Aloqa va kommunikatsiya — ijtimoiy rivojlanishning asosiy vositalari
Huawei kompaniyasi eng olis hududlarga telealoqa tarmoqlarinining joriy qilinishiga ko‘mak bermoqda.
Xalqaro elektroaloqa ittifoqining (XTAI) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yer kurrasi aholisining 96 foizi mobil aloqa bilan qoplangan hududda, 90 foizi esa 3G-tarmog‘ining ta’sir doirasida joylashgan. Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i internetdan foydalanadi. Rivojlangan davlatlarda har besh kishidan to‘rttasi internetga ulangan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 45 foizni tashkil etadi. Shu o‘rinda aytish joizki, yer kurrasidagi yarim milliarddan ortiq odam biror-bir telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanmagan.
Raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish uchun Huawei kompaniyasi tarmoq texnologiyalari sohasida yangi yechimlar yaratmoqda va ushbu texnologiyalar rivojlanayotgan davlatlar ehtiyojlariga moslanmoqda, bundan maqsad barcha aholi mobil tarmoqlarning ta’sir doirasida bo‘lishlari va raqamli xizmatlar qulayliklaridan to‘liq foydalana olishlaridir.
RuralStar qishloq hududlarida tarmoq foydalanuvchilari uchun samarali yechimlarni taklif qiladi
2017-yilda Huawei olis hududlarda mobil aloqa bilan qoplashni kengaytirish xarajatlarini qisqartirish uchun RuralStar 2.0 yechimini yo‘lga qo‘ydi. Energiyaning kam iste’mol qilinishi, o‘rnatish ishlarining qulayligi, innovatsion texnologiyalar (jumladan, akkumulyator texnologiyasi) va soddalashtirilgan ustun konstruksiyasi — ushbu afzalliklar mobil operatorga bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda maksimal qisqa muddatlarda o‘rnatish va ularning o‘z-o‘zini qoplash muddatini 5 yilgacha qisqartirish imkonini beradi. Ayni paytda ushbu yechim 8ta davlat va mintaqalarning 12ta operatorlari tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan, Tailand, Gana, Indoneziya, Nigeriya va Meksikada amalga oshirilgan bunday ishlar buning yaqqol misolidir.
An’anaviy bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda o‘rnatish va ishlatish shaharlarga nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladi. Bundan tashqari, bazaviy stansiyalarni olis hududlarda kengaytirishda mobil aloqa operatorlari bir qancha muammolarga duch kelishmoqda – kerakli infratuzilmaning bazaviy stansiyani o‘rnatish joyida mavjud emasligi, ma’lumotlarni uzatishning ta’minlanishi yoki obyektlar bilan optik tolali kabellar yoki radiorele vositalarini o‘tkazilishi orqali teskari bog‘lanishning o‘rnatilishi, qurilish ishlaridagi xarajatlarning yuqoriligi, barqaror quvvat manbalarining yetishmovchiligi va boshqa ko‘plab omillar bunga misol bo‘la oladi.
Ushbu holatda RuralStar texnologiyasi oqilona yechim sanaladi. Odatiy bazaviy stansiyalarda bazaviy stansiya, kontroller va kommutator o‘rtasidagi aloqa ko‘p sonli optik tolali kabellar yoki radiorele aloqa vositalari orqali ta’minlanadi. RuralStar texnologiyasi bilan so‘nggi hududda radiorele yoki optik aloqa liniyalari qo‘llanilmayapti. Uning ishlashi uchun eng quyi signal darajasi yetarli va qo‘shimcha yo‘ldosh infratuzilmalari yaratishga zaruriyat yo‘q.
Mobil xizmatlardan foydalanuvchilar uchun RuralStar mobil aloqa vositasi 3-5 kilometr masofada joylashganda 10 Mbit/soniyadan ko‘proq tezlikka ega keng doirali 2G, 3G yoki 4G tarmoqlarni taklif etadi, bu ko‘rsatkich ko‘pchilik kichik qishloq joylar uchun yetarli. RuralStar mavjud makroobyektlardan 60 kilometrgacha 2G va 3G-tarmoqni kengaytirish imkonini beradi.
RuralStar texnologiyasining O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘yilishi
2018-yilning sentabr oyida O‘zbekistonda UMS mobil operatori tarmog‘ida ilk marta RuralStar yechimi rivojlantirildi. Juda qisqa muddatda Surxondaryo viloyatining Denov tumani Sino qishlog‘ida bazaviy stansiya qurildi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari va iqlim sharoitlari hisobga olingan holda, RuralStar yechimi gibrid elektr-quvvat tizimi texnologiyasi — Huawei Solar Hybrid asosida joriy qilindi. Uning mohiyati shundan iboratki, dizel generatorlar va boshqa quvvat manbalarining o‘rniga unda quyosh panellari qo‘llaniladi. Bu bazaviy stansiyani elektr bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytiradi, tashqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan holatlarda uning uzluksiz ishlashini kafolatlaydi.
O‘z navbatida, UMS davlat xizmatlari operatori uchun sifatli mobil aloqa va mobil internetni nafaqat shahar va tuman markazlarida, balki O‘zbekistonning eng olis aholi punktlarida ham faol ravishda joriy qilish juda muhimdir. Aynan shu sababdan kompaniya RuralStar texnologiyasi bilan qiziqdi. Uning tezkorligi UMS kompaniyasiga juda qisqa muddatlarda bazaviy stansiyani juda qisqa muddatlarda boshidan boshlab kengaytirish va olis qishloqlar aholisini sifatli aloqa bilan ta’minlash imkonini berdi. Bu yerda Denov tumanining Sino, Quvasoy, Ushor qishloqlari haqida so‘z bormoqda. Endi ushbu qishloqlar aholisi sifatli aloqadan foydalanishlari mumkin.
Ushbu texnologiyalardan foydalanishning yanada kengaytirilishi mobil aloqa signallarini uzoqroq masofalarga uzatish, manbalarni tejash va ularni mobil operatorning uzoq muddatli loyihalarini amalga oshirishiga yo‘naltirish imkonini beradi.
Surxondaryo viloyati Sino qishlog‘ining ilk marta mobil tarmoqqa ulanishi.
RuralStar ijtimoiy rivojlanishga yordam bermoqda
Rivojlanayotgan davlatlarda texnologiyani kengaytirish natijasi tahsinga loyiq. Texnologiya aholi turmush darajasi va davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi samaradorligini oshiradi. Ma’lumotlardan har qayerda foydalana olish sog‘liqni saqlash tizimi, hududlarda xavfsizlikni ta’minlashning yaxshilanishiga yordam beradi, elektron tijoratning rivojlanishini kuchaytiradi. Qishloq aholisi va do‘kon egalari o‘z mablag‘larini qulay tarzda to‘plash va saqlash, zaxiralarni to‘ldirish va savdo qilish uchun telefonlaridan foydalanishlari mumkin. Onlayn rejimda o‘quvchi va o‘qituvchilarning ma’lumotlardan tezkor foydalanishini ta’minlagan holda, Rural Star ta’lim darajasi va sifatini oshirishga imkon beradi.
Manba: kompaniya press-relizi
Do'stlaringiz bilan baham: |