ABDULLA QAHHOR (1907 - 1968)
1. «O’g'ri» hikoyasiga qaysi maqol epigraf qilingan? J: Otning o'lim i itning bayrami
2. «O'g'ri» hikoyasi qanday boshlanadi? J: Kam pir tong qorong'usida xam ir qilgan! turib ho'kizidan xabar oldi. О!.. Ho'kiz yo'q, og'il ko'cha tom ondan teshilgan
3. «O'g'ri» hikoyasida Qobil bobo nima uchun ellik boshiga pora berdi? J: Ellikboshining ho'kizni naqd qilib qo'ygani - go'yo ko'chaga chiqsa bas - ho'kiz topiladi. Bu «xudo yarlaqagur» shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozimda. Tekinga m ushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo'lish uchun ozmuncha pul sochganmi?
4. «O'g'ri» hikoyasi Ellikboshi amalga erishish uchun mingboshiga nimalar bergan? J: Yetti yuz bog' beda, bir toy
5. «O'g'ri» hikoyasi Ellikboshi Qobil bobodan pul olgandan keyin beto'xtov kimga xabar bermoqchi ekanligini aytadi? J: Aminga
6. «O'g'ri» hikoyasi Aminga Qobil bobo borishidan oldin qanday maqollar ishlatilgan? J: Quruq qoshiq og'iz yirtadi; berganga bitta ham ko'p, olganga o'nta ham oz
7. «O'g'ri» hikoyasi Aminga beriladigan pul Qobil boboning ta’biricha, qaysi chiqim edi? J: Bu chiqim oxirgi va ho'kizni bo'ynidan bog'lab beradigan chiqim, shuning uchun pulning betiga qaramaslik kerak
8. «O'g'ri» hikoyasidagi qaysi personaj baqbaqasini osiltirib kuladi? J: Amin
9. Amin kimga xabar bermoqchi ekanligini aytadi? J: Pristavga
10. Kampir azayimxonga qancha chiqim qildi? J: Yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq jo'xori, ikki kalava ip eltdi
11. «O'g'ri» hikoyasidagi qaysi personaj: «Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo'ladi!» - deydi? J: Amin
12. «O'g'ri» hikoyasidagi qaysi personajni «begim deguncha kishining beli sinar ekan»'? J: Pristavni
13. «O'g'ri» hikoyasi. Qobil bobo pristavga nimalar olib bordi va nega uning oldiga kirolmadi? J: 3 ta tovuq, 100 ta tuxum, ammo bu tortiq bilan tilmochdan nariga o'tolmadi
14. «O'g'ri» hikoyasi . Pristav Qobil bobodan nimalar olgandan keyin kimga jo’natadi? J: Bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so'm pul olgandan keyin aminga bor dedi
15. «O'g'ri» hikoyasi. «O’ynashmagin arbob bilan - seni urar har bob bilan» maqoli qachon aytilgan? J: Qobil bobo pristav huzuriga borganida
16. «O'g'ri» hikoyasi . Amin Qobil boboni kimga jo'natdi? J: Ellikboshiga
17. «O'g'ri» hikoyasi . Ellikboshi qaynatasining ismi? J: Egamberdi paxtafurush
18. «O'g'ri» hikoyasi . Egamberdi paxtafurush Qobil boboga nechta ho'kiz berdi va qanday shart bilan? J: 2 ta ho'kiz, shart kuzda ma’lum bo'ladi
19. «O'g'ri» hikoyasi. O'zgalarning baxtsizligini pul topish manbaiga aylantirgan amaldorlar kimning qaysi asarida tasvirlangan? J: Abdulla Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasida
20. «O'g'ri» hikoyasidagi ellikboshi ta'rifiga mos sifatlarni toping. J: Qobil boboning qo'shnisi, burunsiz
21. «O'g'ri» hikoyasi . Ho'kizning rangi qanday edi? J: Ola ho'kiz
22. «O'g'ri» hikoyasi . «Odamlar dod ovoziga o'rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushgan». Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «O'g'ri» hikoyasidan
23. «O'g'ri» hikoyasi . «O’zi qaytib kelmasmikan!.. Birov olib ketsa qaytib kelaber deb qo’yilmagan ekan-da! Nega yig'lanadi? A? Yig'lanmasin» Ushbu parcha kimning nutqidan olingan? J: Aminning
24. «O'g'ri» hikoyasi . «Ey, yosh bolamisiz! Nega yig'laysiz? Kap-katta odam... Bitta ho'kiz bo'lsa.bir gap bo'lar, xudo ajalga to'zim bersin»-Ushbu parcha kimning nutqidan olingan? J: Ellikboshining
25. «O'g'ri» hikoyasi. Ellikboshining Qobil boboga munosabati uning nutqida qanday ifodalanadi? J: Hikoyaning boshida Qobil-boboni «sen»lab, oxirida «siz»lab murojaat qiladi
26. «O'g'ri» hikoyasi. Qobil bobo aminning huzuriga necha marta boradi? J: 3 marta
27. «O'g'ri» hikoyasi «Yig'lama, yig'lama dayman! Ho'kizing oq podsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo'lsa, topiladi - deya Qobil boboga kim umid bag'ishlaydi? J: Ellikboshi
28. «O'g'ri» hikoyasi Qobil aminning: «Yaxshi ho'kizmidi yo yomon ho'kizmidi?» - deb bergan savoliga qanday javob qaytaradi? J: Qo'sh mahali
29. «O'g'ri» hikoyasi Qobil bobo aminning: «Yaxshi ho'kiz birov yetaklasa, ketaveradimi?» - degan savoliga qanday javob qaytaradi? J: Bisotimda hech narsa yo'q
30. «O'g'ri» hikoyasi «Qidirtirsakmikan-a? Suyunchi nima bo'ladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi?» - deb Qobil boboga kim aytgan? J: Amin
31. «O'g'ri» hikoyasi «Uchta tovuq, garchi kurk bo'lsa ham, Qobil boboning o'zidan chiqdi». Ushbu tortiq kimga atalgandi? J: Pristavga
32. «O'g'ri» hikoyasi «Cholning butun bo'g'inlari bo'shashib ketdi, keyin tutoqishdi». Ushbu holat Qobil boboda qachon kuzatildl? J: Tilmoch uning tortiqlarini olib, o'g'irlangan ho'kiz haqida pristavga yaxshilab tushuntirishga va’da berganda
33. «O'g'ri» hikoyasi Qo'ni-qo'shni, yor-u birodarlardan yig'ib olingan yuzta tuxum kimga atalgandi? J: Pristavga
CHINGIZ AYTMATOV (1928 - 2008)
2. «Oq kema» qissasida bolaning nechta ertagi bo'ladi? J: Ikkita, biri o'ziniki bo'lib, uni hech kim bilmasdi, ikkinchisini esa bobosi so'zlab bergandi
3. «Oq kema» qissasida. Bola toshlarga qanday nomlar qo'ygandi? J: Tuya, egar, bo'ri, tank
4. «Oq kema» qissasida. Bolaning eng sevimli toshi qaysi? J: Tank
5. «Oq kema» qissasida. Bolaning toshlari orasida qanday sifatga egalari bor? J: «Yaxshi», «yomon», «ayyor», «ovsar»
6. «Oq kema» qissasida. Mo’min cholga qorovulxonadagi uzoq yillik xizmatlari uchun mukofotga nima berilgan edi? J: Durbin
7. «Oq kema» qissasida. Mo’min cholning laqabi? J: Mo’min chaqqon
8. Mo’min cholning xislatlari. J: «Bu atrofda uni hamma tanirdi, u hammani bilardi. U ochiq ko’ngil, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, bar kimning xizmatiga hozir-u nozirligi, hammaga sadoqatli va xushmuomalaligi tufayli shundoq laqab olgandi. U afandi fe'1 va unga Afandiga muomala qilgandek muomalada bo’lishardi»
9. O’rozqulning o’zidan boshqa hech kimning minishiga ruxsat bermaydigan oti? J: Olabosh bo’z ot
10. «Oq kema» qissasida . Bola itining nomi? J: Baltek
11. «Oq kema» qissasida . Bolaning orzusi? J: Baliqqa aylanib, uzoq-uzoqqa suzib ketish
12. Qo’ydan yuvosh, baquvvat bo‘lsa-da, yalqov, uyquni yakshi ko’radigan personaj? J: Seydahmad
13. «Oq kema» qissasida . Bolaning otasi kim bo’lib ishlar edi? J: Kemada matros
14. «Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy, Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy. Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy,.Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy». Parcha qaysi asardan olingan? J: «Oq kema»
15. . «Oq kema» qissasida . Qirg'iz qabilasining boshiga musibat tushishi haqidagi xabarni kim tarqatdi? J: Inson ovoziga o'xshash ayanchli ovoz bilan tundan tonggacha «Katta baxtsizlik bo'ladi! Katta baxtsizlik bo'ladi!» deya sayragan qush
16. «Oq kema» qissasida. Qirg'iz qabilasiga ko'p yillar yo'lboshchilik qilgan oqsoqol? J: Botir Qulchi
17. «Oq kema» qissasida. Dushman qabila qirg'iz qabilasini qachon qirib yubordi? J: Oqsoqollarini oxirgi yo'lga kuzatish marosimiga chiqishganda
18. «Oq kema» qissasida Qirg'indan omon qolgan bola va qizchani o'ldirish kimga topshirildi? J: Cho'tir Baymoq kampirga.
19. «Oq kema» qissasida.Omon qolgan qizcha va bolani kampirdan kim so’rab oladi? J: Ona bug'u
20.«Oq kema» qissasida Ona bug'uning bolalari bo'lgan qiz va yigit'nechta farzand ko’rishadi? J: 7 o'g'il va 7 qiz
21.«Oq kema» qissasida Ular to'ng'ich o'g'illarga qanday nom qo'ydilar? J: Bug'uboy
22. «Oq kema» qissasida Bug'uboy qaysi qabila qiziga uylandi? J: Qipchoq qabilasining
26. «Oq kema» qissasining qaysi qahramoni «...kam- dan-kam uchraydigan baxtli odam edi»? J: Mo'min chol
27.«Oq kema» qissasida. O'rozqul nima uchun hamisha ichib yurar edi? J: Farzandsizligidan o'kingani uchun
28. «Oq kema» qissasida. Bug'uni ovlash va nimtalashda qatnashgan personajlar kim? J: O'rozqul, Seydahmad, Ko'katoy, Mo'min chol
29. «Oq kema» qissasida. Bola uchun qaysi o'simlik eng birinchi dushman edi? J: Chaqirtikanak
30.«Oq kema» qissasida. Bola nazarida qaysi gullar eng aqlli va quvnoq edi? J: Pechakgullar
31. «Oq kema» qissasida Bola qaysi o'simlikni sadoqatli do'st deb ataydi? J: Shiroljinni
32. «Oq kema» qissasida .O'tlar orasida qanday sifatga ega o'simliklar bor? J: «Sevimli», «botir», «hurkak», «yovuz»
33. «Oq kema» qissasida Qaysi oqsoqol vafotida qurbonlik uchun to'qqizta biya, to'qqizta ho'kiz, to'qqizta to'qqizlik qo'y hozirlab qo'yilgan edi? J: Botir Qulchi
34. «Oq kema» qissasida Enasoyliklarda qanday rasm bor edi? J: Oqsoqollarining dafn marosithi kunlarida bir-biri bilan urush qilmaslik
35. «Oq kema» qissasi qahramonlarini sanang. J: Bola, Mo'min, O'rozqul, Bo'key, Guljamol
36. «Oq kema» qissasida bola boshqalardan yashirih- cha yig'laganda uni pana qiladigan sevimli o'simligi qaysi edi? J: Shiroljin
37. «Oq kema» asarida bolaning qaysi o'tlarga rahmi keladi? J: Supurgi o'tlarga
38. «Oq kema» qissasida Oppoq qayindan yasalgan, bandida kumush ' qo'ng'iroqchasi bor beshik qaysi asarda uchraydi? J: «Oq kema» asarida
39.«Oq kema» qissasida O'rmonda bir noma'lum qush sayraganda, qanday voqea ro'y bergan? J: Qabila boshlig'i Botir Qulchi vafot etadi
40. «Yoshligimdan badiiy adabiyotga oshno bo'lgan edim, shu boismi maktabda erkin mavzudagi insholarhi bajonidil yozardim». Parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holiga tegishli? J: Ch.Aytmatov
44. «Cho'qqida qolgan ovchining oh-u zori» asarini Ch.Aytmatov kim bilan birga yozgan? J: M.Shoxonov
45. «Oq kema» qissasida dushman qirg'inidan qirg'iz qabilasidan bir bola va bir qiz omon qoladi. Ular o'rmonga nima maqsadda kirib ketishgandi? J: Savat to'qishga po'stloq shilish uchun
46. Qizlarining baxtsizligi, yolg'iz o'g'lining urushda halok bo'lganidan aziyat chekkan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? J: «Oq kema»
47.«Oq kema» qissasida. «Chumolilar ham buni sezadi. Ular ertalabdan ... ning huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko'zlarini qisib, ulaming o'zaro nima haqida shivirlashayotganligiga quloq soladi». Ushbu ta'rif nima haqida? J: Pechakgullar haqida
48. «Oq kema» qissasida .«.Ularyon-veriga boshqa o'simlikni yo'latmay to'da-to'da bo'lib, alohida o’sadi». Ta’rif qaysi o'simlik haqida? J: Shiroljin
49. «Oq kema» qissasida .«Sen nimani istasang, ular o'shanga aylanib qoladi». Ta'rif nima haqida? J: Bulutlar haqida
50.«Oq kema» qissasida.«Havoyi juda. Ularning ipakdek mayin popuklari shamolsiz yasholmaydi. Shamolni kutgani-kutgan, shamol qayoqqa essa, o'sha yoqqa egilib yoppasiga salom beradi». Ta'rif nima haqida? J: Supurgi o'tlar haqida
51. «Oq kema» qissasida .«Agar yomg'ir quyib bersa yoki momaqaldiroq boshlanib qolsa bormi, ular qayerga bosh suqishini bilmay qoladi. Oyoqlari bo’lganda-уu, ehtimol, ko'z yetgan joygacha qochib qolisharmidi». Ta'rif nima haqida? J: Giyohlar haqida
52. «Oq kema» qissasida .«Shamol qayoqqa essa, ular ham o'sha yoqqa egilaveradi», - deb nimaga ta’rif berilgan? J: Supurgi o'tlarga
53.«Oq kema» qissasida. «Ammo tillani tekin tarqatishganda hech kim 'uchun qadri qolmaganidek, uning jonbozligi qadriga ham Hech kim yetmasdi». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Mo'min chol haqida
54.«Oq kema» qissasida Bola bobosi olib bergan portfelini dastlab kimga ko’rsatdi? J: Buvisiga
55.«Oq kema» qissasida. «Farzandi bo'lganda butunlay boshqacha bo'lardi»,-deb kim-kimga nisbatan aytgan? J: Buvisi Bo'key xolaga nisbatan aytgan
56. «... qo'y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tash- vishioz emas. Tasodifan o't tushsa, tog'dan sel kelsa bormi, bir joydan qo'zg'almaydi, turgan joyida nobud bo'lveradi». Mo’min chol bu yerda nimaga ta'rif bergan? J: O ‘rmonga
57. «Oq kema» qissasida. Portfelga qarata: «Endi biz uchtamiz - sen. 'men va...», - deganda bola nimani nazarda tutgan? J: Durbinni
58. «Oq kema» qissasida .Bola qayerdagi maktabga qatnab o’qishhi oritu qilardi? J: Jilisoydagi
59. «Oq kema» qissasida Bola Jilisoyga nima maqsadda borgandi? J: Tomog'i og'riganda feldsher huzuriga,
60. «Oq kema» qissasida . «Yetimcha yetti kucha» maqoli qachon aytilgan? J: Qirg'indan omon qolgan qizcha va bola o'rmonda tunni bexatar o'tkazishganda
61. «Oq kema» qissasida Qizil o'tovda dushman qabilasining xoni qanday holda o’tirardi? J: Asal qo'shilgandan qimizdan ho'plab, g'alaba haqidagi qo'shiqdan tinglab o'tirardi
62. «Oq kema» qissasida. Cho'tir Baymoq kampir qirg'indan omon qolgan qiz va bolani jarlikka irg'itayotganda ularni nimaga o'xshatadi? J: Ikki qum zarrasiga
63. «Oq kema» qissasida «Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Cho'tir Baymoq kampirga
64.«Oq kema» qissasida. «Mana, shox! Bu sening bobongga. O'lishi bilan bu shoxni uning qabriga qo'yamiz. Qani, endi kim bizga и kishini hurmat qilmaysizlar deb ayta olar ekan. Yana nima kerak? Bunday shox uchun hatto bugunoq o'lsang arziydi]» Bolaga ushbu fikrlarni kim aytgan? J: O'rozqul
65.«Oq kema» qissasida «Insonlar qanday yashashlari lozim bo'lsa, shunday yashanglarh Ushbu nasihatni kim kimlarga aytgan? J: Ona bug'u qirg'indan omon qolgan bola va qizchaga
66. «Oq kema» qissasida. O’rozqul nima uchun hamisha ichib yuradi? J: farzandsizligidan o’kingani uchun
67. «Oq kema» qissasida. Bola uchun qaysi o’simlik eng birinchi dushman edi? J: Chaqirtikanak
68. «Oq kema» qissasida. Ular to’ng’ich o’g’illariga qanday nom qo’yadilar? J: Bug’uboy
69. . «Oq kema» qissasida. Bug’uboy qaysi qabila qiziga uylanadi? J: Qipchoq qabilasi
Do'stlaringiz bilan baham: |