Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Buxoro 
2522,4 
372,5 
0,17 
12 
sh. j. fermer xo‘jaliklari 
1439,3 
612,9 
0,19 
12 
Jizzax 
849,2 
2422,0 
1,12 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
496,0 
1871,2 
0,58 
10 
Qashqadaryo 
1506,6 
1259,8 
0,58 
10 
sh. j. fermer xo‘jaliklari 
741,8 
2348,1 
0,72 

Navoiy 
3580,8 
156,0 
0,07 
13 
sh. j. fermer xo‘jaliklari 
877,1 
467,0 
0,14 
13 
Namangan 
239,3 
8707,5 
4,02 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
226,1 
8329,0 
2,56 

Samarqand 
996,0 
5309,9 
2,45 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
669,4 
7543,3 
2,32 

Surxondaryo 
889,4 
1991,0 
0,92 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
851,0 
1937,0 
0,60 

Sirdaryo 
253,9 
3269,8 
1,51 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
236,3 
3302,6 
1,02 

44
Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия ва давлат кадастри давлат қўмитаси маълумотлари 
асосида ҳисобланган. 


181 
Toshkent 
549,1 
10087,6 
4,66 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
468,2 
9024,6 
2,78 

Farg‘ona 
294,5 
8267,9 
3,82 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
287,9 
8209,4 
2,53 

Xorazm 
255,1 
4785,2 
2,21 

sh. j. fermer xo‘jaliklari 
244,8 
4741,4 
1,46 

Toshkent sh. 
0,4
 
59,5 
0,03 
14
Respublika bo‘yicha o‘rtacha 
12862,0 
2162,9 
1,00 
 
sh. j

fermer xo‘jaliklari 
7401,4 
3246,2 
1,00 
 
Viloyatlar darajasidagi bunday keskin tafovutlar, avvalambor, qish-loq 
xo‘jaligi yerlarining tabiiy unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, yer resurs-larining tabiiy-
iqtisodiy unumdorligini oshirishda qaysi viloyatlarga ustuvorlik berilishini 
asoslashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda, yagona yer solig‘ini 
viloyatlar darajasidagi tushumi hajmini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichi 
hisoblanadi.
 
Yerni (hududni) kompleks iqtisodiy baholash
, odatda, shahar va
qishloqlar hududida xo‘jalik va tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash uchun 
mo‘ljallangan, shu bois, kompleks iqtisodiy baholash yerni tabiiy resurs sifatida 
emas, balki hudud (shahar, tuman, viloyat) nuqtai nazaridan baholashdir. Iqtisodiy 
baholash, birinchidan, baholanayotgan hududda joylashgan xo‘jalik ob’ektlarining 
qiymatini o‘z ichiga oladi, bunda ob’ektlar bahosi qoldiq balans yoki tiklangan 
qiymatlar bo‘yicha aniqlanadi. Tabiiy resurslar qiymatini baholash faqat kadastr 
qiymat baholash orqali amalga oshiriladi. Demak, hududlarni iqtisodiy baholash 
hududlarda joylashgan ob’ektlarning balans qiymati va tabiiy resurslarning kadastr 
qiymat bahosini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, hududlarni iqtisodiy 
baholash yerni kadastr baholashga nisbatan keng ko‘lamga ega va yerning kadastr 
bahosi (shuningdek baholanayotgan hududdagi boshqa turdagi tabiiy resurslar)ga 
asoslanadi. 
Misol tariqasida, 2005 – 2006 yillarda amalga oshirilgan Toshkent shahri 
hududini iqtisodiy baholash metodikasini ko‘rib chiqish mumkin. Hududning 
ahamiyati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlangan: 


182 
-
shaharni o‘zlashtirish va infratuzilmalarni yaratish uchun zarur ijtimoiy 
xarajatlar; 
-
undan foydalanish xususiyati o‘zgartirilganida yuzaga keladigan iqtisodiy 
oqibatlar; 
-
shaharsozlik rivojlanishida iqtisodiy hodisalarning ijtimoiy natijalari. 
SHahar hududini iqtisodiy kompleks baholash uch bosqichda amalga 
oshirildi: birinchisi – shahar hududini oldindan zonalarni yiriklashtirilishi va 
taxminiy hisob-kitoblarni amalga oshirish; ikkinchisi – shahar hududini 
zonalashtirishni yanada aniqlashtirish va “yer resurslarini” kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy baholash; uchinchisi – detallashtirilgan “yer resurslarini” ijtimoiy-
iqtisodiy baholash. Toshkent shahri hududida 5 ta baholanadigan zonalar ajratilib, 
yer solig‘ining diffyerensiyalashgan stavkalariga asos bo‘ldi. 
Baholashning ushbu turiga nisbatan quyidagi izohlar berilishi kerak. 
Birinchidan, iqtisodiy kompleks baholash hudud (yer)ni obodonlashtirish ob’ekti 
va tabiat kompleksining tarkibiy qismi sifatida emas, balki shahar hududidagi 
ob’ektlarni iqtisodiy baholashdir. Infratuzilma yaratish (binolar, injenerlik 
qurilmalari)ga ketgan sarf-xarajatlar bevosita “hududning kompleks yoki umumiy 
qiymatini” shakllantiradi, lekin ular bevosita “yerning qiymati”ni belgilay olmaydi, 
hududning qiymati yerning qiymati bilan teng hodisa, teng tushuncha emas. 
Uchinchidan, hududni kompleks iqtisodiy baholash o‘rganilayotgan hududning 
tabiiy-xo‘jalik potensialining qiymat ko‘rinishida bahosini belgilaydi va yer 
maydonlari oldi-sotdisi, yer solig‘i, yerni garovga qo‘yib kredit olishda foydalanib 
bo‘lmaydi. Kadastr narx ko‘rinishidagi baholashda yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilar, kreditorlar va boshqa manfaatdor jismoniy va yuridik 
shaxslarning manfaatlaridan kelib chiqish kerak. Bundan tashqari, ob’ektni kadastr 
qiymat ko‘rinishida baholash uning ayni paytdagi ahvoli hisobga olinib, uning 
kelajakdagi sharoiti nazarga olinmaydi. Toshkent shahri hududini iqtisodiy 
baholashda va baholanadigan zonalarga ajratishda hududning kelajagi ham 
inobatga olindi, bu esa yerni baholashda to‘g‘ri usul emas. To‘rtinchidan, hududni 


183 
kompleks iqtisodiy baholashda metodologik chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan ekan, 
demak yer resurslarini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqich natijalarini 
ob’ektiv deb qabul qilolmaymiz. 
Hududni kompleks iqtisodiy baholashning ijobiy tomoni shundaki, 
shaharsozlik va kompleksini belgilash zarurati va yer maydonlarining qiymati va 
iste’mol xususiyatiga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham hisobga olinadi. Mazkur 
ta’sirning miqdoriy ko‘rinishini ifodalash uchun koeffitsientlar tizimi qo‘llangan, 
ularning qiymati ekspyert baholash natijalari asosida belgilangan. Biroq, 
qo‘llanilayotgan uslubiyatda yer maydonlari qiymatiga ta’sir etuvchi omillarning 
ilmiy asoslangan bog‘liqligi e’tibordan chetda qolgan. Shunga qaramay, ushbu 
uslubiyat respublikada yerlarni kompleks iqtisodiy baholash uchun tavsiya etilgan. 
Shahar (qishloq) hududlarini baholash amaliyoti xo‘jalik ob’ektlarining 
kompleks iqtisodiy baholashi bo‘lib, tabiiy resurslar, birinchi navbatda, yerning 
kadastr baholanishi emas. Kompleks iqtisodiy baholash va qiymat ko‘rinishida 
bahosi turlicha tushunchalar bo‘lib, bir-biridan farqlanuvchi metodologik asoslarga 
ega, ular turli iqtisodiy kategoriyalardir. 
Yerning kadastr qiymati yoki “iste’mol qiymati” – u yoki bu darajada 
obodonlashtirilgan yer maydonining egasi tomonidan olinadigan foyda va 
qulayliklar (qiymat ko‘rinishidagi) yig‘indisi, shuningdek uning yer resursi 
sifatidagi qiymati hamdir. Kadastr baholash yer maydonlarini oldi-sotdisida 
boshlang‘ich qiymatni belgilash, yerga soliq, ijara to‘lovi, garov qiymatini 
belgilash maqsadida amalga oshiriladi. Hududni kompleks iqtisodiy baholash – 
hududda joylashgan barcha tabiiy va xo‘jalik ob’ektlarining qiymatidir. Bunda 
tabiat resurslari uchun kadastr (normativ yoki bozor) qiymati belgilanadi, xo‘jalik 
ob’ektlarining balans yoki bozor qiymatlari belgilanadi. Baholashning bu turi 
hududlarning tabiiy-xo‘jalik potensialini aniqlash, investitsiya siyosatini qo‘llagan 
holda ularning rivojlanishini boshqarishdan iborat. Demak, hududni kompleks 
iqtisodiy baholash kadastr qiymati ko‘rinishidagi baholashga nisbatan ancha keng 
tushuncha. Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan va qishloq xo‘jaligiga taalluqli 


184 
bo‘lmagan yerlarni kompleks iqtisodiy baholash yerlardan foydalanish 
intensifikatsiya darajasini aniqlash (yoki uning dinamikasini o‘rganish) maqsadida 
amalga oshiriladi. 
Yerdan foydalanish tizimiga bozor iqtisodiyoti tamoyillarining joriy etilishi 
nuqtai nazaridan ko‘chmas mulk bozorini kadastr ma’lumotlari bilan ta’minlash, 
yerlarning xususiylashtirilishini amalga oshirish, yer solig‘i tizimini rivojlantirish 
maqsadida yerlarni kadastr qiymat ko‘rinishdagi baholash eng muhim tadbir 
sanaladi. Hududlarni kompleks iqtisodiy baholash shahar va qishloq hududlarini 
rivojlantirishini loyihalashtirishda zarur. Barcha toifalardagi yerlarning kompleks 
iqtisodiy baholanishi mamlakatning yerdan foydalanish tizimi samaradorligini 
baholash va tahlil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Xo‘jalik va tabiiy resurslarning kadastr qiymat ko‘rinishidagi baholash 
maqsadida maxsus kadastrlar, masalan, yer kadastri, bino kadastri, inshoot kadastri 
kabilar o‘tkaziladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish