Bizning bu boradagi kuzatishimizcha, mazkur ziyoratgoh hududi qadimda zardushtiylik dinining marosimlari o‘tkaziladigan joy bo‘lgan. Chunki, shaharsozlik madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shundan darak beradiki, ma’lum bir hudud shahar deb ataladigan bo‘lsa, unda albatta ibodatxona bo‘lgan. Novqa ota ziyoratgohiga tutash qadim qabriston hududida eramizning boshlariga oid tosh soatlarning hozirgacha saqlanib qolganligi, demakki, shahar bo‘lganligi va unda zardushtiylik ibodatxonasi joylashganligiga ishora.140
Do'stlaringiz bilan baham: |