Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so`zlar taqlid so`zlar deyiladi. Bunday so`zlar ma’no jihatidan ikki turga bo`linadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo`o`, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g`a-g`a, qag`-qag`, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g`ivir-g`ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid so`zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo`llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so`zlar orasiga chiziqcha qo`yiladi. Taqlid so`zlar mustaqil so`zlar kabi gap bo`lagi bo`la oladi: SHamol g`ir-g`ir (hol) esmoqda. Tovushga taqlid so`zlar ba’zan otlashib, ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to`ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g`ovur-g`ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug`ur-chug`urning to`xtashi amri mahol. His–hayajon, buyruq – xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar: 1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilardan; 2) buyruq – xitob: qurey – qurey, tu -tu, pish – pish, kisht kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan lug‘aviy ma’noga ega emasligi bilan farqlanadi. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) so‘roq: Men ham boraman, a? 2) ajablanish: Buni qarang, a! 3) kamsitish: E, shu ham ish bo‘ldi-yu. 4) qo‘rqinch: I-i, yiqilib ketaman; 5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!? 6) ishonchsizlik: Be, qo‘ysang-chi bu gapingni; 7) achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng; 8) norozilik: E, qo‘ying-ye; 9) mamnunlik: Ehe, ishlar joyida-ku! kabilar shular jumlasidandir.
Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi.
Undovlar yakka hamda juft holda va takrorlanib qo‘llanadi: a, ah, eh, ohho, oh-voh, balli, dod-voy, bay-bay, hay-hay…
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.Ma’nosiga ko‘ra undovlar ikki turli bo‘ladi.
1. His-hayajon undovlari: o, oh, voy, ura, xayr, obbo, hayf, a, ah, i, ie, v.h. M: O, quyosh parchasi, berib xushxabar,
Hayot rubobini yangratuvchisan (A. Umariy)
Eh! Shahrimiz naqadar go‘zal. Obbo, juda oshirib yubording. Bay-bay, tiling juda achchiq. Be, shunga ham xafa bo‘ldingmi?..
Mazkur undovlar kishilarning diqqatini tortish, qushlar, hayvonlar va boshqa jonivorlarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: hoy, allo, ey, ma, jim, marsh; kisht, chuh, chu, tu-tu, cho‘k, tek, beh-beh, mah-mah. M: Otliqlar gaplashmas, har zamon-har zamon otga bir qamchi bosib, chu deb qo‘yilardi. Atrofdan beh-beh, tu-tu degan tovushlar eshtilardi.
Bunday undovlar nutqda ko‘proq deb, degan so‘zlari bilan qo‘llanadi va gapda aniqlovchi, hol vazifasida keladi.
Undov so‘zlarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishda tinish belgilarining roli katta. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda ham undov so‘zlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Undov so‘zlarning uslubiy roli, undov so‘zli gap ohangi, gapni qiroat bilan o‘qishga o‘rganish bo‘yicha quyidagi amaliy ishlarni bajarish foydali:
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |