Joylashuv o‘rn i va chegarasi. Qo‘riqxona Amudaryo o‘ng sohilida Sultonuvays tizmasi yonbag‘rida Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqhonalar va milliy bog‘lar hamda ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi tasarrufiga kiradi.
Hudud oval shaklda, janubda Amudaryo daryosi bilan tutashgan, janubi- sharkdan shimoli-g‘arbga yo‘naltirilgan va Taldiq o‘rmoni bilan chegaradosh, shimoldan va shimoli-g‘arbda esa Ko‘kdaryo oqimi bilan tasmalangan. 1969 yilda Ko‘kdaryoning Amudaryo bilan tutashgan yuqori irmog‘i to‘g‘on bilan bo‘g‘ilgan, hozirgi paytda Ko‘kdaryoga Biybozor kollektorining suvi quyilmoqda.
1971 yilda qo‘riqxonaning 1362 ga maydoni muhofaza etiladigan hudud sifatida ajratilgan. U qo‘riqxonaning shimoliy va sharqiy tomoni bo‘ylab ensiz 500 dan 700 metrgacha tasma shaklida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |