1.2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari
, "yashil" energiya deb - qayta
tiklanadigan yoki tugamaydigan energiya manbalariga aytiladi. Qayta
tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy omili uni atrof muhitga zarar
yetkazmasdan organik resurslarda doimiy ravishda sodir bo'ladigan
jarayonlardan energiyani ajratib olish va texnik foydalanish uchun
ta‘minlashdan iboratdir. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga (tabiiy
ravishda to'ldiriladigan) quyosh nuri,
suv oqimi, shamol, suv to'lqinlari va
geotermik issiqlik kabi tabiiy resurslar, shuningdek bioyoqilg'ilar (yog'och,
o'simlik moyi va boshqalar) kiradi.
2006-yilda global energiya iste‘molining qariyb 18%
qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan, 13% esa o'tin yoqish kabi an‘anaviy biomassadan
ta‘minlandi 2010-yilda global energiya iste‘molining 16,7% qayta tiklanadigan
manbalardan olingan. 2015-yilda bu ko'rsatkich 19,3% ni tashkil etdi.
Hozirgi
kunda an‘anaviy qayta tiklanmaydigan tabiiy yoqilg'i turlarining zaxiralari
asta-sekin kamayib
bormoqda, zamonaviy qayta tiklanadigan manbalardan
energiya olish esa ortib bormoqda.
2004-yildan 2013-yilgacha Yevropa Ittifoqida qayta tiklanadigan
manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyaning ulushi 14% dan 25% gacha
o'sdi. 2018-yilda Germaniyada elektr energiyasining 38% qayta tiklanadigan
manbalardan ishlab chiqarildi.
Rossiya Fanlar akademiyasining (RFa) iqtisodiy izlanishlar va
Moskvaning "Skolkovo" menejment maktabining Energetika markazini
taxminlariga
ko'ra,
2040
yilga
qadar
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalaridunyoda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 35-50 % ini va
umumiy energiya iste‘molining 19-25 % ini ta‘minlaydi.
Gidroelektr energetika qayta tiklanadigan energiyaning eng yirik
manbalaridan biri bo'lib, u 2010-yilda global energiya iste‘molining 3,3% va
global elektr energiyasini ishlab chiqarishning 15,3% ini tashkil etdi.
Shamol
energiyasidan foydalanish har yili taxminan 30 % ga o'sib bormoqda, butun
dunyoda 2013-yilda quvvati 318 gigavatt (GVt)ga yetdi, Yevropa, AQSh va
Xitoyda qayta tiklanuvchi manbalardan keng qo'llanilmoqda. Fotovoltaik
panellar ishlab chiqarish jadal sur‘atlar bilan o'sib bormoqda, 2008-yilda
umumiy quvvati 6,9 GVt (6900 MVt) bo'lgan panellar ishlab chiqarildi, bu
2004-yildagiga qaraganda deyarli olti baravar ko'p. Quyosh elektr
stansiyalaridan foydalanish bo'yicha Germaniya va Ispaniya davlatlari
birinchilardan hisoblanadi. Quyosh issiqlik elektr stantsiyalaridan foydalanish
AQSh va Ispaniyada jadal sur‘at bilan o'sib bormoqda. Bu stansiyalardan eng
kattasi Moxave cho'lidagi quvvati 354 MVt bo'lgan stansiya hisoblanadi.
Dunyodagi eng yirik geotermik stansiya Kaliforniyadagi quvvati 750 MVt
bo'lgan geyzer stansiyasidir.
Braziliyada shakar qamishidan yoqilg'i ishlab chiqarish bilan bog'liq
bo'lgan dunyodagi eng katta qayta tiklanadigan
energiyadan foydalanishda
dastur qabul qilingan. Ayni vaqtda etil spirti mamlakatning avtomobil
yoqilg'isiga bo'lgan ehtiyojining 18 % ini ta‘minlaydi. Biogaz etanoldan
foydalanish Amerika Qo'shma Shtatlarda ham keng yo'lga qo'yilgan.
Dunyodagi yirik kompaniyalar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanishni qo'llab-quvvatlamoqdalar. Shunday qilib, «Ingvar Kamprad
Elmtaryd Agunnaryd» (IKEA) 2020-yilgacha energiyaga bo'lgan
ehtiyojini
qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga to'liq ta‘minlamoqda. ―Apple‖
kompaniyasi quyosh elektr stansiyalarini yaratishda eng yiriklaridan hisoblanadi
va kompaniyaning barcha asosiy markazlaridagi binolar qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan olingan elektr bilan ta‘minlangan. Qayta tiklanadigan
manbalarning Google tomonidan iste‘mol qilinadigan energiyadagi ulushi 35%ni
tashkil qiladi. Qayta tiklanadigan energetikaga kompaniyaning sarflagan
sarmoyalari 2 milliard dollardan oshdi.
Quyosh nuri ham qayta tiklanadigan energiya manbai bo'lib, geotermik va
shamol energiyalari ham Quyosh ta‘sirida vujudga keladi. Astronomlarning
hisob-kitoblariga ko'ra, Quyosh Yerni energiya bilan ta‘minlab turishi taxminan
besh milliard yilni tashkil qiladi, shuning uchun insoniyat kelajagida Quyoshdan
olinadigan qayta tiklanadigan energiyaning tugash xavfi bo'lmaydi.
Energiyani olish usullari zamonaviy texnologiya
hisobiga yangilanib
boradi va yuqoridagi manbalardan doimiy ravishda olinadi. Yer sirtiga yetib
kelgan quyosh energiyasining faqat juda kichik qismi energiyaning boshqa
turlariga aylanadi va asosiy energiya issiqlik ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish ko'mir, neft, tabiiy
gaz yoki torf kabi yoqilg'ini qazib olish bilan taqqoslanganda, ular qayta
tiklanishi mumkin, ammo insoniyat ehtiyojiga ko'ra
yetarli emas, chunki
ularning shakllanishi uchun yuz million yildan ortiq vaqt kerak va bu ulardan
foydalanish jarayonida ancha sekin sodir bo'ladi.