1.2.CHuchuk yеr оsti suvlаri mаnbаlаri shаkllаnаdigаn mintаqаlаrni muhоfаzа qilish.
O’zbеkistоn Rеspublikаsining «Аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаr to’g’risidа»gi qоnunigа (7.05.1993y.) аsоsаn chuchuk еr оsti suvlаri shаkllаnаdigаn mintаqа tаbiаt iflоslаnishdаn muhоfаzа qilinmаgаn bo’lib, аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаr (III tаrtib) sifаtidа аjrаtilgаn vа хo’jаlik fаоliyati chеgаrаlаngаn hоldа еr оsti suvlаri qаt’iy nаzоrаtgа оlingаn.
Аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаr, ya’ni chuchuk еr оsti suvlаri shаkllаnаdigаn mаnbаlаr mintаqаsi dаryo vоdiylаri, kоnus yoyilmаlаri, tоg’ оldi shlеyflаridа mujаssаmlаshgаn bo’lib, gidrоgеоlоgik аsоsgа tаyanib аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаr tаshkil etish, ulаrdаn fоydаlаnish vа rivоjlаntirish bo’yichа tаvsiyalаr bеrilgаn. Gidrоgеоlоgik mа’lumоtlаr tаhliligа аsоslаnib 19 tа mаnbаgа аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаr mаqоmi bеrilgаn. SHulаrdаn 11 tаsi rеspublikа аhаmiyatidаgi, qоlgаn 8 tаsi vilоyat аhаmiyatidаgi hududlаrdir.
1-jаdvаl
CHuchuk suvlаr shаkllаnuvchi mintаqаlаr mаnbаlri
№
|
Mаnbаlаr nоmi
|
Gеоlоgik tip
|
SHаkllаnish mintаqаsi mаydоni kv.km.
|
Qаysi mа’muriy hududgа tааlluqliligi
|
1
|
O’sh-Аrаvаn
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
176
|
Аndijоn
|
2
|
Nоrin
|
Dаryo vоdiysi
|
72
|
Nаmаngаn
|
3
|
So’х
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
172
|
Fаrg’оnа
|
4
|
CHimyon Аuvаl
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
14,0;41,5
|
Fаrg’оnа
|
5
|
CHirchiq
|
Dаryo vоdiysi
|
252
|
Tоshkеnt
|
6
|
Оhаngаrоn
|
Dаryo vоdiysi
|
176
|
Tоshkеnt
|
7
|
Zаrаfshоn dаryosining hоzirgi vоdiysi
|
Dаryo vоdiysi
|
184
|
Sаmаrqаnd
|
8
|
Tоg’ оldi (SHim.Nurоtа)
|
tоg’ оldi shlеyfi
|
90;40;44
|
Jizzах
|
9
|
Sаndоr
|
Dаryo vоdiysi
|
8
|
Jizzах
|
10
|
Kitоb-SHаhrisаbz
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
96;64
|
Qаshqаdаryo
|
11
|
SHimоliy Surхоndаryo
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
144
|
Surхоndаryo
|
12
|
Оlmоs-Vоrziq
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
40;64
|
Nаmаngаn
|
13
|
Iskоvоt-Pishkаrоn
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
36
|
Nаmаngаn
|
14
|
Chеfаrа
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
24
|
Fаrg’оnа
|
15
|
CHimyon
|
tоg’ mаssivi
|
|
Tоshkеnt
|
16
|
Nurоtа
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
49;28
|
Nаvоiy vа Sаmаrqаnd
|
17
|
Rоvоt-Zоmin
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
25
|
Jizzах
|
18
|
Хo’djаnpаn
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
20
|
Surхоndаryo
|
19
|
Pаshhоvuz
|
Kоnus-yoyilmаsi
|
48,5;70
|
Surхоndаryo
|
Hоzirdа yanа shundаy mаnbаlаrni izlаsh, o’rgаnish bo’yichа rеspublikаning turli hududlаridа kеng ko’lаmdа tаdqiqоt ishlаri аmаlgа оshirilmоqdа. Vаzirlаr Mаhkаmаsining bu mаsаlаgа dоir qаtоr qаrоrlаri mаvjud.
O’zbеkistоndа suvni muhоfаzаlоvchi mintаqаlаr vа suv hаvzаlаri qirg’оqbo’yi mintаqаlаri tаshkil etish bo’yichа hаm аmаliy ishlаr оlib bоrilmоqdа.
Hоzir rеspublikа bo’yichа hоkimiyatlаr tоmоnidаn аniqlаngаn vа tаsdiqlаngаn 31 tа dаryodа (umumiy miqdоrning 83 %i) vа 76 tа sоydа (69 %i), 2216 kаnаldа (88 %), 3316 kоllеktоrdа (85 %) vа 52 tа suv оmbоridа (91 %) suvni himоya qiluvchi mаydоnlаr mаvjud. Birоq, Оrоl dеngizining qurishi bilаn bоg’liq muаmmоlаr bu bоrаdаgi ishlаrgа jiddiy to’sqinlik qilmоqdа.
Umumаn, rеspublikа suvni muhоfаzа qilish vа qirg’оq mintаqаsidаgi 5693 suv оb’еktidа yoki 92 %idа bu bоrаdаgi ish bаjаrildi (1998 y.). Bu yo’nаlishdаgi ishlаr dаvоm ettirilmоqdа.
II.BOB. O’RTA OSIYO QO‘RIQXONALARI
2.1. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning alohida muhofaza
Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy komponentlarning o‘zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‘p shakllari mavjud. Bular: qo‘riqxonalar, zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‘laridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‘z holicha maxsus rejim bilan qo‘riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‘jalikda o‘zlashtirishdan bevosita ajratib olinib qo‘riqlanadigan tabiiy ob’ektlardir. Hududning ayrim uchastkalarini muhofaza qilishda maxsus rejimini o‘rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi sharoitida inson xo‘jalik faoliyati natijasida keskin o‘zgarayotgan va kamayayotgan yer tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‘lishiga asoslanadi. Bunday uchastkalarni qo‘riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar, tabiat yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning tasnifi ishlab chiqilmagan. Ularni bo‘lishda qo‘yidagi belgilarga amal qilinadi: 1) muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va harakteri; ulardan xo‘jalikda foydalanishni butunlay man etish; fan va turizm manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab chiqarish (tiklash); ma’rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni muhofaza qilish va hokazo; 2)muhofaza qilinadigan ob’ektlarning murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun landshaft, tabiiy boylik turlari); 3) o‘rnatilgan va chegaralangan cheklovning davom etishi (resurslardan foydalanish umuman man qilinganmi yoki foydalanish ma’lum muddatga limitlanganmi).O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning alohida muhofaza Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy ko‘rinishlari bir xil emas va «qo‘riqxona», «milliy park», «rezervat», «zakaznik» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida muhofaza qilinadigan yoki qo‘riqlanadigan hududlar – landshaftlar - qo‘riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishining oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobidir.
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: - bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa - (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan!Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi.Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Qo’riqxona nima? Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi.
O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi.
1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qo’riqxonasi deyiladi.1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma'lumotlar berilgan.O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |