Alohida yordamga muhtoj bolalarning tafakkur va predmetli amaliy faoliyati xotira turlari



Download 108,73 Kb.
Sana04.04.2020
Hajmi108,73 Kb.
#43125
Bog'liq
тафаккур, амалий фаолият

Alohida yordamga muhtoj bolalarning tafakkur va predmetli amaliy faoliyati

xotira turlari

  • 1. Yetakchi analizatorlarga ko‘ra:
  • - ko‘rish;
  • - eshitish;
  • - sezish;
  • - hid bilish;
  • - ta’m bilish.
  • 2. Eslab qolish davomiyligiga ko‘ra:
  • - qisqa muddatli;
  • - uzoq muddatli;
  • - tezkor.
  • 3. Predmet, faoliyat materialiga ko‘ra:
  • - harakatlantiruvchi;
  • - hissiy;
  • - tasavvurli;
  • - og‘zaki.
  • 4. Ruhiy faollik shakliga ko‘ra:
  • - ixtiyoriy;
  • - ixtiyorsiz;
  • - ixtiyoriydan so‘nggi.

XOTIRA JARAYONLARI

XOTIRA JARAYONLARI

  • esda olib qolish
  • eslab qolinishini saqlanishi
  • kelgusida qayta tiklanishi
  • unutish
  • Xotiraning individual farqlari uning jarayonlari xususiyatida namoyon bo‘ladi, ya’ni turli xil insonlarda eslab qolish va qayta tiklash qanday qilib amalga oshirilishida va aynan nima eslab qolinishida namoyon bo‘ladi. Individual bo‘lib eslab qolish tezligi, aniqligi mustahkamligi va qayta tiklashga tayyorgarlik hisoblanadi. Bu tavsiflar, shuningdek, yuqori nerv faoliyati turlari xususiyati, qo‘zg‘alishi va tormozlanish jarayonlari harakatchanligi bilan bog‘liq.

Tafakkur – atrofdagi borliqni aks etishiga imkon beradigan inson bilish faoliyatini oliy shakli, predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatni o‘rnatadi.


Tafakkurning asosiy vazifalari:

- umumiy o‘zaro aloqalarni o‘rnatish;

- muayyan sinf hodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiyatini tushuntirish;

- bir xil guruh hodisalari xossalarini umumlashtirish.


Tafakkur turlari

1. Shakliga ko‘ra:

- ko‘rgazmali – ta’sir qiluvchi;

- ko‘rgazmali – tasavvurli;

- mavhum – tasavvurli.

2. Yangiligi va o‘ziga xosligi darajasiga ko‘ra:

- reproduktiv (qayta tiklovchi);

- produktiv (ijodiy).

3. Xal qilinadigan vazifalar tavsifiga ko‘ra:

- nazariy;

-amaliy;

4. Tuzilishiga ko‘ra:

Diskursiv;

  • -intuktiv.

Tafakkur quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

  • - tahlil qilish (hayoliy predmet, hodisa, holatlarni qismlarga ajratish va tarkibiy belgi, qism, taraflarni aniqlash);
  • - sintez (turli xil belgilar o‘rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyoslashni o‘rgatishi);
  • - mavxumlashtirish (predmet asosiy xossalarini asosiy bo‘lmaganlardan ajratish);
  • - solishtirish (qandaydir ob’ektlarni taqqoslash va ulardagi umumiy yoki farqli belgilarni ajratish);
  • - umumlashtirish (ikki yoki bir kancha taqqoslash va umumiysini ajratish).

Tafakkur tuzilishga quyidagilar kiradi:

Tafakkur tuzilishga quyidagilar kiradi:

  • - vazifa shartlarini tushinishi, tegishli belgilarni tahlil qilish, belgi va bog‘liqliklarni ajratish;
  • - strategiyani ishlab chiqish;
  • - muvaffakiyatli bajarish usullarini qidirish (bajaruvchi bosqich);
  • - javobni topish;
  • - boshlang‘ich shartlar bilan natijalarni qiyoslash;

Tafakkur shakllari, tushinishi, to‘g‘ri uylashi, xulosa chiqarishi fikrni so‘zlar bilan ifodalash bosqichlari:

  • fikr, uy bildirish sababini aniqlash, bildirish sxemasini yaratish;
  • - grammatik tuzilishlarini faollashtirish – tashqi yopiq nutq orkali fikr bildirish.


Inson faoliyati odamlarga xos bo’lgan har xil ehtiyojlar asosida yuzaga kеladi.

Faoliyatning o’zi ehtiyojlarni qondira oladigan yo’l hamda vositalarni izlash va shuning bilan birga, ehtiyojni qondiradigan harakatlardan iborat bo’ladi.

Faoliyatning asosiy turlari – mеhnat, o’yin va o’qishdan iboratdir.



Faoliyatning istalgan turi odamda tеgishli ko’nikma va malakalar bilan amalga oshiriladi.

KO’NIKMALAR

  • Ko’nikma – shunday aqliy hamda jismoniy harakatlar, usullar va yo’l-yo’riqlardan iboratdirki, bular yordami bilan qandaydir maqsadga erishiladi yoki ayni bir faoliyat amalga oshiriladi. Masalan, ayrim harflarni yozish usul­lari, ko’paytirish va bo’lish usullari, boltani ushlash va mix qoqish yoki tеmirni toblashda bolg’a urish usullari shular jumlasidandir.
  • Ko’nikmalarni bilim bilan aralashtirish yaramaydi. Albatta, har qanday ko’nikma bilim bo’lishini taqozo etadi. Lеkin bilimiing ko’nikma bilan bog’liq bo’lishi shart emas.
  • Bilimlar, asosan, voqеlik to’g’ri aks ettiriladigan hukm va mulohazalarda ifodalanadi. Ko’nikmalar esa, ko’proq aqliy yoki jismoniy harakatlarda ifodalanadilar.

MALAKALAR

  • Malakalar – biron ish-harakatning mustahkamlangan va avtomatlashgan yo’l va usullari bo’lib, bu yo’l va usullar, odatda, murakkab ongli faoliyatni bajarishda qo’llanadi. Masalan, maktabdagi dars o’qituvchi uchun ham, o’quvchilar uchun ham murakkab ongli faoliyatdir. Lеkin dars paytida o’qituvchi ham, o’quvchilar ham malaka bo’lib qolgan bir qator avtomatlashgan, ko’nikilgan harakatlar qiladilar: qalam yoki ruchkani qanday ushlash kеrakligi haqida hеch bir o’ylamay, ishlatavеradilar; ayrim harf va so’zlarni yozishda qalam yoki pеroni qanday yurgizish kеrakligini o’ylab o’tirmay, yoza bеradilar.

KO’NIKMA VA MALAKALARNING TURLARI

  • O’qituvchilar hosil qilgan ko’nikma va malakalarni uch turga bo’lish mumkin: ta'lim, unumli mеhnat va sport sohasiga doir ko’nikma va malakalar.
  • 1. Ta'lim sohasiga doir ko’nikma va malakalar
  • 2. Unumli mеhnatga doir ko’nikma va malakalar. Unumli mеhnatga oid ko’nikmalar va malakalar, asosan, harakat a'zolari bilan bog’liq ko’nikma va malakalardir.O’quvchilarda unumli mеhnat ko’nikma va malakalari, asosan, politеxnika ta'limi jarayonida hosil bo’ladi.
  • Sport ko’nikma va malakalari

ODATLAR

  • Mеhnat va o’qish jarayonida ko’nikma hamda malakalar bilan birga odatlar ham katta o’rin egallaydi.
  • Odatlar, xuddi malakalar singari, yangidan hosil qilingan, mustahkamlangan va avtomatlashtirilgan ish-harakatlardir lеkin malaka va odat aynan bir narsa emas, ular bir-biridan farq qilinadi.
  • Masalan, bunga quyidagi odatlarni ko’rsatish mumkin: masalan bir vaqtda uyqudan turish, ovqat oldidan qo’lni yuvish, ishda asboblarni ma'lum bir joyga qo’yish va shuning kabilar.

Odatlarning ahamiyati

  • Odatlarni hosil qilish jarayoni, xuddi malakalarni hosil qilish jarayoni singari, ya'ni bir xildagi harakatlarni asosan ko’p martalab takrorlab bеrish orqali sodir bo’ladi.
  • Odatlar inson ongining barcha faoliyatini va xususan, tafakkur hamda diqqatini tartibli qiladi, bizda o’ylash odati va o’ylashning odat bo’lib qolgan usullari, diqqatli bo’lish odati va odat bo’lib qolgan diqqat vujudga kеlishi mumkin. Juda ko’p odatlar xaraktеrimizning xislatlariga aylanib qoladi.
  • Shuning uchun, ijobiy odatlarni paydo qilish kishini eng kichik yoshdan boshlab tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir.

Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.

Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat

Ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi.

Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.


Faoliyat turlari

O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma‟naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.

O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko„nikmalar o„zlashtiriladi.

Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne‟matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.


Download 108,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish