«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ijtimoiy va tashkiliy tarbiyaviy xususiyatlari Sinfdan tashqari ishlar tarzida uyushtiriladigan «Alpomish»



Download 18,43 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi18,43 Kb.
#796430
  1   2
Bog'liq
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ijtimoiy va tashkiliy tarbiyaviy xususiyatlari


«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ijtimoiy va tashkiliy tarbiyaviy xususiyatlari
Sinfdan tashqari ishlar tarzida uyushtiriladigan «Alpomish» va «barchinoy» salomatlik testi bo’yicha uyushtirilgan ommaviy jismoniy tarbiya ishi o’zining mazmuni va tashkillanishiga ko’ra o’quvchilarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga odatni shakllantirish, organizmning jismoniy sifatlarini rivojlanishi darajasini nazorat qilish uchun xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Salomatlik testi bo’yicha barcha ishlar asosan jismoniy tarbiya o’qituvchisi va u tayyorlagan shu test bo’yicha o’quvchilardan iborat jismoniy tarbiya faollarining izlanuvchanligi, o’tkazadigan umumiy jismoniy taryyorgarlik sektsiyalari yoki test normalarini topshirishga tayyorlovchi fakulptativ guruhlaridagi mashg’ulotlar mazmuni va uning sifati bilan bog’liq.
Ko’pchilik o’quvchilar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmaydilar, ularning organizmi tabiiy ravishda o’zining yoshi talab qiladigan harakat yuklamasiga bo’lgan yuklamasiga zaruriyat sezadilar. Uni olish maolum darajadagi bilim va harakat malakalarini talab qiladi. Ko’pchilik esa bu bilimlarni «Salomatlik testi» orqali olishlarini bilmaydilar. Ular oddiy fiziologik qonuniyat -«har qanday harakatni bajarish maolum tayyorgarlikdan so’ng bajariladi»ga rioya qilishni bilmaydilar. Xatto, o’tirgan joyidan turib yurib ketishni o’zi ham organizmda «reflektor tayyorgarlik»dan so’ng sodir bo’lish, tana sohibining ongidan tashqaridan boshqarilishi haqidagi nazariyadan xabari yo’q. Ular «o’zini organizmini kuzatish» jismoniy tarbiya bilmidan yoki «organizmini harakatini boshqarish» qonuniyatidan xabarsizligi oqibatida mustaqil, yaxshi niyat bilan boshlagan mashq qilishdan tezda bezadilar. CHunki organizm o’sha yuklamani tayyorgarliksiz yurak, nafas olish, psixiologik ko’rsatmalarsiz bajarish natijasida, 2-3 keskin harakatlardan so’ng o’zida noxushliklar sezadi, muskullarda loxaslik, nafas olish chastotasini keskin ortishi, uni chuqurligini kamayishi, yurak qisqarishi chastotasini qisqa vaqt ichida o’ta tezlashuvi oqibatidagi funktsional qiyinchiliklar va boshqalar shug’ullanuvchini qiynab qo’yadi. Afsuski, hamma ruxan kuchli emas. Kuchlilar bu holatlarga tez moslashib shug’ullanishda davom etadilar. Salomatlik testi talab normalarini topshirishga tayyorgarlik jarayoni va topshirib o’z jismi sifatlarini holatini nazorati «Alpomish» va «Barchinoy» test nishonlariga ega bo’lishni nazarda tutadi.
Hozirgi kun umumiy taolim maktablari, litseylari va kollejlarning jismoniy tarbiya o’qituvchilari, ular tayyorlagan faollar, maktab jismoniy tarbiya jamoasi, boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mutaxassislari, maktab pedagoglari jamoasi, mahalla bolalar sporti mutasaddilari, ota-onalar va ularning maktabdagi kengashining faoliyati test bo’yicha amaliy ustivor yo’nalish deb qarashi, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarning o’zlari bu ishni eng muhim, hayotiy-amaliy ish ekanligini ongli his qilishi muhim ahamiyatga ega.
«Alpomish» va «Barchinoy» salomatlikni nazorati testi ishini sinfdan tashqari vaqt lozim darajada yo’lga qo’yish moddiy o’quv-texnik bazaga bog’liq va uni o’quv yiliga tayyorlash talab va normalarni topshirishga tayyorlash ishini to’laqonli yo’lga qo’yish imkonini beradi.
Birinchi navbatda sport bazasi va uni jihozlarini g’amini yeyishga to’g’ri keladi: uzunlikga va balandlikka sakrash uchun qo’shimcha qum to’ldirilgan chuqurliklarni tayyorlash, uloqtirish uchun alohida sektor tayyorlash va uni jihozlash; 30, 60,100 metrga yugurish yo’laklarini tayyorlash; uloqtirish uchun granata, tennis to’pi, to’ldirma to’p va h.k.lar; gimnastika shaharchasi, turli xil balandlikdagi perekladinalar, chirmashib chiqish uchun kanatlar, gimnastika devori, shotilar, sekundomerlar, ruletkalar va boshqalarni tayyorlash.
Maktabda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturini o’qitish uchun zarur bo’lmagan jihozlarni tayyorlash, o’rnatish muhim ahamiyatga ega: to’siqli yo’laklarni jihozlash; turistlar palatkalarini sotib olish, uxlash uchun qoplari, mayda turistik jihozlar-qozon, qoshiq, pichoq va h.k.lar. pnevmatik tir unga vintovkalar. Ular maktabda bo’lmasa unga yaqin joydagilardan foydalanish uchun shartnomalar tuzish, stadionlar, suzish havzalarida musobaqalarga foydalanish. Maktablar uchun berilgan lgotpyalardan foydalanish.
Mamlakatimizning ayrim xududlarida suzish bo’yicha muammolar mavjud. SHunga ko’ra iloji boricha tabiiy suv manbalari mavjud joylarda moslashtirilgan, suzishga o’rgatish mumkin bo’lgan joylarga aylantirish yoki tuman (shahar)ning bir necha maktabi birlashib yagona suzish inshoatlarini qurish orqali hayotiy, harbiy-amaliy ahamiyatga molik malaka-suzishni o’rgatish va test normalarini topshirishga tayyorlash va topshirish ishini yo’lga qo’yish lozim. Hozirgi iqtisodiy sharoitni hisobga olib yaqin zonada joydashgan maktablar o’zaro kelishib biri otish uchun tir qursa, ikkinchisi ochiq suzish basseynini, uchinchisi to’siqli yo’lga va gimnastika shaharchasini qurishni yo’lga qo’yishi bilan ham sinfdan tashqari mashg’ulotlarni ishlarni zarur darajada yo’lga qo’yish mumkin.
«Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalarini topshirishga tayyorgarlik ishi oilada ham yo’lga qo’yilishining ahamiyati katta. SHuning uchun o’quvchi bor xonadon o’zining uyidagi jismoniy tarbiya «shaharchasi» (burchagi)ni qurishning zaruriyati mavjud. Bunda albatta jismoniy tarbiya o’qituvchisining tashabbuskorli, tashkilotchiligi muhim. Masalan, o’quv yilining I choragi oxirida qayd qilingan test talab normalariga bag’ishlab ota-onalar yig’ilishini o’tkazadi. Kun tartibi «o’g’li (yoki qizi)ning jismoniy tayyorgarligi darajasi» deb qo’yiladi. Yig’ilish albatta sport zali yoki sport maydonida o’tkaziladi. Ota-onasi olidida shu sinf o’quvchilari o’zining kuchi, tezkorligi, chidamliligini namoyish qiladilar.

Sinfdan tashqari ishlarning bunday shaklining samarasi beqiyos. Targ’ibot va tashviqot yoki reklamasiz har qanday faoliyat, o’ta zarur o’ta manfaatli bo’lsin kutgan natijani bermaydi. Maktabda «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testining targ’ibot va tashviqot shakllari turlicha: testning maqsadi va vazifasiga atab maktab pedagogika jamoasining kengaytirilgan kengashini o’tkazish; sinf rahbarlari, o’quvchilar kengashi maktabning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kengashi, sport bayramlari, sport kechalari, «mavzuli» kechalar, Quvnoqlar va Zukkolar bellashuvlari, «Quvnoq startlar», sport viktorinalari, salomatlik kuni, yuguruvchilar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar, suzuvchilar va h.k.larning kunlari, maktab radio, dkvoriy gazetalari, turli xil sport bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar, «Alpomish» va «Barchinoy» ko’p kurashi musobaqalari va musobaqalarning rekordlari doskasi, «Faxriy kitobi»ga yozib qoldirishlar, sinflarni shu mavzudagi gazetalarining ko’rigi, fotomontajlari va uning ko’rigi, badiiy filpmlar tomoshasi, videolavxalar tanlovi va h.k.lardek targ’ibot-tashviqot shakllari eng asosiy sinflar bo’yicha har bir o’quvchini normativlarni topshirish stendi, ayniqsa, u umummaktab devoriy ko’rgazmasi bo’lsa sinflararo sirtqi musobaqalar tusini olishi amalda isbotlangan. Lazunglar, test bo’yicha alohida alpbomlar, har bir bosqich bo’yicha savollar majmuyi, test sinovlarining yaratilishi, o’quvchi jismi kamolotiga oid bilimi va iqtidorining ortishiga sharoit yaratadi. Uning jismini tayyorligi faqat o’zining shaxsiy ishi emasligiga ongli munosabati shakllanadi.



Download 18,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish