Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar


Burxoniddin Marg’inoniy maqbarasi



Download 7,76 Mb.
bet34/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Burxoniddin Marg’inoniy maqbarasi

Burxoniddin Marg’inoniyning oʻzi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot») ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «Toʻgʻri yoʻl»)ni yaratadi (1178). Burxoniddin Marg’inoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻmin-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (q. Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yoʻlining sarboni» deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

Burxoniddin Marg’inoniy yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqdim etish»), «Kitob ul-faroiz» («Majburiyatlar haqida kitob»), «Maziyd fi furu ulhanafiy («Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar») va b. U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burxoniddin Marg’inoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir»on marta ham «men» degan soʻzni ishlatmay, «bu zaif banda aytadi», deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi.35

Burxoniddin Marg’inoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burxoniddin Marg’inoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burxoniddin Marg’inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon sh. markazida B. M. yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi.36

Pir Siddiq (Kaptarxona) majmuasi. O‘z davrida Marg‘ilon shahrining ko‘rki bo‘lgan Pir Siddiq (Kaptarxona) majmuasi maqbara, masjid, kaptarxona, minora va darvozaxonadan iborat bo‘lgan.


Marg‘ilonda yashab o‘tgan qariyalarning aytishlaricha, majmuada birinchi bo‘lib Muhammad Payg‘ambarning yaqin do‘sti bo‘lgan, islom targ‘ibotchisi - Siddiq dafn etilgan sag‘ana ustiga maqbara qurilgan. Shu sababli bu maqbara “Pir Siddiq” maqbarasi degan nom olgan. Davrlar o‘tishi bilan maqbaraning atrofida masjid, darvozaxona, kaptarxona, minora kabi binolar qurilib, yaxlit bir me’moriy majmua paydo bo‘lgan. Me’moriy tuzilishiga ko‘ra, majmuadagi masjid binosining qurilishi taxminan XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Marg‘ilonliklar orasida “Pir Siddiq” maqbarasi nomi bilan bog‘liq quyidagicha afsona ham mavjud. Unga ko‘ra, bir kuni avliyo Pir Siddiq uni ta’qib qilayotgan dushmanlardan qochib, bir g‘orning ichiga yashirinadi. Shunda kaptarlar bu g‘orning og‘ziga o‘z inlarini qurib, g‘orga kiradigan yo‘lni yopadilar. Pir Siddiqni ta’qib qilib, g‘orgacha kelgan dushmanlar g‘or og‘zida kaptarlar uya qurib yashayotganini ko‘rib, “bu yerda odamzod bo‘lishi mumkin emas, bo‘lmasa,



kaptarlar bunday tinch o‘tirishmagan bo‘lishardi”, - deb bu yerdan jo‘nab ketishadi. Kaptarlar shunday harakatlari bilan Pir Siddiqni dushmanlardan qutqarib qolgan ekan.

Majmuadagi kaptarxona binosi masjid binosi bilan deyarli bir vaqtda, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan. Masjid binosi oldida joylashgan minora esa, 1920 yilda qurilgan. Bu haqda kirish






Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish