Men tadqiqotdan ishimda tajriba–sinov uchun 3-sinf dars jarayonlarini kuzatdim va “They are big cats” (I-Ilovaga qarang) mavzusini 3-A sinfda dars o’tishimdan oldin xuddi shu mavzuni boshqa 3-B sinfida hamkasbim tomonidan hech qanday metodlarsiz va mavzu an’anaviy usulda tushuntirildi va ushbu darsga oid ko’rgazmali qurollarsiz sinf taxtasiga yangi so’zlarni tarjimasi bilan yozib va ularni talaffuz ettirish orqali o’rgatganini kuzatdim. Natijada o’quvchilarda yangi so’zlar xotirasidan tezda ko’tarilganiga guvoh bo’ldim. Shuningdek o’quvchilar darsga va mavzuga hech qanday qiziqishlarsiz o’tirganini va darsda faqat a’lochi o’quvchilar qatnashganini guvohi bo’ldim. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga lug’at boyligini oshirsh uchun yoki grammatikadan sifat darajalarini mustahkamroq o’rganish uchun tarqatma materiallar berilmadi.Ular sifay darajalariga oid mashqlarni faqat darslikdan bajarishdi xolos Xuddi shu mavzuni 3-A sinifida biroz boshqacha “kichik guruhlarda ishlash” metodi orqali yondashdim va quyidagi maqsadlarga erishdim:
1. Barcha o’quvchilarni bir vaqtning o’zida mavzuga jalb eta oldim;
2. O‘quvchilarni 6 tadan 3 guruhga bo’lindi;
3. Guruhlarga bo’lish orqali vaqtni tejaldi;
4. O‘quvchilarda kommunikativ ko’nikma oshirildi;
5 . Mavzuni barcha o’zlashtirilishiga erishildi;
6. Barcha o’quvchilar dars yakunida guruhlararo baholandi;
1. Darsni past darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham o’zaro raqobat ruhi asosida faol qatnashdilar ;
2. O‘quvchilar lug’at boyligi va grammatik kompetensiyalari oshirilishiga erishildi;