KANTSEROGENLAR TA’SIRI
Turli xil kantserogenler DNK tuzilishiga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, fizik shikastlanish ko’p miqdorda erkin radikal hosil qiluvchi kantserogenlar tomonidan yuzaga keladi. Ularga ultrabinafsha va rentgen nurlari kiradi. Shuningdek kimyoviy ta’sir ko’rsatadigan kantserogenlar ham mavjud bo’lib, ular DNK bilan kimyoviy bog’lanishi natijasida uni zararlaydi. Biologik kantserogenlarga viruslar kiradi. Viruslar odatda DNK tarkibiga o’z DNKsini kiritadi va uni shikastlaydi.
Ammo kantserogenlarning ta’sir qilishiga tibbiyotning o’zi ham hissasini qo’shishi mumkin — masalan, ionizatsiyalovchi nurlanishlar, gormon terapiyasi va saraton terapiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |