Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Yer bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatishning asosiy turlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Yer bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatishning asosiy turlari
54
 
Nazorat turlari 
Asosiy maqsad 
Mamlakatlar 
Yer oldi-sotdi va ijarasini 
tartibga solish 
Yerni faqatgina malakali 
(tayyorgarlik darajasi va 
tajribasi, yashash joyi, 
qishloq xo‘jaligi asosiy 
daromad manbai va h.k.) 
fermerlar tomonidan sotib 
olinishini ta’minlash 
Daniya, Germaniya, YAponiya 
Yerlarning o‘ta 
markazlashtirilishiga yo‘l 
qo‘ymaslik 
Daniya, Germaniya, YAngi 
Zelandiya, SHveysariya, 
Ispaniya, Fransiya 
Yerlarning o‘ta maydalashib 
Daniya, Germaniya, Irlandiya, 
54
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган. 


241 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik 
Italiya, YAponiya, Portugaliya, 
Ispaniya, SHveysariya, 
Nidyerlandiya, Norvegiya 
Malakali fermerlarni doimiy 
yashash joylaridan ko‘chib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik 
Norvegiya 
Yer uchastkasining bitimdagi va bozor qiymati o‘rtasidagi tafovut yer 
bozorining shakllanishiga asosiy to‘siq bo‘lib kelmoqda. Ushbu bozorning 
rivojlanmasligi institutsional chegaraning, jumladan, ma’muriy chegarala-nish 
(to‘siq) va mahsulot ishlab chiqaruvchi mavjud yer uchastkasiga bo‘lgan talabning 
yo‘qligi. Ko‘p hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan talabning yo‘qligi qishloq 
xo‘jaligi mahsulotiga bo‘lgan talab va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning 
daromadligiga bog‘liq bo‘lib qolgan. 
Rossiyada ham boshqa davlatlar singari yer bozorining o‘ziga xosligi, 
mintaqaviy bir xilda emasligi ko‘zga tashlanadi. Turli hududlardagi yer bozorida 
tuzilgan bitimlarning soni, talab va taklifning darajasi, ishtirokchilar tarkibi, 
bitimlarni tartibga solish va mavjud yer uchastkasi aylanmasidagi chegaralanishlari 
bilan ajralib turadi.
Ushbu mamlakat yer bozorining xususiyati yer uchastkasining yashirin 
aylanmasi mavjudligi bilan izohlanadi. Ko‘pchilik yer bilan bog‘liq bitimlar 
rasmiy qayd qilinmasdan tuziladi. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jaligi yerlarining 
ijarasiga tegishli barcha yer bilan bog‘liq bitimlar statistikasida qayd etilmaydi. 
O‘zbekistonda yer bozorining tashkil etilish asosi bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishda yer munosabatlari tizimining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab 
qiladi. Lekin bu tizim munosabatlarining asosiy elementi ko‘chmas mulk bozori 
hamda yer bozori hisoblanadi. Ma’lumki yer egalari avval amalda yo‘q edi. Biroq 
ko‘plab tomorqa yer egalari bo‘lib, aslida yer uchastkasiga ko‘p yillardan buyon 
egalik qilsada, lekin egalik huquqi hujjatiga ega emas. 2006 yil 24 iyulda qabul 
qilingan “Yuridik shaxslar va fuqarolar-ning binolari hamda inshootlari bilan band 
bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 3780-sonli O‘zbekiston 


242 
Respublikasi Prezidenti Farmoni shunday imkoniyatni beradi. Ayni shu 
farmonning qabul qilinishi mamlakatimizda yer bozori tashkil etilishi va 
shakllanishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki endi 
yer tovar sifatida ishtirok etishi, ya’ni oldi-sotdi ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Bu 
jarayonning muhim natijasi bu - yer uchastkalarining iqtisodiy aylanmaga jalb 
etilishidir. 
Yerlarni tashkilotlar egalari tomonidan xususiylashtirish ikki yoqlama 
ta’sirga ega: makro va mikroiqtisodiy darajada. Birinchi holatda, bu yerlarni sotib 
olish hisobiga davlat byudjetining daromad qismining ko‘payishi. Shuningdek yer 
bozorini faol harakatida ushbu hududda investorlar uchun progressiv, bashorat 
qilib bo‘ladigan va qulay sharoit yaratiladi, chunki ularni doimo “tegishli yer 
uchastkasiga qo‘yilgan kapital va huquqlarga qanday kafolat bor?” kabi savollar 
qiziqtiradi. 
O‘zbekistonda yer bozorining shakllanish jarayonida o‘zining amaliy 
echimini kutayotgan qator muammolar mavjud bo‘lib, ularning ichida eng 
dolzarblari sifatida quyidagilarni ta’kidlash joiz: 
me’yoriy-huquqiy munosabatlarning bozor tamoyillariga mos asoslari 
yaratilmaganligi; 
yer bozori institutsional asoslarining to‘liq shakllantirilmaganligi; 
yer bozori infratuzilmasi ob’ektlarining to‘liq shakllantirilmaganligi va 
mavjudlari faoliyatining rivojlanmaganligi; 
yer bozori sub’ektlarining bozor munosabatlarida faoliyat yuritishga tayyor 
emasligi va amaliy tajriba etishmasligi; 
aholining bozor talablariga mos moliyaviy-iqtisodiy ta’minlanma-ganligi 
kabilar. 
Shuningdek yer bozori infratuzilmasini shakllantirish va faoliya-tini 
takomillashtirishda asosiy e’tibor yer bozorining vazifalaridan kelib chiqqan holda 
uning iqtisodiy mexanizmlari samarali faoliyat yuri-tishda asosiy bo‘g‘in 
bo‘lmog‘i lozim.


243 
Ushbu holatlar, avvalambor, davlatning tartibga solish rolini aniqlash uchun 
yer bozorining o‘ziga xos vazifalarining iqtisodiy mohiyati-ni aniqlashni taqozo 
etadi. Shu nuqtai nazardan ham yer bozorining asosiy vazifalariga quyidagilarni 
kiradi: 
yer fondidan samarali foydalanish; 
turli xo‘jalik yuritish sub’ektlarining yerdan samarali foydalanish va 
barqaror faoliyatini ta’minlash; 
yerning bozor, talab va taklif bahosi hamda yerning sifat va boshqa tavsiflari 
bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 
yer fondidan samarali foydalanish darajasini oshirish va fan-texnika 
taraqqiyoti natijalarini qo‘llashni rag‘batlantirish; 
yerda samarali xo‘jalik yuritish va mulk shakllarini aniqlash hamda ularni 
tabaqalashtirish; 
yer sotuvchi va sotib oluvchilar bilan aloqalarni o‘rnatish, yerga bo‘lgan 
talab va taklifni hamda bozor bahosini aniqlash; 
yer fondi toifalari bo‘yicha yerlarning taqsimlanishi va takror taqsim-
lanishini tartibga solish; 
yerdan yer rentasining barcha turlari bo‘yicha foydalanishni rag‘bat-
lantirish; 
kapital faoliyatning bir sohadan boshqa sohaga o‘tishini tartibga solish; 
qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonini tartibga solish kabilar. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakat miqyosida makromuhit 
yaratilmog‘i lozim. Shuningdek davlat tomonidan yer bozorini tartibga solish va 
bozorning o‘z-o‘zini tartibga solishning o‘zaro mutanosibligiga erishish uchun 
tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslar ishlab chiqilishi hamda ularning samarali 
faoliyati uchun shart-sharoit yaratilishi zarur. Bunday holatning barpo etilishi 
nafaqat yer resurslaridan samarali foydalanishni, balki iqtisodiy inqirozlar davrida 
ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barqaror faoliyat yuritishlarini ta’minlashda 
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda yer bozorini 


244 
shakllantirishni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida 13.1 – sxemada 
keltirilgan yo‘nalishlarga ustuvorlik berish zarur. Shu nuqtai nazardan ham 
O‘zbekistonda yer bozorining shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yer bozorini davlat tomonidan tartibga 
solishning modelini ishlab chiqishni tavsiya etamiz. Ushbu model 13.2-jadvaldagi 
yo‘nalishlar va usullar (dastaklar) orqali amalga oshirilmog‘i lozim. 
Albatta, bu borada tegishli va manfaatdor davlat idoralari inventarizatsiya 
bosqichlari, 
maydoni, 
xarajatlarning 
bahosi 
va 
kutilayotgan


245 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish