Aloqa sohasining tashkiliy tuzilishi. Aloqa kichik tarmoqlari. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
Axmedxo’jayev Ahmadxo’ja
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
barcha foydalanuvchilar uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishning erkinligi;
standartlar, normalar va qoidalarning yagonaligi;
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
yozishmalar, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini sir tutishga rioya etilishi;
pochta va kuryerlik jo‘natmalari tranzitining erkinligi.
Pochta aloqasi xizmatlari
Pochta aloqasi xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari tomonidan pochta va kuryerlik xizmatlari tarzida ko‘rsatiladi.
Pochta xizmatlari quyidagilardir:
pochta jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish);
pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini, shu jumladan pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish);
pochta jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini tezkor pochta rejimida jo‘natish va yetkazib berish (topshirish).
Kuryerlik xizmatlari kuryerlik jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berishdir (topshirishdir).
Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari
Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga doir talablar;
pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumlaridan (shtamplar, shtempellar, muhrlardan) foydalanish tartibi;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish standartlari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining turlari hamda ularning texnik tavsiflari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibi;
pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini, shu jumladan pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibi;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini saqlash muddatlari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qayta jo‘natish hamda qaytarish shartlari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini ushlab turish va ko‘zdan kechirish tartibi;
foydalanuvchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi doirasida jo‘natiladigan pochta va kuryerlik jo‘natmalaridan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni olib qo‘yish tartibi;