Aloqa texnikasida o’lchashlarda metrologiya va standartlashtirishning roli Reja Axborot texnologiyalari



Download 20,6 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi20,6 Kb.
#714588
Bog'liq
Aloqa texnukasida o’lchashlarda metrologiya va standartlashtiris


Aloqa texnikasida o’lchashlarda metrologiya va standartlashtirishning roli
Reja

  1. Axborot texnologiyalari 

  2. Metrologiyada qo’llaniladigan asosiy atamalar

  3. O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik ta’minotning me’yoriy-huquqiy asoslari

Axborot texnologiyasi
Maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin.

Metrologiyada qo’llaniladigan asosiy atamalar


Metrologiya grekcha so’zlar metro – o’lchov va logos – ta’limot so’zlaridan kelib chiqqan. Hozirgi zamon tushunchasida – o’lchash, usul va vositalarning bir­ligini va talab qilingan aniqlikka erishish yo’llarini ta’minlay­digan fan. Metrologiyaning asosiy yo’nalish­lariga o’lchashlarning umumiy nazariyasi, fizik kattaliklar bir­lik­lari va ularning tizimlari, o’lchash usullari va vosita­lari; o’lchov aniqligini baholash usullari, o’lchovlar bir­li­gini ta’minlash asoslari; etalonlar va namunali o’lchov vositalari; etalonlardan ishchi o’lchov vositalariga o’lchash birliklarini uzatish usullari kiradi. Metrologiya hal qiladigan masalalarning bir qismi ilmiy xarakterga ega. Metrologiyaning funda­mental asoslarini ishlab chiqadigan fan yo’nalishi nazariy metrologiya deb nomlanadi. Ayrim hollarda fundamental metrologiya atamasi ham ishla­tiladi.


Jamiyat manfaatlari yo’lida o’lchash birliligiga va talab qilingan o’lchash aniqligiga erishish yo’llari, fizik katta­liklar birliklari, etalonlar, o’lchash vositalari va usul­larini ishlatish bo’yicha majburiy texnik va yuridik talab­larni belgilaydigan metrologiya bo’limi qonunlash­tiril­gan metrologiya deb nomlanadi.
Qonunlashtirilgan metrologiya qoidalari va nazariy metrologiyaning ishlab chiqqan masalalarini amaliy qo’llash bo’limi amaliy metrologiya deb nomlanadi.
Korxona va tashkilotlarda mahsulotni talab qilingan aniqlik bilan o’lchash vositalarini ishlab chiqish, o’lchash vositalarini davlat tekshiruvidan o’tkazish, o’lchov vosita­larini idoraviy qiyoslash, o’lchashlar holatini tasnif qilish amaliy metrologiya oldida turgan vazifalarga kiradi.
Ushbu fanni tushunish uchun metrologiyaga oid asosiy atama va qoidalarni bilish zarur. Ayrim atamalarning ta’riflari o’z o’rnida beriladi, ammo bir qator atamalarni metro­logiyani o’rganishning birinchi bosqichidan boshlash kerak.
O’lchash – fizik kattalikning qiy­ma­tini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo’li bilan topish.
O’lchashlar birliligi – o’lchash natijalari qonunlash­ti­rilgan kattalik birliklarida ifodalangan, o’lchov xato­liklari esa berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegara­lardan chiqmaydigan o’lchashlar xatoligi.
O’lchash xatoligi – o’lchash natijasining o’lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan og’ishi.
O’lchash aniqligi – o’lchash natijasining o’lchanayotgan katta­likning haqiqiy qiymatiga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifati.
O’lchash vositasi – o’lchashlarda foydalaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vosita. Texnik qo’llanishi bo’yicha o’lchash vositalariga, o’lchash asboblariga, o’lchash o’zgartgichlariga, yordamchi o’lchash vositalariga, o’lchash qurilmalariga va o’lchash tizimlariga bo’linadi.
O’lchov – berilgan o’lchamdagi kattalikni qayta tiklash va yoki saqlash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi. O’lchov­lar quyidagi turlarga ega: 
bir qiymatli o’lchov – bitta birlikdagi fizik katta­likni qayta tiklash uchun mo’ljallangan o’lchov (masalan, 1 kg li taroz toshi);
ko’p qiymatli o’lchov – fizik kattalikning turli xil o’lchamdagi qatorini ifodalovchi o’lchov (masalan, millimetrli lineyka jismni uzunligini santimetr va millimetrlarda aniqlashi mumkin);
o’lchovlar to’plami – bitta yoki bir nechta fizik kattalikning har xil o’lchamdagi o’lchovlari komplekti bo’lib, amaliyotda alohida ham, birgalikda ham qo’llash uchun mo’ljallangan (masalan, laboratoriya tarozi toshlari);
o’lchovlar magazini – o’lchovlar to’plami bo’lib, bitta qurilmaga konstruktiv jihatdan yig’ilgan va ularni har xil kombinatsiyada yig’ilishi uchun moslamaga ega (masalan, qarshiliklar magazini).
O’lchash asbobi – kuzatuv­chining bevosita ishtirok etishi uchun qulay shakldagi o’lchov axboroti signalini hosil qilish uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi. O’lchash asboblari har xil alomati bo’yicha tasnif­lanadi.
Qator asboblar sanash qurilmasi bo’yicha qayd qilingan kattalikning qiymatini aniqlashga imkon beradi. Bu asboblar ko’rsatkichli asbob deb nomlanadi. Ko’rsatkichlarni qayd qilish ko’zda tutilgan o’lchash asbobi qayd qiluvchi asbob deb nomlanadi.
O’lchash qurilmasi – kuzatuvchi tomonidan bevosita qabul qilish uchun qulay shakldagi o’lchash axborot signallarini hosil qilishga mo’ljallangan hamda bir joyda joylash­gan o’lchash vositalari (o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartgichlari) va yordam­chi qurilmalarning funksional jihatdan birlashtirilgan majmuyi.
O’lchash tizimi – avtomatik ishlov berish, uzatish va yoki avtomatik boshqarish tizim­larida foydalanish uchun qulay shakldagi o’lchash axboroti signallarini hosil qilish uchun mo’ljallangan, nazorat qilinuvchi ob’ektning turli nuqtalarida joylashgan va aloqa kanallari bilan o’zaro tutashtirilgan o’lchash vosita­lari (o’lchovlar, o’lchash asbob­lari, o’lchash o’zgartgichlari) va yordamchi qurilmalar majmuyi.
O’lchash-hisoblash majmui – EHM va qo’shimcha qurilma­lar, o’lchash tizimi tarkibida aniq o’lchash masalasini yechish uchun mo’ljallangan o’lchash vositalarining birgalikdagi funksional yig’indisi.
O’lchash o’zgartgich – katta­likni o’zgartirish, ishlov berish va yoki saqlash va chop etish uchun qulay o’lchov axboroti shaklidagi signalni hosil qilish uchun mo’ljallangan texnik vosita.
O’zgartgich xarakteri bo’yicha quyidagilarga ajratiladi: analog, analog-raqamli, raqamli-analog o’zgartgichlar. O’lchash zanjiridagi ishlatiladigan joyi bo’yicha birlamchi va oraliqdagi o’zgart­gichlarga ajratiladi. Birlamchi o’zgartgich – o’lchanadi­gan kattalikka bevosita ta’sir etadigan o’lchash o’zgartgichi, ya’ni o’lchash asbobi o’lchash zanjiridagi birinchi o’zgartgich.
Yordamchi o’lchash vositasi – o’lchov natijasini talab qilingan aniqligini olish uchun asosiy o’lchash vositasi yoki o’lchash ob’ektiga ta’sirini ko’rsatuvchi fizik kattalik vositasi.

O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik ta’minotning me’yoriy-huquqiy asoslari


Aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik ta’minotni (MT) shakllantirishning qonunchilik asoslari O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to’g’risidagi» qonuni orqali aniqlangan.


O’zbekiston Respublikasida o’lchashlarning birligini ta’minlash davlat tizimi o’lchashlar aniqligini baholash va ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish hamda o’tkazish metodikasini belgilaydigan standartlar bilan o’rnatilgan qoidalar, talablar va me’yorlar majmuidir.
Davlat standartlari o’lchash vositalarini ishlab chiqarish va metrologik ta’minot sohasiga taalluqli tarmoqlararo qo’llashlar hamda talablarni o’rnatadi. O’lchashlar birliligini ta’minlash tizimini standartlashtirishning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat:
– fizik kattaliklar birliklari;
– atamalar va ta’riflar;
– o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash;
– o’lchash vositalari tiplarini sinash va tasdiqlash;
– fizik kattaliklar etalonlari;
– o’lchashlarni bajarish metodikalari va boshqa normativ hujjatlar.
Standartlar aloqa va axborotlashtirish sohasining metrologik ta’minoti doirasida ko’rsatiladigan xizmatlarga qo’yiladigan talablarni, shuningdek, qoidalar, me’yorlar (normalar), talablarni o’rnatadi.
Metrologik xizmatlarning faoliyatini reglamentlovchi (tartibga soluvchi) tarmoq standartlariga quyidagilar taalluqlidir:
– loyihaviy konstruktsiyalik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi;
– o’lchashlarni bajarish metodikalari;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning metrologik ta’minotini takomillashtirish bo’yicha ishlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodlari;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda metrologik ta’minotning holati va metrologik xizmatlarning faoliyati ustidagi idoraviy nazorat hamda kuzatib borish;
– o’lchashlar turlari bo’yicha lokal qiyoslash sxemalari;
– aloqa va axborotlash sohasida o’lchash vositalarini hisobga olish tizimi;
– o’lchash vositalarini metrologik attestatsiyalash, qiyoslash va ta’mirlashga doir vaqt me’yorlari va boshqalar.
Tarmoq standartlari O’zbekiston Respublikasi va davlatlararo standartlarning majburiy talablarini o’z ichiga oladi. Bu talablarning tarmoq standartlaridagi qiymati (ahamiyati) davlat standartlarida o’rnatilgan qiymatlaridan past bo’lmasligi lozim.
Davlat va tarmoq standartlarini xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish texnik vositalar, xizmatlar ko’rsatish jarayonlarining o’zaro almashinuvchanligini ta’minlash hamda o’lchashlar natijalarini o’zaro tan olish talablari asosida qurilishi lozim.
Aloqa va axborotlashtirish sohasining o’lchash vositalaridan foydalanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun axborot olishning mufassal manbai texnik shartlardir.
Korxonalarning standartlari faqat shu standart ishlab chiqilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda qo’llaniladi.
Korxonalarning mahsulot, o’lchashlar, xizmatga oid standartlari va texnik shartlari talablari xalqaro standartlar, davlatlararo va O’zbekiston davlat standartlari talablariga zid bo’lmasligi lozim.
Download 20,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish