Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi. Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (XVI-asr); Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash Shoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541-42 yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbara chorgoq tarxli (13,3×12,5 m), katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.11
Do'stlaringiz bilan baham: |