Istisno: Ingliz tilida superior (yaxshiroq, balandroq) va inferior (yomonroq,pastroq) sifatlari mavjud. Bu sifatlar lotin tilidan kirib kelgan bo`lib, bu sifatlarning oddiy va orttirma daraja shakli mavjud emas. Shuning uchun bu sifatlar faqat qiyosiy darajada ishlatiladi. Lekin qiyosiy darajada bular qatnashgan gapda than o`rniga to (ga qaraganda) ishlatiladi.
M-n: These books are inferior to mine. Bu kitoblar menikiga qaraganda yomonroq.
These books are superior to mine. Bu kitoblar menikiga qaraganda yaxshiroq.
Lekin: agar uch yoki undan ortiq predmet yoki shaxs taqqoslansa orttirma daraja ishlatiladi.
M-n: My car is the best in the race. Mening mashinam poygadagi eng yaxshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |