerdan xo‘jalik faoliyatida foydalanish natijalarini 
baholash bir-biridan farq qiladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish