Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining javobidir. Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi
Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining javobidir.
Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Allergen oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud. Ko’pgina allergenlar zararsizdir, ya’ni ko’pchilikda bu moddalar allergiya chaqirmaydi.
Allergiya: sabablari, alomatlari tashxisi, davolash va uni qanday qilib oldini olish mumkin Allergiya nima? Allergiya juda keng tarqalgan. Sog’liqni saqlash organlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Evropada taxminan 20% odamlar pollinoz(allergik rinokonyuktivit, allergik rinit)ga duchor bo’lishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotlarining bir qismida allergiyaga duchor bo’lishadi. Allergiya eng ko’p bolalarda uchraydi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan allergiya kuzatiladi.
Allergiya belgilari va alomatlari Agar allergik inson allergen bilan to’qnashganda, allergik reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi.
Vaqt o’tib, tana o’ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo’ladi — bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Sensibilizatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ko’pgina holatlarda sezuvchanlik jarayoni oxirigacha yakunlanmaydi va bemorda ba’zi alomatlar yuz beradi, ammo to’liq alergik reaktsiya kuzatilmaydi.
Immun tizimi alergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Belgilar va alomatlar alergen turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda (ovqat hazm qilish tizimi), terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.
Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagi belgilarga ega:
Burun bitishi;
Ko’zlarning qichishi;
Burundagi qichishish;
Rinit;
Ko’zlarning shishishi;
Ko’zlarning yoshlanishi;
Yo’talish.
Teridagi allergiya, masalan, ekzema (atopik dermatit) simptomlari:
Teri po’st tashlashi;
Qichishish;
Teri quruqlashishi;
Terida qizg’ish toshmalar toshishi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga (oziq-ovqat) bo’lgan allergiya turli reaktsiyalarga ega:
Qayt qilish;
Tilning shishi;
Og’izdagi achishish;
Labning shishishi;
Yuzni shishishi;
Tomoq shishishi;
Oshqozon spazmi;
Nafas olishning buzilishi;
Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);
Diareya;
Anafilaksiya (anafilaktik shok) — juda jiddiy, ko’pincha hayot uchun xavfli bo’lgan allergik reaktsiya.
Hasharotlarning chaqishiga alergiya quyidagi alomatlarga ega:
Ovozning xirillashi;
Chaqilgan joyining shishishi;
Qon bosimining keskin pasayishi;
Teri qichishi;
Bosh aylanishi;
Yo’tal;
Nafas olish qiyinligi;
Tashvishlanish;
Anafilaksiya.
Dori vositalarga allergiya quyidagi belgilarga ega bo’lishi mumkin: