Almosova Sh. S



Download 29,04 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi29,04 Kb.
#76679
Bog'liq
02.Almosova

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGINI TA’MINLASHDA INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI MILLIY QONUNCHILLIKKA O’ZGARTIRISHLAR KIRITISH MASALALARI


Almosova Sh.S.

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Tel: +998977191560

alshahknoza@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilishning umumiy holati va bu borada optimal himoya rejimini yaratishga bo’lgan ehtiyoj, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zoligini ta’minlashda tashkilotning intellektual mulk bo’yicha me’yorlari jamlanmasi hisoblangan TRIPS bitimi haqida batafsil to’xtalib o’tiladi.

Kalit so’zlar: intellektual mulk, himoya rejimi, huquq egasi, intellektual qiymat, intellektual faoliyat yutuqlari, minimum standartlar.


Bugun O‘zbekiston iqtisodiyotining oldida turgan muhim masalalardan biri Jahon Savdo Tashkilotining teng huquqli a’zosi bo‘lishdir. Ko’p olimlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tanlagan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, ochiq demokratik jamiyat qurishga qaratilgan yo‘liga xalqaro savdo tizimida faol ishtirok etmay va uning afzalliklaridan foydalanmay turib, erishib bo‘lmaydi. Bular orasida eng ochig'i va bashorat qilish mumkin bo‘lgan Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga a'zo mamlakatlar bozorlariga kirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun maqbul shart-sharoitlarni, savdo-sotiqning jahon qoidalarini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyatini yaratish, savdo-sotiqqa doir nizolarni hal etishning JST tizimidir. Bundan tashqari, JST o‘z faoliyatida nafaqat xalqaro savdo masalalariga, balki tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga kiruvchi deyarli barcha masalalarga u yoki bu tarzda daxl qiladi.

O‘zbekiston Respublikasini JSTga a'zo bo‘lishi tashkilotnng faoliyat sohalaridagi o‘nlab qonunlar va idoraviy normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishni, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni yangidan yaratishni, chet davlatlar bilan imzolangan va qoidalari JST normalariga zid keladigan ikki tomonlama va ko‘ptomonlama hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni JST normalariga uyg’unlashtirish yoki bekor qilishni, JST normalarida nazarda tutilgan maxsus organlarni tuzishni talab qiladi. Biz bu maqolada O‘zbekiston tomonidan JST bitimlarini qo‘llashda intellectual mulk sohasida o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi ichki qonun hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishi zarurati haqida to’xtalib o’tamiz. Ushbu o‘zgartishlarning bir qismi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi shartlariga bog'liq bo‘lmagan holda va birinchi navbatdagi tartibda amalga oshirilishi kerak.

Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotda kuzatuvchi sifatida qatnashib keladi. O‘zbekiston Sobiq Sovet davlatlari orasida birinchilardan bo’lib 1994-yilda JST a’zoligiga ariza topshirgan davlat sanaladi. Ammo, JST doirasidagi ishchi guruhning to’rt uchrashuvidan so’ng (oxirgisi 2005-yilda) davlatning tashkilotga kirish jarayoni to’xtab qoldi. 2017-yilda mamlakat hukumati tashkilotga a'zo bo‘lish uchun barcha zarur jarayonlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qilgandi. Hozirda O‘zbekiston Ozarbayjon, Belorus va Turkmaniston qatorida JSTga a’zo bo’lmagan sobiq sovet davlatlaridan biri sanaladi.

JSTning ta’sis qilinishi haqida Marrakesh deklaratsiyasi GATT, GATS, TRIPS kabi mazkur deklaratsiya tarkibiga kiruvchi kelishuvlardan tarkib topgan. Ular orasidan, TRIPS – intellektual mulk masalalarini tartibga solib, milliy rejimni qo‘llashga va intellektual mulk obyektlari muhofazasini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur kelishuvlarning me’yorlari a’zo davlatlar milliy qonunchilik normalarida o‘z ifodasini topishi kerak. Maqola Jahon Savdo Tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlariga oid bitimi­­–TRIPS bitimining O’zbekiston Respublikasi milliy qonnchiligiga implementatsiya qilinishi masalalariga bag’ishlanadi.

Jahon Savdo Tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlariga oid bitimi 1986-1994 yillar davomida Urugvay Roundida muhokama qilindi, shundan so’ng intellektual mulk sohasidagi yangi xalqaro shartnoma (TRIPS bitimi) 1994-yil 15-aprelda tuzildi va 1995-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. TRIPS birinchi marta intellektual mulk qonuniyatlarini ko’ptomonlama savdo tizimiga kiritdi. Bu bitim intellektual mulk va savdoning o’zaro bog’liqligining huquqiy tan olinishidir.

TRIPS bitimi preambula, 7 bo’lim va 73 moddadan iborat. TRIPS bitimi 5 ta keng qamrovli masalalarni o’z ichiga oladi:



  • Umumiy qoidalar va ko’p tomonlama savdo tizimining asosiy tamoyillari xalqaro intellektual mulkka qay tarzda tatbiq etiladi?;

  • A’zo davlatlar ta’minlashi kerak bo’lgan intellektual mulk huquqlari himoyasining minimum standartlari qanday?;

  • A’zo davlatlar bitimda ko’rsatilgan normalarni o’zlarining hududlarida kuchga kiritish uchun qanday protseduralarga amal qilishlari kerak?;

  • JST a’zolari orasida intellectual mulk bilan bog’liq nizolar qay tariqa hal etiladi?;

  • TRIPS normalarini implementatsiya qilishda maxsus o’tish davri muddatlar.

TRIPS bitimi bo’yicha JST a’zo davlatlariga uning qoidalarini tatbiq etish uchun ma’lum o’tish davri berildi. Bu davr rivojlangan davlatlar uchun 1 yilni, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodli davlatlar uchun 5 yilni (ya’ni 2000-yilgacha), eng kam rivojlangan davlatlar uchun bu muddat 11 yilni, ya’ni 2006-yilgacha muddatni nazarda tutgan, ammo hozirda 2021-yil 1-iyulgacha uzaytirilgan.

Tuzilgan paytda TRIPS bitimi IM huquqlari sohasida eng erishilishi qiyin bo’lgan xalqaro shartnoma edi. Uning Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti emas, balki Jahon Savdo Tashkiloti tarkibiy qismi ekanligi ushbu shartnomani imperativ normalar va majburiyatlar bilan mustahkamlaydi. JSTning nizolarni hal qilishning integratsiyalashgan va hamma uchun majburiy tizimi rivojlangan davlatlarning (AQSH boshchiligida) intellektual mulk huquqlarini JST doirasiga kiritish istagi uchun asosiy sabab edi.

TRIPS imzolanishidan oldin global intellektual mulk tizimida tanlanishi kerak bo’lgan shartnomalar bir nechta bo’lib, ular ichidan TRIPSning tanlab olinishiga uning barcha JST a’zolariga intellektual mulkning deyarli barcha obyektlariga muhofazaning minimum standartlarini aniq muddat doirasida joriy qilganligi sabab bo’ldi. TRIPS birinchilardan bo’lib xususiy sektorda yaratilgan intellektual mulkga katta urg’u berdi va unga bo’lgan huquqlarni to’la tan olish majburiyatini a’zo davlatlarga yukladi. Bundan tashqari, TRIPS Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti qoidalarini va ikkitomonlama shartnomalarni o’z ichiga oldi, boshqa bir qator davlatlar hisobiga ularning amal qilishi doirasini kengaytirdi hamda mazkur qoidalar va shartnoma shartlarini samarali tatbiq etish mexanizmiga (WTO Dispute Settlement Body­- JSTning nizolarni hal etish organi) bog’ladi.

Rivojlangan mamlakatlar TRIPSgacha ham o’zlarining IMni muhofaza qilish standartlariga va institutlariga egaligi bois ularda faqat milliy IM qonunchiligi va ma’miriyatiga kichik o’zgarishlarga ehtiyoj sezildi xolos. Rivojlanayotgan davlatlarda esa TRIPSni implementatsiya qilish IMni muhofaza qilish standartlarini kuchaytirish, jumladan, muhofaza ko’lami va muddatini oshirish, mavjud qonun hujjatlarini qayta ko’rib chiqish, yangi qonunlar yaratish, huquqni qo’llash amaliyotini kuchaytirish, ma’muriy tartibga solish tizimini yangilash, eng asosiysi, intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun kattaroq moddiy resurslarni jalb qilishni taqozo qilardi.

Shu munosabat bilan, TRIPS tarafdorlari ba’zi ziddiyatli masalalar bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlarga yon bosishga qaror qilishdi (bu rivojlangan davlatlarga ham taalluqli, masalan, yirik intellektual mulk tarmoq mahsulotlarini import qiluvchi davlat). Bulardan biri TRIPSning boshlanish qismidagi JST a’zo davlatlariga o’z milliy huquqiy tizimlari va amaliyotlaridan kelib chiqib TRIPS qoidalarini implementatsiya qilish huquqining berilishidir. Yana bir shunday band sog’liqni saqlash va oziq-ovqat tizimini himoya qilishga qaratilgan choralar ko’rish, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik rivojlanish uchun muhim bo’lgan sohalarga qiziqishni kuchaytirishga bo’lgan huquqlarni nazarda tutadi.

JSTning boshqa kelishuvlari: Tariflar va Savdo to’g’risidagi Umumiy Bitim (GATT) va Xizmatlar savdosi to’grisidagi Umumiy Bitim (GATS)da bo’lgani kabi TRIPS bitimi ham asosiy tamoyillar bilan boshlanadi. Yuqoridag ikki bitimda bo’lgani kabi diskriminatsiyaga yo’l qo’ymaslik: milliy rejim (boshqa a’zo davlatlar fuqarolariga o’z fuqarolaridan kam bo’lmagan munosabatni ko’rsatish) va eng ma’qul millat rejimi (savdolashuvchi davlatlar fuqarolarini bir-biridan ajratmaslik) muhim vazifa sifatida ko’rsatiladi. Milliy rejim, shuningdek, JST doirasidan tashqaridagi intellektual mulk bo’yicha boshqa bitimlarda ham asosiy tamoyil hisoblanadi.

Bundan tashqari, TRIPS bitimi intellektual mulk texnik innovatsiyalar va texnologiyalar transferiga hissa qo’shishi lozimligi, ham ishlab chiqaruvchilar ham iste’molchilar manfaatdor bo’lishi, iqtisodiy va ijtimoiy turmush darajasi oshirilishi kabi qo’shimcha muhim umumiy maqsadlarni ham ilgari suradi.

TRIPS bitimi 1971-yildagi “Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi to’g’risida”gi Bern Konvensiyasi va 1967-yildagi “Sanoat mulki muhofazasi to’g’risida”gi Parij Konvensiyasi normalarini mustahkamladi va kengaytirdi. O’zbekiston yuqoridagi ikki konvensiyaga ham a’zoligidan kelib chiqib aytish mumkinki, sanoat mulki va mualliflik huquqlari bo’yicha bitim qoidalari respublikamiz qonun hujjatlaridagi normalar bilan o’zaro uyg’unlashtirilgan. Asosiy nomuvofiqliklar, ko’p hollarda, intellektual mulk huquqlarining buzilish holatlari va ularga nisbatan javobgarlik masalalari bilan bevosita bog’liq. Huquqni qo’llash amaliyotida ham TRIPS bitimida nazarda tutilgan davlat organlariga beriladigan vakolatlar borasida ham bir necha farqlar mavjud. Intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilik normalarini JST TRIPS bitimi qoidalari bilan o’zaro moslashtirishda ushbu yo’nalishlar qayta ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan sohalar sanaladi.



Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, TRIPS bitimi bilim va yaratuvchanlik mahsullari savdosini yengillashtirish, Intellektual mulk borasidagi savdo nizolarini hal qilish, shu bilan birga, JST a’zolariga o’z milliy maqsadlariga erishishlarini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Bu bitim intellektual mulk va savdoning o’zaro bog’liqligining huquqiy tan olinishidir. O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilot orqali jahon bozorlariga kirishni rejalashtirayotgan davrda mazkur bitim milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilinishi tashkilotning muhim talablaridan biridir.
Foydalanilgan dabiyotlar ro’yxati:

  1. Исламходжаев Х. С. Ўзбекистон Республикасининг Бутунжаҳон Савдо Ташкилотига аъзо бўлишининг ташкилий-ҳуқуқий жиҳатлари. Ю. Ф. Д. даражасини олиш учун тайёрланган дисс.... ТДЮИ.Тошкент 2009.

  2. WTO Accession status: Uzbekistan. World Trade Organization, 2018,l https://www.wto.org/english/thewto_e/acc_e/a1_ ouzbekistan_e.htm

  3. Carolyn Deere. The Implementation Game: The TRIPS Agreement and the Global Politics of Intellectual Property Reform in Developing Countries. Oxford University Press – 2009. https://b-ok.cc/book/860843/261520

  4. TRIPS Agreement. Full Text of TRIPS available at WTO Website [http://www.wto.org/english/tratop_e/trips_e/t_agm1_e.htm]

  5. Ryan Cardwell and Pascal L. Ghazalian. The Effects of the TRIPS Agreement on International Protection of Intellectual Property Rights. https://b-ok.cc/book/3012121/e7b901

  6. Duncan Matthew. Globalizing Intellectual Property Rights: The TRIPs Agreement. University of Warwick. London – 2002. https://b-ok.cc/book/1003531/1c26d7

  7. Justin Malbon and Charles Lawson: Interpreting and Implementing the TRIPS Agreement Is it Fair?, Law School, Monash University, Melbourne, Australia-2008. https://b-ok.cc/book/818295/fa1c09

  8. Xu Yi-chong: Last chance? Multilateralism, TRIPS and developing countries. https://b-ok.cc/book/818295/fa1c09

Download 29,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish