Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarni oldini olaylik



Download 30,19 Kb.
Sana13.02.2017
Hajmi30,19 Kb.
#2452
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarni

oldini olaylik.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 oktyabrdagi PF-4475- son farmoni bilan Davlat aloqa inspektsiyasi negizida tashkil topgan. O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi 355- son qarori bilan tasdiqlangan "Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tehnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (kelgusi matnlarda - Inspektsiya) to‘g’risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.



Inspektsiyaning asosiy vazifalari quyidagilar ustidan nazorat olib borishdan iboratdir:

- mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish hizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsityalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, tehnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;

- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan me’yorlarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;

- ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat hizmatlari ko‘rsatilishi;

- elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yhatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi;

- jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;

- pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ko‘rsatiladigan hizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilinishi;

- telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o‘z vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishi ta’minlanishi;

- Respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi me’yorlarga muvofiqligi;

- ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi;



- radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;

- pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarning ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanktsiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi.

Mazkur Nizomga muvofiq ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida profilaktika ishlarini amalga oshirish maqsadida:

- ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amaldagi me’yorlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yahshilashni, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni profilaktika maqsadida o‘rganilishi;

- aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoida buzilishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi kabi funktsiyalar Inspektsiyaga yuklatilgan.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining (kelgusi matnlarda - Kengash) yig‘ilish bayonnomalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, Inspektsiya tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida profilaktika ishlarini tashkil etishga alohida ahamiyat berilishini, tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishiga qaratilganligini ta’kidlash lozim.

Inspektsiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar (tekshirish, hamkorlikdagi o‘rganish va reydlar) jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga hamda sifat ko‘rsatkichlari me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Har yilning boshida Inspektsiyaning rahbari buyrug‘i bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘rtasida profilaktika – targ‘ibot ishlari yuzasidan chora - tadbirlar Rejasi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, har bir viloyat tarkibiy bo‘linmasi tomonidan barcha tumanlarni qamrab oladigan profilaktika tadbirlari Rejalari ishlab chiqiladi. Mazkur Rejalarga muvofiq har bir tumanda joylashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun seminar va "Ochiq eshiklar" tadbirlari o‘tkazilib kelinadi. Inspektsiyaning Markaziy apparati bo‘limlari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari bilan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘tkaziladigan seminar va "Ochiq eshiklar" tadbirlari o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumotlar ommaviy - axborot vositalari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida elon qilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tasdiqlangan Rejaga muvofiq sohaviy "Xabar" ro‘znomasida Inspektsiyaning har bir bo‘lim va hududiy bo‘linmalari tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid uchraydigan muammolar, nazorat tadbirlari natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklar, qaysi me’yoriy hujjatlarga rioya etilmagan holda kelib chiqilishi va ularni bartaraf etilishi yuzasidan maqolalar yoritilib boriladi.

Inspektsiya va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan o‘zaro shartnoma asosida ularning faoliyatlarini hamkorlikdagi o‘rganishlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur o‘rganishlar davomida Inspektsiya tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilgan holda faoliyat yuritilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, Inspektsiyaning yosh xodimlari uchun bevosita texnologik jarayonni kuzatish bilan o‘z bilimlari va malakalarini oshirish imkoniyati yaratilib beriladi.

Inspektsiyaning www.gis.uz web-sayti yaratilgan. Mazkur saytda Inspektsiya rahbarlarining qabul kunlari, "Ishonch telefonlari" raqamlari keltirilgan. Bo‘lim va hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur saytda yoritilishi maqsadida har oy muntazam ravishda maqolalar tayyorlanadi va joylashtiriladi. Inspektsiyaning web-saytida bevosita sohaga oid amaldagi qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ularni qiziqtirgan muammolar bo‘yicha savollar kiritilib borilishi, ularga javoblar taqdim etilishi imkoni mavjud. Faoliyatni har bir yo‘nalishi bo‘yicha asosiy uchraydigan kamchiliklar hamda ushbu kamchiliklarni oldini olish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Masalan, telekommunikatsiyalar, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, radioeshittirish va televidenie, mobil aloqa tarmoqlarida faoliyat yuritish jarayonida ko‘p uchraydigan kamchiliklardan:

- ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish, modernizatsiya qilish jarayonida provayderlar tomonidan qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida qoida va me’yorlarga amal qilinmasligi;

- yangi o‘rnatilgan yoki foydalanilayotgan qurilmalarda muvofiqlik sertifikatlarining mavjud emasligi;

- texnik vositalarning parametrlari va tavsiflari o‘zgarishi munosabati bilan litsenziya kelishuvi shartlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmasligi;

- yuridik shahs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki pochta manzili o‘zgargan taqdirda litsenziya o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirilmasligi;

- profilaktika ishlari o‘tkazilmasligi, texnik vositalar parametrlarini o‘lchash davriyligiga amal qilinmasligi va o‘lchov vositalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazilmasligi;

- teleradioeshittirish ob’ektlarining belgilangan talab bo‘yicha xavfsizligi va qo‘riqlanishi ta’minlanmasligi;

- kabel (efir kabel) televideniyesi tarmoqida xorijiy ommaviy axborot vositalari mahsuloti tarqatilishi jarayonida amaldagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibga amal qilinmasligi;

- kabel (efir kabel) televideniyesi xizmatlarini analogli formatdan raqamli formatga o‘tkazish jarayonida abonentlar bilan tushuntirish ishlarini yomon yo‘lga qo‘yilishi natijasida murojaatlarni ko‘payib ketishi;

- statistik hisobotlarning haqqoniyligi ta’minlanmasligi;

- liniya-kabel va statsionar inshootlarning pasport ma’lumotlari yangilanmasligi;

- fuqarolarning murojaatlari yuzasidan ishlar me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq olib borilmasligi;

- metrologik ko‘rikdan o‘tkazish muddati o‘tib ketgan o‘lchov vositalaridan foydalanish holatlari kuzatilishi;

- belgilangan tehnik normalarga mos kelmaydigan havfli kesishmalar mavjudligi;

- ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati ko‘rsatkichlari buzilishi holatlari mavjudligi.

Pochta va matbuot tarqatish yo‘nalishi bo‘yicha:

- hat-habarli jo‘natmalarning o‘tish nazorat muddatlari buzilishi;

- hizmat ko‘rsatish joylarida pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, jo‘natish uchun rasmiylashtirish, topshirish tartibi va tariflarning qo‘llanilishi, ish kuni ohirida mas’ul shahs tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilinmasligi;

- pensiya va nafaqalarni to‘lash me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinmasligi;

- davriy matbuot nashrlarining iste’molchilarga belgilangan nazorat muddatlaridan kech etkazilishi;

- pochta jo‘natmalari etkazib beruvchi aloqa bo‘limlariga kelib tushganidan keyin adresatlarga kechiktirib topshirilishi;

- obunani qabul qilish joylarida va kiosklarda mijozlar e’tibori uchun ma’lumotlar to‘liq yozib qo‘yilmasligi holatlari mavjudligini ko‘rsatib o‘tish lozim.

Mazkur kamchiliklarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o‘z ish faoliyatida yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning vaqtida bartaraf etilishi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida hizmat ko‘rsatish sifatini belgilangan me’yorlarda ta’minlanishiga kafolatdir.

Inspektsiya tomonidan olib boriladigan nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Aniqlangan kamchiliklar jinoiy hususiyatga ega bo‘lgan taqdirda, rasmiylashtiriladigan ma’lumotlar tegishli idoralarga taqdim etiladi.

Shuningdek, Inspektsiyaga ham ta’sir choralarini ko‘rish vakolati berilganligiga ahamiyat berib o‘tish lozim.

Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
14 avgustdagi 318-son "Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar) to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan "Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalarni hisoblash" tartibiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar qo‘llanilishi amaliyoti mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘q‘risidagi Kodeksning 263- moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasiga ushbu Kodeksning 151- "Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash" moddasining birinchi qismida,


152- "Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish" moddasining birinchi qismida, 153- "Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish", 154- "Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish" va 156- "Avtomat telefonlarni shikastlantirish" moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Mazkur choralar ko‘rilmasligini oldini olish maqsadida avvalam bor xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o‘z ish jarayonini belgilangan me’yorlarda ta’minlab borilishi maqsadga muvofiqdur. Ushbu haqiqatni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida hizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chuqur anglab olishlari zarur.




Inspeksiyaning Maxsus ishlar

bo`limi boshlig`i R.Alavutdinov
Download 30,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish