Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari
Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. Telefon aloqa tarmog‘ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham tashkilotlar va boshqalar. Telefon aloqa axborot-kutubxonalarda, tashkilotlarda va shunga o‘xshash joylarda muhim rol o‘ynaydi. Demak, ko‘pchilik axborot-kutubxonalar uchun telefon o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi, chunki axborot almashishda birinchi muloqot telefon orqali amalga oshiriladi.
Telefon aloqasining quyidagi turlarini ko‘rishimiz mumkin:
umumiy foydalaniladigan telefon aloqa (shahar, viloyat, xalqaro va boshqalar.);
muassasa ichidagi telefon aloqa.
Radiotelefon aloqa, videotelefon aloqa telefon aloqaning alohida turlaridan hisoblanadi.
Telefon aloqa tizimi telefon tarmog‘idan va abonent terminallaridan tashkil topgan.
Umumiy holda telefon tarmog‘i – bu kommutatsiya uzellari maj muyidir, ularning rolini avtomatik telefon stansiyalar (ATS) va ularni birlashtiruvchi aloqa kanallari bajaradi.
Telefon aloqada telefonlardan foydalanilib, o‘zaro aloqa amalga oshiriladi. Telefonlarning ikki turi mavjud:
Statsionar telefonlar.
Uyali aloqa telefonlari.
Statsionar Uyali telefon apparati. telefon apparati.
Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi.
ATSlar bir-biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi – hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir juft sim signallarni har bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish uchun qo‘llaniladi).
Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari ichki aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi.
Direktorlik telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo‘yicha aloqasini ta’minlaydi.
Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga ofis ATS axborot-kutubxonalarida biror miqdordagi qo‘shimcha ichki telefonlarni tashkil etish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chaqiruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo‘shimcha raqamlar bilan o‘tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri terish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |