Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar


TOSHKENT VILOYATIDAGI ZIYORATGOHLAR



Download 7,76 Mb.
bet18/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

TOSHKENT VILOYATIDAGI ZIYORATGOHLAR

Zangi ota maqbarasi. XIV asr oxiri XIV asrda yashagan Markaziy osiyolik mutafakkir Zangi otaning asli ismlari Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja bo‘lgan. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob Eshonning avlodi hisoblanadi. Ranglari qora bo‘lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. Tasavvuf ilmining targ‘ibotchisi – Zangi ota islom olamidagi ulug‘ mutasavvif donishmandlardan biri bo‘lib, uning nomi faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson xalqlari orasida ham ma’lum va mashhurdir.16



Zangi ota majmuasi

Zangi ota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo‘lib, hovliga shimoliy-sharq va shimoliy-g‘arbdagi darvozalar orqali o‘tiladi. Minora ham shu hovlining o‘rtarog‘iga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib kurilgan. Zangi ota maqbarasiga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Majmuaga janubdan qadimgi qabriston tutashgan, uning atrofi devor bilan o‘ralgan.

Zangi ota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan. Zangi ota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, go‘rxona va uning ikki yonida kichik xona qoldiqlari saqlangan), bezaksiz bo‘lgan. Ichki xona devorlari ravoqli chorsi asosdan, burchaklaridagi bag‘al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobodonlar ishlangan. Go‘rxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis o‘yma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va go‘rxona poygumbazi sayqallangan g‘ishtchalar, o‘ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona idorasi parchinli, mehrobiga "P" shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal berilgan. Peshtog‘idagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gasht va yig‘ma koshin terilib, unga sakkiz burchakli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi (XIV asr 90 yillari) va Ulug‘bek davrida (XV asrning 20 yillari) bezak ishlari bajarilganligi aniqlangan. 16-17-asrlarda peshtoq va gumbazlari ta’mirlangan. Maqbara yoniga bir qavatli madrasa va namozgoh masjidi kurilgan (1832). Madrasa bir qavatli qator hujra, 2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870 yilda Zangi ota maqbarasi ta’mirlanib, namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qo‘qonlik usta hoji Muhammad bezagan. Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.17


Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish